Asosiy mavzular
28 october 2025

«Gulnor» 14 qism, (Ismoyilli o‘rmonidagi raqs)

O‘g‘uz va Gulnor bir-biriga qaradi. O‘g‘uz Gulnorning ko‘zlarida hech qachon ko‘rmagan bir porlashni ko‘rdi.

Ismoillidagi rasmiy ziyoratdan so‘ng, o‘rmonda ziyofat berildi. Stakanlarga choy solinib, mashhur ozariy takarlamasi eshitildi:

Choyin biri chayqaydi,

Ikisi sana foydaydi,

Uchi basdi,

Do‘rti cho‘xdi.

Chiqding besha,

O‘n-o‘n tesha

Choy nadi, soy nedi?

Bu safar soqiy Murod Maxmudov edi. Ilk Toshkentda ko‘zga chalingan, yosh, kelishgan, nutqi ravon yigit. Ochiq xavoda boshlangan majlis ichilgan sharob kabi asta-sekin tomirlarni qizdira boshladi. Qozoq olimi Alixon Minjonov sharafiga qadah ko‘tarilganda, soqiy uni turk xoqonligidan qolgan yigitlarga o‘xshatdi. Haqiqatan ham, uzun bo‘yli, barvasta, yumaloq yuzli Minjonov tarixdagi ko‘kturk qahramonlarini eslatardi. Uning yuzidagi jiddiy ifoda O‘g‘uz xayolida 621 yil voqeasini jonlantirdi.

Yomg‘ir huddi chelakdan qo‘yganday yog‘ayotgan bu omadsiz kunda ko‘kturk erlari bir qoyaga yopishib, seldan qutilishga harakat qilayotgandilar… “ko‘rtqoya qo‘lingni ber!” deya baqirgan yigit, balki, Minjonov edi. Sozandalar har kimni jo‘shtirgan edi. Bilgan-bilmagan o‘rtaga chiqib, ozariy raqsiga oyog‘ini moslashtirishga urinardi. Gulnor O‘g‘uzni davraga tortdi. Oyog‘i musiqaga to‘g‘ri kelmagan O‘g‘uz iloji borichi chapak chalib Gulnorning raqsini tomosha qilishga harakat qilardi. Gulnor atlas ko‘ylakda bir hayol kabi edi. Qiz boshini goh o‘ng, goh so‘lga egib, xar bosh egishida uch yuz oltmish daraja turgan joyida aylanardi. Va sochlari xavoda uchar ekan, O‘g‘uzning tomirlarida qon gupira boshlardi. Yarim qorong‘ulik O‘g‘uzni doim sehrlardi, ammo bugungi g‘ira-shiralik boshqacha edi. Bu kecha ertak kechasi edi. Ming bir kecha ertaklari kabi ertak kechasi. Go‘yo, hozir uchargilam kelib ularning ikkalasini olib uchadigandek… Mehmonlar ham musiqa qolipiga tushgandilar. Olqishlar yangradi, o‘rtada ikkisidan boshqa xech kim yo‘kligini ko‘rishdi.

Soqiy Murod Maxdiev oyoqqa qalqdi:

– Endi aziz qo‘noqlar, qadahlarni shu yosh olimlar sharafiga ko‘taraylik. Bu yoshlar nafaqat olim, usta san'atkor ekanini ham namoyish qilishdi hozir. O‘zbekistondan kelgan norin qizimiz bilan Turkiyadagi oshiq Karim yurti Arzurmdan kelgan navqiron do‘stimiz turk dunyosining ikki uchini bir o‘rmonda birlashtirdi. Qadahlarimizni ular timsolidagi turk dunyosi uchun ko‘taramiz.

Go‘kyoy xo‘ja “bravo” dedi va qarsak chaldi.

Xaydar Caidzoda:

– Bu qadah uchun tik turib ichish kerak, — deya hammani oyoqqa qalqdirdi.

O‘g‘uz turk dunyosining haqiqatan ham birlashuviga ishona boshlagandi.

Akademiya mehmonxonasi restoranida o‘tgan oxirgi kecha qiziq bo‘ldi. To‘ladan kelgan ofitsant xotindan “shampanskiy” so‘rashgandi, xotin:

– Net Shampanskogo, — deb, mehmonlarning kayfiyatini tushirdi. Ammo O‘rxon Nodiyning topgan chorasi mehmonlarning kayfini yana ko‘tardi. U xotinga Suot Sarvaro‘g‘lining familiyasi Shampanskiy ekanini aytdi. Xotin katta xurmat ko‘rsatib Suotning ko‘lidan tutib, muzxonaga yetakladi va undan ikki shisha “shampanskiy” olib berdi. Suotning do‘stlari bu voqeadan keyin uni “shampanskiy” deb chakira boshlashdi.

Kechasi soat ikki yarimda Bokuga qaytib kelishdi.

Ertasi kuni guruhlarga ayrilib, Boku bozorini aylanishdi. Ahmad domlaning ismoil Elmonli va Haydar Saidzoda bilan birga ketishi O‘g‘uzni sevintirdi. Muhammad Solih ham ular bilan birga edi. O‘g‘uz, Gulnor va So‘nar Oydamirga Shomil Aliev “raxbarlik” qilardi. Qaysi rastaga qarasalar, Shomil darrov qo‘lini kissasiga tiqib, mehmonlarni qiziqtirgan narsani olishni istardi. So‘nar xo‘ja bo‘lmasaydi, O‘g‘uz juda kiynalgan bo‘lardi. So‘nar xo‘ja etnografik ashyo muxlisi edi, bir tor, nog‘ora va bolobon oldi.

Butun tazyiqlariga qaramay Alievning pulini olmaslikka intilardi. Bir do‘konga kirib:

– Boq, Shomil, shu do‘kondan bizga bittadan hadya ol, qolganini o‘zimiz hal qilamiz, kelishdikmi?, — dedi So‘nar xo‘ja.

Shomil Aliev noiloj erkaklarga bittadan pichoq, Gulnorga esa bir ro‘mol olib, “tazyiqlar”ni to‘xtatdi.

Ertasi kuni chamadonlarini otel oldiga tushirishda, ularni kuzatish uchun Vaxobzodaning ham kelganini ko‘rishdi. Vahobzoda qo‘lidagi katta paketni Ahmad domlaga uzatib:

– Boq, Axmad muallim, Anqara turk dunyosining qalbidir. Sen u yerga ketayapsan. Aminman-ki, bizni yodingdan chiqarmayajaksan. U yerda mening do‘stlarim bor, xammasiga mendan salom ayt.

Bokudan ayrilmoq juda firoqli bo‘ldi. Vahobzoda mehmonlarni bir-bir bahriga bosib xayrlashdi. Abbos Zamonov shosha-pisha har kimni uch martadan o‘pardi. Ahmad domla professor Elmonli va Saidzodadan ayrila olmay turardi. Gulnor bir kun keyin Toshkentga ketishi kerak edi, mehmonlarni kuzatish uchun havo maydonigacha keldi. Hammani quchoqladi.

O‘g‘uzga:

– Ismoilli oqshomini unutma, — dedi.

O‘g‘uz:

– Bundan boshqa kunlarimiz ham bo‘lajak. Endi mutlako Turkiyada ko‘rishamiz, — deb javob berdi.

Uchoq moviy dengizni, moviy dengiz ichidagi oq ko‘pikni va salqin shababada uchgan qora sochlarni ortda qoldirib, Moskva sari uchdi.

***

1993 yilning baxori edi.

Ahmad bey Arzrum uchog‘ida O‘g‘uzni ilk uchratgan kunlarini esladi. Toshkentga qilgan sarguzashtli sayoxatidan keyin yetti yil o‘tgandi. Ozarboyjonda, Ismoilli o‘rmonidagi oqshom ziyofatida O‘g‘uz bilan Gulnorning raqsi xammaning diqqatini tortgandi. Ahmad domla bu raqsning ularni yaqinlashtirganini anglagandi. Qiziq, O‘g‘uz Gulnor bilan bu orada xabarlashganmikin?

Mart oyida Antaliyada o‘tgan Turk Dunyosi qurultoyiga Muhammad Solihni ham, Gulnorni ham chaqirib, olib kelisholmadi. Qurultoydan uch oy avval Toshkentga qilgan sayohatida turklar yozuvchi Mamadali Maxmudning uyida mehmon bo‘lishgandi. Turk dunyosi sharafiga qadah ko‘tarishsa-da, Muhammad Solih haqida gapirishdan chekinishgan edi. Professor Yildiri Muhammad Solihning uy qamog‘iga olinganini eshitgandi. Muhammad Solih boshchiligidagi “Birlik” xarakati, keyinroq tashkil etilgan Erk partiyasi haqidagi xabarlar ham Turkiyada tarqalgandi. Ammo hech kim ishlarning bu qadar chigallashib ketajagini taxmin qilmagandi. 

Mamadali Maxmudning o‘zi ham Muhammad Solihni ko‘rish maxol ekanini aytganidan so‘ng mehmonlar bu haqda gapirishdan to‘xtadilar.

O‘n besh kun avval professor Baqir Alperdan kelgan qo‘ng‘iroq Ahmad xo‘jani sevintirdi. O‘g‘uzning doktorlik ishi imtixoniga u Ahmad xo‘jani da'vat kildi. Mana, endi Arzrum uchog‘ida o‘sha marosimga uchayapdi.

Yigirma olti yil avval ekspress poezdda qilgan Arzrum safari uning esiga tushdi. 1967 yilning yozida Onado‘lining o‘rtasida kurilgan bu universitetda o‘tishi kerak bo‘lgan doktorlik sinovi maslak hayotining boshlanishi edi. Suod, Tug‘rul, Somiy va Axmad Turk tili va adabiyoti bo‘limining yangi asisentlari edilar. Axmad qachon doktor, qachon dotsent bo‘lishi kerak bo‘lgan sanalarni daftariga yozib, zinapoyalardan rejali shaklda ko‘tarilib bordi. Somiy xorijiy sinovlardan o‘tib, Olmoniyaga ketdi. Ahmadning eng yaqin do‘sti Tug‘rul Oyxon bo‘ldi. Ikkisi ham til bo‘yicha asisant, bir xonada o‘tirishardi. Tug‘rul Axmadning ko‘z o‘ngidan o‘chik bir siluet kabi jonlandi.

Qiziro‘g‘li Mustafo bir begning o‘g‘li edi. Uning ola-buba oti bor edi. Arzrum va qars viloyatlaridagi qahvaxonalar hali ham og‘zaki ijodning yashnagan markazlari edi. Izmirdagi Ashrafposhoda Frank Sinatro va Bobbi Dorning muzikalarida tarbiyalangan Axmad uchun Qiziro‘g‘lini tinglash alohida zavk berar edi. Baxshilarning bir farqi bor edi. Stullarni bir stol ustiga qo‘yishardi. Bundan yaxshiroq platforma bo‘lmasdi. Keyin sozlarini qo‘liga olib, bir-biriga qarab to‘rtliklar-la savol-javob boshlardilar. Javob qarshisidagi baxshi boshlagan aytishuv savolining vazn va qofiyasida berilishi shart edi. Keyin tomoshabinlarning talabi bilan Murod Cho‘pono‘g‘li jo‘shardi:

Og‘om kim, posham kim, nigor kim?

Kiziro‘g‘li Mustafo, beg o‘g‘li… 

Siz turk yozuvchisi Axmad Beyjon Erjilasun qalamiga mansub Gulnor romani audiokitobining 14 qismini tingladingiz. Uni Qudrat Bobojon saslantirdi. Davomini Yutubdagi Eltuz kanalining kelgusi yoyinlarida kuzating.  

Tag‘in o‘qing
27 october 2020
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari mamlakatning o‘zida yetishtiriladigan O‘zbekistonda nega keyingi davrda go‘sht, tuxum va o‘simlik moyi kabi oziq-ovqat mahsulotlari qimmatlab ...
25 march 2024
O‘zbekistonlik xudkush hujumchi o‘zini Qandaxordagi Bank yaqinida portlatib yuborgani haqida Rossiya nashrlari xabar bermoqda. Asli o‘zbekistonlik xudkush-terrorchi Asadbek Madiyarov ...
9 august 2023
Salom qadrli muxlislar. Eltuz portaliga kelgan so‘nggi beshta maktubni o‘qiymiz. Ular O‘zbekistonning Buxoro, Samarqand, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlaridan kelgan. ...
9 february 2025
Aziz do‘stlarim, 2015 yildan beri meni tinglab tomosha qilgan muxlislar, Eltuz xabar va kontentlari kuniga yaragan mushtariylar.  2015 yildan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...