Asosiy mavzular
11 november 2025

«Gulnor» 18 qism, (Moskvaning o‘laksaxo‘r qarg‘alari va Turon bo‘risi)

Ahmad Beyjon Erjilasun

Xa, yo‘l uzun edi, umidli manzil, hurriyat hali ham juda uzoqda edi. Moskvaning o‘laksaxo‘r qarg‘alari hali ham bu yerda o‘z xukmlarini o‘tkazishayotgandi. Demak, O‘zbekistonning xur va demokratik jamiyatga aylanish davriga qadam qo‘yish oson kechmas ekan. 

Gulnorning eng yaqin ko‘makchisi Muhammad Solih yurt tashqarisida, do‘stlari va ukalari esa turmada. Uning turmaga tushmagan do‘stlari bilan ham bemalol gaplasha olmasdi Gulnor. Ulardan ba'zilari o‘lkadagi xukmdor rejim talabiga mos qadam tashlay boshlagandilar. To‘g‘risi, ular shunchalik bo‘lsa ham mustaqillik bizga kifoya deb bilishardi… 

Qozondagi o‘rmonda abadiy qolsalar yaxshi bo‘lmasmidi, O‘g‘uz bilan?.. Uzoq bir muddat qorong‘ulikka osilib koldi Gulnorning nigohlari va yonoqlaridan issiq ko‘zyosh tomchilarining yumalay boshlaganini xis qildi.

***

Gulnor akademiyaga har kuni kelib ketsa ham, ilmiy ishni yozib tugatsinmi yo‘qmi, bir qarorga kelmagandi. Mutolaa ham o‘zining jozibasini yo‘qotgandi. Kitoblarni yarmigacha ham o‘qimay, chetga otardi.

Korlig‘ashev bir necha marta kelib, undan foydalana olmasligini anglagach, kelmay qo‘ygandi.

Gulnor faqat Rauf Parfi bilangina suhbatlasha olardi, uning suhbatlarigina ko‘ngliga tasalli berardi. Rauf Parfi sarxushlik quvvati bilan jasoratli nutqlar ayta bilardi, ohziga nima kelsa so‘ylardi va hech kim unga tegmasdi.

Bir oqshom Rauf Parfi:

– Gulnor, sening ko‘rinishing yaxshi emas. Ishdan ruhsat olib, bir yerlarga ket! Sokin bir yerda dam olsang, o‘zingga kelarsan balki, — dedi.

– O‘ylab ko‘ray, Rauf aka, — dedi Gulnor va ikki kundan keyin yarim oylik ruhsat olib, qishloqdagi qarindoshlarinikiga ketdi.

Gulnor kunduzlari bog‘da aylanar, kechalari yulduzlarni tomosha qilardi. Qishloqda tez-tez esiga tushgan odam Odil Tursunov bo‘ldi. Xipcha, uzun bo‘yli, kibor yuzli yosh yigit. U hibsga olinganidan so‘ng daraksiz ketdi. Uni Moskvaga olib ketishgan, degan gap chiqqandi. Odil yo o‘ldirilgandi… yoki ko‘yib yuborilgan. Qo‘yib yuborilganidan keyin ham O‘zbekistonga kelmagan bo‘lishi mumkin. Bu holatning o‘limga teng ekanini o‘yladi Gulnor. Bir odamning hayotini tamoman o‘zgartirib, boshqa shaxs sifatida yangi hayot boshlashi o‘lim bilan tengdir.

O‘limdan keyingi hayot – reankarnatsiyaga o‘xshagan xolat. O‘lgan odam ruhining boshqa bir odam tanasiga kirishi… Gulnor muqaddas rivoyatlar, ilohiyot haqida ko‘p o‘ylardi. Payg‘ambarlar kabi Budda rohiblari ham, hatto shomonlar ham o‘zida kandaydir ilohiylik tashigan bo‘lishlari mumkin. Bularning hammasi bugungi ibora bilan aytganda insonlarga baxtu-saodat berishga bel bog‘lagan idealistlar (ulkuchilar) edi.

Gulnorning fikri o‘z-o‘zidan Muhammad Solihga yo‘naldi. U xam ulkuchi edi, u ham o‘zida bir mukaddaslikni tashir edi. Ammo sadoqatsiz insonlarda muqaddaslikning bo‘lishi ham mumkin  emasdi. Gulnorning fikri Muhammad Solihga takalsa, doim o‘zining unga nisbatan vafosizligi esiga tushardi. Muhammad Solihni Turkiyada ko‘rmay ketganini hech kechira olmasdi. Ba'zan “ko‘rmaganim yaxshi bo‘libdi, Qorlig‘ashevga aytadigan gapim bo‘lmadi”, deb o‘zini ovutsa ham, o‘zini vafosizlikda ayblashda davom etardi.

Muhammad Solih kabi odamlar har turli iztirob va azob-uqubatni tortishga hozir, hatto bunga istakli edilar. Bu ularning yaratilishi, hayoti qonuniyatidan kelib chiqardi. Muhammad Solih surgunda ekan, Gulnor hech o‘ylamasdan Marmarisning go‘zal suvlariga sho‘ng‘iy olgandi. O‘g‘uzning hayoli bilan Marmarisga chopib borgan va sevgilisi yonida bir hafta yayragandi. Ammo O‘g‘uz dunyo go‘zali Oydon xonim bilan Amerikaga uchib ketishda hech ikkilanmagandi. 

Qizik, shu chaqnayotgan yulduz Florida bilan Farg‘onadan bir xil uzoqlikdami? Hech bir sir bu yulduzlardan yashirin qolmasa kerak. Shu kichik yer kurrasidagi voqealarning million yillik guvohlari edi bu yulduzlar. Hozir ham demak ular O‘g‘uzni ko‘rib turgani shubxasiz…

***

Yotog‘idan siyrilib, yerga oyoqlarini ko‘ydi Gulnor. Moviy atlasdan bichilgan tungi ko‘ylagi yengil xilpirardi. Qop-qora sochlari yoyilib, bir tutam kuraklari orasida to‘lqinlanardi. Boshqa bir tutami oppoq siynalari uzra yoyilgandi. Yotoq kecha oqshom yotgan yotog‘i emasdi. Bu yuksak va keng, ustini oltin rangli ko‘rpa o‘rtgan notanish yotok edi. U go‘yo havoda muallaq turardi. Gulnor yashil nigohi bilan atrofga boqdi. Bu yer uning uyi emasdi. Bu yer jome kattaligidagi chodirga o‘xshardi. Devorlariga gilamlar osilgandi. Ularning sathiga osmon haritasi naqsh etilgandi. Chodirning katta qubbasi bor edi. Balki chodir o‘sha qubbaga osig‘liq turardi.

G‘aroyib favquloddalik hokim edi xar yerda. Egnidagi moviy atlasni qachon kiyganini eslay olmadi. Sochlari hech qachon shu ondagiday qora, siynalari hech qachon bugungiday oppoq bo‘lmagandi. Sochlari uzun va og‘ir bo‘lishiga qaramay, o‘zini hech qachon shu ondagiday yengil his qilmagandi. Ko‘zlarini yumdi. Kipriklarining bir-biriga tekkanini his etdi. Oyog‘ini ko‘tardi va tushirdi, yumshoq gilamlarga botdi oyoqlari.

Tush ko‘rmayotganiga amin bo‘lish uchun quyosh nurlari sizib kirayotgan chodir eshigi o‘rnidagi ikki gilam tirqishiga qo‘lini tiqdi va tashqariga chiqdi. Omon Ollohim! Bu qadar kuchli nurni hayotida ko‘rmagandi u! Tong quyoshining nurlari! Shundoq ro‘parasida turgan tog‘lardan uzangandi bu nurlar…

Bularni avval ko‘rganmidi?… Tog‘lar zanjiri atrofni o‘ragan qal'ani eslatardi. Paxta kabi bulutlar quyosh nurlarini suzib, emayotganday edi. Buyuk va sehrli qo‘l bir hovuch sutni havoga sepib yuborgandi go‘yo, sochilgan nurlar go‘yo shu bois yanada oqargandi.

Gulnor o‘z vujudiga teginib ko‘rdi, ko‘kraklariga, boldirlari, sonlariga to‘qindi. Sochlarini barmoqlari bilan taradi. Chapak chaldi, ohang havoni to‘ldirdi. Orqasida bahaybat chodir, oldida muhtasham tog‘lar zanjiri bor edi. Endi buning tush emasligiga ishonsa bo‘lardi. Chuqqilar tarafdan bir sas keldi. Go‘yo u dunyodagi butun saslarni o‘zida to‘plab, zichlashar va Gulnorning kulog‘iga quyulardi. Ufqning to‘rt tarafidan kelardi bu sas va Gulnorni o‘ziga ergashtirib ketardi. Gulnor tog‘larga qarab yura boshladi. Yo‘q, bu yurish emasdi. Yugurish ham emasdi. Gulnor yelar edi. Moviy atlas tungi ko‘ylagi ikki tarafda qanot kabi xilpirardi. U uchar ekan, pastdagi maysalar uning yelidan yerga egilardi.

Gulnor cho‘qqilardan oshib, bir yashillik dunyosiga kirdi. Yaproqlarni oraladi, daraxtlar orqasida tik qoyalardan sharsharalar oqayotganini ko‘rdi. Atrofda bulutlar qadar yuksak cho‘qqilar. Bu yerga qanday kelib qoldi? Uni zich bir sas ergashtirib kelgandi. Uni ergashtirgan uvillash sasi aks sadosi takror eshitildi. Tik qoyalarga urilib, birlashgan aks-sadolar, to‘planib, Gulnorning quloqlariga quyuldi. Sas manbaini izlarkan, Gulnor irmoqlarning birlashgan yerida bir juft yashil ko‘zlarni ko‘rdi. 

Ko‘zlar shu qadar teran va ta'sirli edi-ki, Gulnor bir necha soniya ko‘zlardan boshqa hamma narsani unutdi. Keyin o‘tkir tishli, tikkaygan quloqli bo‘rining o‘ziga tikilib turganini angladi. Quloqlari o‘rtasida kulrang yoli qimirlab turardi. Keyin bu go‘zal makondagi o‘sha bo‘g‘iq sasning vahshiy bo‘ridan chiqayotganni tushundi. Yashil vodiyga uni ergashtirib kelgan sas bo‘rining uvillashi edi. Lekin bu sas nega birdaniga to‘rt trafdan eshitildi?

Gulnor atrofga bokdi, to‘rt tarafda ham bo‘ri boshlarini ko‘rdi. Minglarcha bo‘ri uvillab, minglarcha yashil ko‘z Gulnorga boqardi. Gulnor sehrlanganday turib koldi. Keyin birdan aylana boshladi. Shaffof ko‘ylagi yana qanotlandi. Qora sochlari havolandi. Aylanish shu qadar tezlashdiki, Gulnorning turgan yerida Gulnor emas bir nur paydo bo‘ldi va samoga yuksaldi.

Siz turk yozuvchisi Axmad Beyjon Erjilasun qalamiga mansub Gulnor romani audiokitobining 18 qismini tingladingiz. Uni Qudrat Bobojon saslantirdi. Davomini Yutubdagi Eltuz kanalining kelgusi yoyinlarida kuzating.  

Tag‘in o‘qing
11 january 2022
Lukashenkoning yaqin kelajakda «O‘zbekiston ham g‘alaënga sahna bo‘lishi» haqidagi gapini ikki xil talqin qilsa bo‘ladi: Birinchi talqin – «Luka ...
25 september 2023
Jonibek degan ovqat eltuvchining AQShda klient xotinnig emchagini ezg‘ilagani uchun qamalib, 20 ming do‘llar ishtrap to‘lagani haqida ëzdim. Tagidagi ...
30 april 2019
Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining manzil koloniyasi jinoyat qidiruv bo‘limi katta tezkor ...
5 april 2021
Muhtaram o‘quvchi, sizga bundan 38 yil oldin yuz bergan voqealarni gapirib beryapman. 38 yil oldin Ahmadshoh Mas'udning yashirin istehkomlaridan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...