Asosiy mavzular
14 november 2025

«Gulnor» 19 qism (Teyirkan yoki yulduzlarda kechgan yetti kun)

Gulnor xayolga o‘xshagan bu g‘aroyib yerga qanday kelib qolganini tushunolmay garang edi. Bo‘ri uvlashi, yashil ko‘zlar va kulrang yollarni elas-elas xotirladi… Atrofga alanglab karadi. Bu yer moddiy dunyoga o‘xshamasdi. Bir shaharning keng ko‘chasida ketayotgandi. Lekin binolar nurdan yoki Gulnor bilmagan bir shaffof materialdan qurilgandi. Moviy, yashil, sariq, norinj va qizil rangli binolar. Ular bir uyg‘unlik ichida edi. Binolarning shiftlari, eshik va derazalari qubba shaklida edi. Lekin shaharda hech kim yo‘q edi. Gulnor g‘aroyib shaharning bo‘m-bo‘sh ko‘chalaridan ketib borar, Goh o‘ngu-so‘lidan nurdan iborat mavjudotlar o‘tib qolardi. Balki shaharliklar shu mavjudotlardir. Yurishda davom etdi. Garchi buni “yurish” deb atab bo‘lmasdi. Gulnorning eti-suyagi bor edi, ammo u ham o‘sha nurli mavjudotga o‘xshab qolgandi.

Ko‘chaning oxirida keng maydon, keyin ko‘lday katta hovuz paydo bo‘ldi. Gulnor hovuz ichidan nur kabi o‘tdi va  qirq qubbali xashamatli bino qarshisidan chiqdi. Eshikning ikki qanotiga bo‘ri boshlari o‘yilib naqsh etilgandi. Bu yer nimasi bilandir Akademiyaning keng zalini eslatardi. Yuksakda bir minbar. Gulnor ilk da'fa o‘ziga o‘xshagan odamlarni ko‘rdi. Kursida oq sochli va oq soqolli odam o‘tirardi. Pastroqda o‘tirganlar ming kishiga yaqin edi, xammasi oq soch odamga qarab turishardi. 

Oq soch odam “Nur kizim, keldingmi?” dedi. “Keldim, Ota kom”, degan so‘zlar chiqdi Gulnorning og‘zidan. Mingta odam kulimsirab boqardi.

Otakom o‘rnidan turib, Gulnorga yaqinlashdi va uning qo‘lidan tutdi. Komning yuragidagi sas uning barmoqlaridan qizning barmoqlariga, keyin yuragiga o‘tdi… “Xush kelding qizim, seni uch ming yildan beri kutayotgandim”, dedi Otakom.

Nur qiz uch ming yil avvalgi bu kubbali binoni esladi. “Men ham sizni ko‘rishni uzoq kutdim, ota”, dedi qiz. So‘ngra Otakomning uch ming yil avval to‘plagan yig‘inini xotirladi.

Otasi Otakom va onasi Vanak shishadan yasalgan yer kurrasi yonida turishardi.  Uzoq yaqin qarindoshlari jamul-jam bo‘lishgandi. Otakom shaffof globusga ishora qilib, “bu ko‘zchaga yaxshilab qarang!” dedi. Birdan “ko‘zcha” ichida osmon paydo bo‘ldi. Keyin birin-ketin yulduzlar o‘ta boshladi. Nixoyat “ko‘zcha”da bitta yulduz qoldi. Keyin u yaqinlasha boshladi. 

Moviy dengizlar, qora, yashil ranglar ko‘rindi. Shaffof shar ichida bir sayyoraning sathi, xaritasi paydo bo‘ldi. Otakom “endi Yirkomni ko‘rasiz. Mana Yirkom, mana Yirkom ustidagi yashil o‘ba”, dedi Otakom. So‘ngra o‘ba ham kattaya boshladi. O‘ba go‘yo cheksiz va juda katta edi. O‘rtasida shaqir-shaqir suv oqardi. Daryo qirg‘og‘ida bir tuman otliq yel kabi uchardi. Nur qiz ko‘zi oldidagi saflarda chopayotgan tulporga tikilib qolgandi. Ot ustida sochlari xilpirayotgan bir yigit. Moviy ko‘zlari ufqlarni teshib boqardi. Uning xilpirayotgan sochlari, oltin kaftanining shamolda uchgan etaklari va tulporining yollari she'rning uch misrasini eslatardi.

Nur qiz bu go‘zallikdan ko‘zini uzolmadi.

Otasining oxangdor sasidan o‘ziga keldi.

Otakom “qizim, sening qismating shu yigit”, dedi. Nur qizning yashil ko‘zlarida porlab ketgan sevinchni butun oila a'zolari ko‘rdi.

Ota kom tilga kirdi:

– Minglarcha yil avval otalarimizdan biri bu shisha kurrani topdi, unga “ko‘zcha” deb nom berdi. U payt bor-yo‘g‘i 90 kishi qolgandik, yuqumli kasallikdan yo‘qolib borayotgandik. Biz yashayotgan go‘zal sayyora Teyirkanda yashash og‘irlashib, buyuk bobomiz urug‘imiz tugayotganiga ishonib qolgandi. Ammo cheksiz koinotda Teyirkandan boshqa ham inson yashashi mumkin bo‘lgan sayyoralar bo‘lishi kerak edi. Bobomiz o‘ylanib, sinab-tekshirib shu “kuzcha”ni kashf qildi. 90 kishi unga qaradi. Bir sayyora ko‘rdilar-ki, tengi yo‘q edi.

Moviy, yashil, bo‘z ranglar bilan bezangandi. Katta-katta o‘yiqliklarda moviy suvlar to‘la edi. Inishli-chiqishli tuproqlarda loyqa suvlar oqardi. Birdan chuqurlashgan daralari, birdan yuksalgan tog‘lari bor edi. Ba'zan dengizlarga, tog‘larga va o‘balarga bo‘z bulutlar qo‘nardi. Shakldan shaklga kirgan bu sayyorada odamdan boshqa har xil jonzot bor edi. Turli tuman daraxtlar, chechaklar.

Buyuk bobomiz “bizning sayyoramizning oti Teyirkan, bu yerning oti esa Yirkan bo‘lsin”, debdi. “Ichingizdan bir yosh yigit va yosh qizni Yirkanga jo‘nataman. Ko‘ngillilar bormi?”, degandi u. Ona ismli qiz bilan Ota ismli yigit o‘rtaga chiqishdi. Va Ota bilan Ona nur bo‘lib, Yirkanga uchishdi. Yirkanga inarkan, bir-biridan uzoq yerlarga indilar. Bir-biriga yetishmoq uchun nurga aylanishni istadilar, ammo aylanisholmadi. Chunki Yirkanning havosi boshqacha ekan. Kunlarcha, oylarcha bir-birlarini izladilar, nihoyat topishdilar. Yirkan ularning avlodlariga to‘ldi. Ularning ichidan bir bo‘lagi Teyirkandagi tilimizni unutmagandi. Ammo ularning tili vaqt o‘tgan sari o‘zgarib ketgandi. Ular ham biz kabi ko‘kka, ham Tangriga tangri derdilar. “Uza ko‘k Tangri asro qora yer” qilinganiga ishonar edilar. Odamga “ona o‘g‘li” der ekanlar.

Buyuk otamiz shunday o‘ylagan va shunday harakat qilgan edi. 90 kishi qolgandi bor-yo‘g‘i, lekin bu to‘qson kishidan hech kim o‘lmagandi. Teyirkanda takror ko‘paya boshladilar. Goh nur, gox jism bo‘lib Teyirkanda yashadi bizning ajdodlarimiz. “Ko‘zcha” deb atalgan sehrli shar mahfiy saqlandi, otadan o‘g‘ilga meros qoldi, mengacha yetib keldi. Bu “kuzcha”da siz ko‘rgan sayyora Ona o‘g‘illari yashagan Yirkan, Ona o‘gillari bizning qarindoshlarimizdir. Bizda yuqumli kasallik yo‘q, ammo buyuk Otamizning ruhi mening ichimda. U nur qizni Yirkanga jo‘natishimni buyurmoqda.

***

Gulnorning karindoshlari undan umidini uzgandilar. Bir haftadan beri ularning izlamagan joyi qolmagandi. Qo‘shni qishloq, shaharlardagi tanish-bilishlardan, Toshkentdagi do‘stlaridan, hammasidan so‘rashdi, ammo undan hech xabar topilmadi.

Qorlig‘ashev ham Gulnorning g‘oyib bo‘lganini eshitib, uni Qirg‘izistonga o‘tib, chet elga ketgan deb o‘yladi. Ammo Qirg‘iziston va Turkiyadagi odamlaridan Gulnorning u yerlarga ketmaganini aniqladi. Nihoyat sakkizinchi kuni qarindoshlari Gulnorni topishdi.

U avvallari doim o‘tiradigan yerida, daraxtning ostida, botayotgan quyoshni tomosha qilib o‘tirardi. “qaerda eding?” deb so‘rashdi qarindoshlar.

Gulnor xazillashganday:

– Yulduzlarda, — dedi.

Aslida qaerda bo‘lganini uning o‘zi ham bilmasdi. Ko‘rganlarini tush deb o‘ylamoqchi edi, ammo o‘zining bir hafta g‘oyib bo‘lganini eshitib, aqli shoshdi.

Bunga aql bovar qilmasdi. O‘qiganlari, o‘ylaganlari va O‘g‘uzdan uzoqda yashashi natijasida bir teran hayol ichida uzoq muddat qolib ketgan bo‘lishi mumkin edi, ammo o‘zi qaerda edi? qarindoshlari axtarib, nega uni bir xaftagacha topisha olmadi?

Gulnor butun kecha “tushmi haqiqatmi” degve savolga javob topishga urindi, lekin topa olmadi. Uxladi. Tushida O‘g‘uz bilan qo‘l ushlashib o‘rmonda chopishardi. Oldiga to‘siq chiqsa, Gulnor ko‘kka uchar, O‘g‘uzni ham qo‘lidan ushlab havoga olib chiqardi. So‘ng suvlari tiniq, bir irmokning boshiga keldilar. Suv tubidagi oppoq qum ustida qizil baliqlar o‘ynashardi. Gulnor ulardan bittasini tutib, yuziga yaqinlashtirdi. Baliq “sen yuzmaysanmi?”, deb Gulnorga kulimsiradi va sirg‘alib, suvga tushdi. O‘g‘uz bilan Gulnor yechinishdi. Vujudlarini irmoqqa tashladilar. Baliqlar kabi suvning tubida yuzdilar, ular bilan gaplashdilar.

Gulnor uyg‘onib, sochlarini ushladi, ularning quruqligini ko‘rib, kayfiyati tushdi.

Soat o‘n bo‘lgandi. O‘rnidan turib, chamadonni hozirlay boshladi. Nonushtada qarindoshlariga ortiqcha hech narsa aytmadi.

Toshkentga boradigan ilk avtobusga mindi. O‘zbekistonning bu mintakasi jannat kabi edi. Yo‘lning o‘ngu so‘lida ko‘kka uzangan daraxtlar yashilligi ko‘zni quvontirardi. Ammo Farg‘onadan uzoqlashgan sari tuproq quruqlashib borardi.

Siz turk yozuvchisi Axmad Beyjon Erjilasun qalamiga mansub Gulnor romani audiokitobining 19 qismini tingladingiz. Uni Qudrat Bobojon saslantirdi. Davomini Yutubdagi Eltuz kanalining kelgusi yoyinlarida kuzating.  

Tag‘in o‘qing
8 april 2021
Sobiq qo‘shiqchi Jahongir Otajonov 5 aprel kuni aeysbukda jonli chiqish qilib, “Erk” demokratik partiyasiga a'zo bo‘lib kirganini e'lon qildi ...
18 september 2025
15 sentyabr kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Inson ijtimoiy xizmatlari bo‘limi ijtimoiy to‘lovlar sho‘'basi rahbari Nurullo Durmanov 2 ming ...
24 february 2021
Bu O‘zbekiston. Mana bu esa uning musaffo osmoni. Bu oldingi o‘zbek aëllari,ular uchtadan tug‘ardi. Hozir bu bolalar Rossiyada. “Mening ...
31 august 2025
Krinj kontsertda Madvazirdan tortib yaqinda pampersdan garsho‘kka o‘tirgan bolagacha «Yangi O‘zbekiston» haqida ashla aytdi.  Xo‘sh, buning nimasi yomon? Siyosiy ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...