Asosiy mavzular
7 november 2025

«Gulnor» 17 qism (Tahlikali kunlar)

Calim uch kun so‘ngra Mortiga kelgan shirkatdagi sherigi Ziyoga yangi loyiha haqida so‘z ochgandi, Ziyo:

–Men xayollarga pul sarf qilmayman, Salim, — dedi va chiqib ketdi.

Salim ham Amerikaga borishga qaror qilgandi, lekin yillarcha birga ishlagan o‘rtog‘i o‘pkalagani uning ruhini tushirib yubordi. Ishda o‘n yil, ulkudoshlikda yigirma yil birga edi u bilan. 1970 yillardagi hayot-momot mujodolasida qancha tahlikadan birga o‘tishgandi. Keyin Ziyo MxP raxbariyatiga kirgandi, so‘ngra 1980 yilning sentyabrida qamoqqa olingandi. Qamoqdaligida Salim uning oilasiga yordam berib turdi. Ziyo qamoqdan chiqqanida Ahmad domla ham uni ko‘rishga kelgandi.

Keyin ish hayoti boshlandi. Shirkatda Salim bilan sherik bo‘lishdi. Ziyoning uddaburonligi natijasida shirkat kuchaydi. Ziyo hokimiyatdagi partiya bilan yaqin aloqa qurdi. Salimning esa bunga vijdoni yo‘l bermadi. Salim ulkuchilar lideri Boshbug‘i (Turkash)ning salomini ham olmagan hukumat boshlig‘iga yaqin bo‘lishdan or qilardi. Lekin har kim o‘z yo‘lini o‘zi tanlaydi, deb o‘ylardi Salim. Ziyoning siyosiy tanlovi uning ishi, bu shirkatdagi sheriklikka halal bermasligi lozim edi. Baribir, Salim eski do‘stining o‘zidan uzoqlashganini xis qilardi. Ayniqsa, keyingi oylarda. Mana endi, “Xayol”ni baxona etib, munosabatlarni tamoman uzishga harakat qilayapti.

Balki, jahli sovuganidan keyin fikridan kaytar? — deb o‘yladi Salim. Amerikaga hozircha bormaydigan bo‘ldi, qolganlar ketadigan bo‘lishdi.

Salim o‘z o‘rtog‘i Ziyodan xabar kutishga qaror qildi, agar kelmasa, o‘zim boraman, deb o‘yladi. Bu kelishmovchilik haqida hech kimga gapirmadi. Faqat Oydon xonimga muhim ish chiqqanini aytdi.

***

Ali Mohir dunyo ko‘rgan sayyoh bo‘lsa xam, Amerika uni hayratga soldi. Oydon xonim ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Disneyvold”ga olib bormadi. Avvaliga Amerika haqida umumiy tasavvurga ega bo‘lishsin deb, N'yu-Yorkda bir mashinani kiraga oldi va uch kishi Amerikaning janubiga qarab yo‘lga tushishdi. Amerika “chet ellardan” faqat Sovet o‘lkalarida bo‘lgan O‘g‘uzni hayron qoldirdi.

– Amerika demak, avtomobil yo‘llari demak, men bu kadar uzun va keng yo‘llarni xech tasavvur qilolmasdim. Shaharga kirishda ustma-ust qurilgan ko‘prik yo‘llar! Oydon xonim, bularning qaysi biridan ketish kerakligini qanday bilayapsiz?, — so‘radi u.

– Ertaga rulga sen o‘tirasan, O‘g‘uz, — dedi Oydon xonim, — avvaliga bu yerda mashina haydash qiyin ko‘rinadi, ammo qoidalarga amal qilsang, mashina haydash bu yerda zavqdir.

– Yana 35 sent tayyorlashimiz kerak, yaxshiyam, pul maydalab olgan ekanmiz, dedi Ali Mohir.

– Bu yullardan ko‘p o‘tganman Ali bey, bu yo‘llarning yagona xavfli joyi, rulda ketayotib uxlab qolmoq. Orqadagi mashina bilan bizning oramizdagi masofani ko‘rayapsizmi? Yuz metrdan ko‘p. Undan ham yaqinroq kelmaydi. O‘zib o‘tmokchi bo‘lsa 100 metr narida boshqa liniyaga o‘tishi kerak. Bunday xolatda odamlarning mudrab ketish xavfi doim mavjud. Endi sekinlashishimiz kerak… Men basketbol o‘ynaganim uchun tangani nishonga aniq tashlayman!

Oydonxonim sepedga 35 sentni tashlaganidan so‘ng, elektoronik shlagboum ko‘tarilib, mashinaga yo‘l berdi.

– Balki, xaydovchilar uxlab qolmasin deb, pulli o‘tish uskunalari qurilgandir, — dedi O‘g‘uz.

– Ehtimol, — dedi Oydon xonim va gazni bosdi.

Vashington DiSi go‘zal shahar edi. Muzeyga o‘xshardi. Bir bo‘limida insoniyat tarixi, ikkinchisida Amerika tarixi, uchinchisida Amerikaning kelajagi. Linkoln, Jefferson kab Amerika tarixining buyuk siymolariga atab muxtasham yodgorliklar tiklangandi.

Kapitol, Oq saroy va uning atrofi ham tarix, ham bugungi kun edi. Orlington milliy qabristoni odamning yuragini titratardi.

Mashinani O‘g‘uz hayday boshladi.

Arzon, ammo toza otellarda ikki kecha qo‘noqlagandan keyin Disneyvold joylashgan Orlando shahriga yetib kelishdi. Bu shahar ham yo‘lda ko‘rgan shaharlarga o‘xshardi. Biznesmarkazlarga oid osmono‘par binolar.

Uzoq aylanmasdan, kichik va saranjom motelga joylashdilar. Bir ozdan so‘ngra mehmonxonaning shaffof suvlarga to‘ldirilgan keng hovuzida cho‘milishdi. O‘g‘uz suvdan ertaroq chiqib, xonasiga kirdi, yotog‘iga uzandi. Uning hayollari boshqa yerda edi.

O‘g‘uz bu yerdan uzoqlarni xayol qilardi. Hazor dengizi sohilidagi sokin kechani eslardi. Oy yorug‘ida yashil ko‘zlarning fusunini xotirlar edi. Gulnor butun samimiyati bilan O‘zbekistonda chekkan azoblarini tushuntirardi. Ana shu onlarda O‘g‘uz Gulnorga o‘zini juda yaqin xis etgandi. U kecha sochlari orasida o‘ynagan shabada O‘g‘uzga uning oshiq bo‘lganini shivirlagandi. Yoki oq ko‘pik buni so‘ylaganmidi? U kecha Gulnor uning qo‘llariga qo‘lini tekkizgandi, ammo yuragini Qozon o‘rmonlarida ochgandi O‘g‘uzga. G‘ira-shira o‘rmon ichiga g‘arq bo‘lishgandi ikkovi. O‘g‘uz o‘rmongami, g‘ira-shiralikkami yoki Gulnorgami shunday deb shivirlagandi:

– Yashil mening qismatim: yashil dengiz, yashil o‘rmon, yashil ko‘zlar…

Keyin Gulnorning qo‘lini siqib:

– Ko‘zlaringni mendan aslo ayirma!, — dedi O‘g‘uz.

Bu on Sarandibga tushgan Odamning Havo enani topgan oni edi. Balki, bu onda turk afsonalaridagi kabi yog‘och qobig‘idan O‘g‘uzxon qarshisiga bir qiz chiqqandir…

Oydon eshikni taqillatdi:

–Bu yerga uxlagani keldingmi, O‘g‘uz, — dedi u, — tezroq kiyin, atrofni bir aylanaylik.

–Hozir chiqaman Oydon, hozir! — dedi O‘g‘uz.

Uchala yangi do‘st mashinaga minib atrofni aylanishdi. Keyin sokin bir restoranda yemak yedilar. “Disneyvold”ga ertaga borishmoqchi edi, ammo buni Oydon xonim do‘stlariga aytmadi.

***

Gulnorni Toshkentda yomon voqealar kutib turardi.1993 yilning yanvarida yomon voqealar boshlangan, Muhammad Solih siyosiy qochqin o‘laroq mamlakatni tark etgach bir ilojini qilib Turkiyaga kelgandi, Mamadali Maxmud uchun buning imkoni bo‘lmadi. U va uning do‘stlari qamalgandi.  Bu xabarni yetkazgan odam Gulnorni ham uyiga kelib izlashganini aytdi.

Mamadali Maxmud hissiyotli, serzavq yozuvchi edi. Oqshom dasturxonlarida Turk birligi uchun qadax ko‘tarishni taklif etardi. So‘nggi kunlarda atrofida tuzoq chambari torayganiga qaramay, u turkchilik g‘oyalarida bardavom edi. Qiziq, turmada ham u turk birligi haqida gapirayotganmikin?…

Muhammad Solihni ham Gulnorni ham axtarayotgan edilar. Biroq Gulnor O‘g‘uzga hech narsa aytmadi. Gulnor bir og‘irlik sezib yotog‘iga uzandi. O‘g‘uz uzoqda edi. Hur va boy o‘lkada, go‘zali bir xonim bilan aylanib yurardi. Koshki, Gulnor ham ular bilan ketsaydi…

Oydon Ori naqadar go‘zal xonim edi! Oppoq badani, uzun kipriklari, oval yuzli, durkun qomati esa dengiz ko‘pigidan yaratilganday, Afrodita kabi edi. Oydon ayni paytda iste'dodli me'mor edi. Ham go‘zal, ham iste'dodli va aqlli xotin. Nechun bu xotinga ilinib qoldim, deb o‘yladi Gulnor… 

Kuyosh endi bu yerni tark etib, O‘g‘uz va Oydon ketgan mamlakatga yo‘l olgandi. Yo‘q, avval u Turkiyaga nur sochajadi. Balki, Muhammad Solihning derazasiga urar o‘z nurlarini.

Darvoqe, nega Turkiyada Muhammad Solih bilan uchrashmadim, deb o‘zidan so‘radi Gulnor. Bu vafosizlik emasmi? Bir necha oydir vatanidan ayri tushgan Muhammad Solih albatta Gulnordan O‘zbekiston haqida ba'zi xabarlar olishni istagan bo‘lardi. Nima bo‘lsa o‘sha “Amerika sayohati” sabab bo‘ldi. Gulnor Marmarisdan qaytib kelayotganida Muhammad Solih bilan uchrashishni o‘ylagan edi, ammo O‘g‘uz “seni kuzatmasdan ketmayman”, dedi va, mana, kuzatdi, o‘zi Amerikaga ketdi, Muhammad Solih esa Turkiyada qoldi.

Eshik qattiq takilladi.

Gulnor eshikni ochar-ochmas, ichkariga Qorlig‘ashov otilib kirdi. Gulnor g‘ayriixtiyoriy bir harakat bilan ortga chekindi.

– Qandaysiz endi, o‘rtoq Kunboeva?, — dedi Korlig‘ashev.

– O‘rtoq-mo‘rtoq yo‘q endi janob Qorlig‘ashev, men yaxshiman, siz ham yaxshiga o‘xshaysiz, — dedi Gulnor.

– Bo‘pti unday bo‘lsa. Ishimizni davom ettirishimiz mumkin. Turkiyadan bizga nima xabarlar olib keldingiz? — dedi Qorlig‘ashev.

– Bu ishlarni unutdik deb o‘ylagandim. Siz o‘zgarmabsiz. Sizga, janob emas, o‘rtoq deyishim kerak, o‘rtoq Qorlig‘ashev, — dedi Gulnor.

– Sizlar hamma narsa birdan o‘zgarib, bizning e'tiborimiz qolmaydi deb o‘yladingiz, shundaymi? — dedi zaharxanda bilan Qorlig‘ashev.

– Bugun o‘zgarmagan bo‘lsa ham, ertaga mutlaqo o‘zgaradi, sizning davroningiz ham uzoq davom etadi deb o‘ylamayman. Endi ruxsat eting, men ozgina dam olmoqchiman, — dedi Gulnor.

– Savollarimga javob bermasdan buning iloji yo‘k, — dedi Qorlig‘ashev. Uning ovozi sal yumshagandi.

– Siz bilan shartnoma tuzganimiz yo‘q, — dedi Gulnor.

– Gulnor. Sizni eski kunlarimiz hurmati qo‘llayapman. Aks xolda bu savollarni idorada berardim sizga. Shunday ekan, meni ham, o‘zingizni ham yomon ahvolga qo‘ymang.

– Nima savolingiz bor?, — dedi Gulnor.

– Muhammad Solih nima qilayapti?

– Muhammad Solihni ko‘rmadim.

– Turkiyada ekanini bilardingiz, shundaymi?

– Ha, bilardim, lekin uni ko‘rmadim.

– Bunga ishonadi deb o‘ylayapsizmi?

– Ishoning, o‘rtoq Qorlig‘ashev. Men unga vafosiz bo‘lganim uchun telefon qilmadim.

– Turkiyada kim bilan birga edingiz?

– O‘g‘uz Dumon bilan.

– O‘sha yosh olim… xali ham ko‘rishayapsiz u bilan. Demak, anavi sariq to‘ng‘izni ham ko‘rgandirsiz?

– Sariq to‘ngiz kim?

– Professor Yildirimni unutdingizmi?

– Yo‘q unutmadim. Faqat uni ko‘rmadim.

– Tushunarli. Ko‘zingizga qarab yuring. Goh-goh sizdan informatsiya so‘raymiz, bunga tayyor bo‘ling. Yuvosh bo‘ling. Aks xolda o‘zingizga qiyin bo‘ladi…

Qorlig‘ashev chiqdi. Gulnor o‘zini yostiqqa otdi.

Siz turk yozuvchisi Axmad Beyjon Erjilasun qalamiga mansub Gulnor romani audiokitobining 17 qismini tingladingiz. Uni Qudrat Bobojon saslantirdi. Davomini Yutubdagi Eltuz kanalining kelgusi yoyinlarida kuzating.  

Tag‘in o‘qing
6 may 2023
1881 yilning 6 mayida Mixail Skobelev boshchiligidagi rus kolonizatorlari Xiva xonligiga qarashli Axaltaka viloyatini okkupatsiya qilishdi. Bu Go‘ktepa jangida ...
27 september 2016
«San'atimiz qiroli Sherali Jo‘raev, O‘zbekiston Xalq artisti Yulduzxonim Usmonova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, do‘stimiz Obidjon Asomovlar yana katta sahnalarimizga ...
25 april 2020
So‘nggi yillarda O‘zbekiston matbuotda keng aks sado berayotgan, mamlakatga milliardlab dollar xorijiy investitsiyani jalb etayotgan islohotlar o‘tkazish yo‘liga kirdi. ...
18 november 2016
Abdulla Oripovning vafoti xalqimizning sevimli shoiri so‘nggi vaqtlarda norasmiy taqiq ostida yashagani, bundan bir qancha vaqt ilgari «Ozodlik» radiosi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...