Asosiy mavzular
21 november 2025

«Gulnor» 21 qism (O‘zbekistondan qochish)

Gulnor endi Toshkentda bemalol yura olmasdi. Qorlig‘ashevning ayg‘oqchilari uni odim-odim ta'kib qila boshlagandi. Hatto ular uning uyi oldida navbat tuta boshlashgandi.

Gulnor uyidan akademiyaga, u yerdan uyiga kelardi xolos. Yana Qorlig‘ashev va uning tashkiloti yaxshi bilgan ba'zi do‘stlarining uyiga goh-goh borib turardi. Chunki, ular bilan ham aloqani uzib qo‘yishi tashkilotni shubhalantirgan bo‘lardi.

Gulnor O‘zbekistondan chiqishi uchun Turkiya elchixonasidan viza olishi kerak edi. Lekin elchixonaga ketsa, buni Qorlig‘ashevga darrov yetkazishar va Gulnorning niyati fosh bo‘lardi.

Bir tasodif ishni osonlashtirdi. Rauf Parfining uyida Turk elchixonasidan bir ma'mur unga ikki kun ichida viza hozirlab berishini va'da qildi. Aytilganiday, ikki kun ichida viza tayyor bo‘ldi. Qochish yo‘li ham Rauf Parfining uyida chizildi.

Toshkentning chekkasida yuk mashinalari parki bor edi. Bu park xususiy edi, uni bir turk yigiti qurgandi. Yuk kamyonlari Turkiyadan kelib, bir kecha bu yerda dam olishar, keyin Qozog‘istonga o‘tishardi. O‘zbek-qozoq chegarasida unchalik nazorat yo‘q edi. Reja bo‘yicha, ayg‘oqchilardan bir amallab qutulgach, Gulnor o‘sha parkka borishi kerak edi.

U kecha Gulnor uxlay olmadi. Shubhalanmasliklari uchun kichik bir sumka hozirladi yo‘lga. Va kiyimlarini yechmasdan yotoqqa uzandi. Uxlab qolishdan qo‘rkdi. Kelishilgan vaqtdan sal kechiksa, hammani tahlikaga qo‘ygan bo‘lardi. Qorlig‘ashevning ko‘ppaklari o‘z joyida turishardi. Kirish eshigidan chiqish mumkin emasdi. Uncha baland bo‘lmagan orqa balkondan chiqishi lozim edi.

Shu kecha Qorlig‘ashev ham bezovta edi. Gulnor u istagan raportni keltirmagandi. Gulnor shu kungacha uchrashgan odamlarida muhim narsa yo‘q edi. Balki, Rauf Parfining uyiga bir haftada ikki marta borganidan shubhalanish mumkin edi. Lekin bu haqdagi odamlari bergan raportda shubhaga molik narsa topolmadi.

Negadir Qorlig‘ashev odatidan tashqari soat uch yarimda uyg‘onib ketdi. Takror uxlashni istadi, lekin ko‘ziga uyqu kelmadi. Chiroqni yoqdi. Qo‘lini soatga uzatib, ayg‘oqchilar bergan raportni olib o‘qiy boshladi.

Ikkinchi raportning boshini o‘qir ekan, chayon chaqqanday sapchib o‘rnidan turdi:

– Eh, shayton, buni nega avval o‘ylamadim!, — dedi.

Raportda Rauf Parfining uyiga kelgan boshqa mehmonlar ham yozilgandi. Gulnorning birinchi kelishida Rauf Parfining uyiga Turk elchixonasi xodimi ham kelganligi yozilgandi. Keyin o‘sha xodim Rauf Parfining uyiga ikkinchi marta kelgan va undan ikki soat keyin esa u yerga Gulnor kelgandi.

– Shayton qiz, Turkiyaga qochishni o‘ylabsanda!, — dedi o‘z-o‘ziga Qorlig‘ashev.

U bir necha daqiqa ichida kiyinib, ko‘chaga chiqdi. Mashinaga o‘tirdi, o‘n daqiqa o‘tar-o‘tmas Gulnorning uyi oldida to‘xtadi. Eshikni poylayotgan ikkita ayg‘oqchiga ishorat qilib, ichkariga kirdi.

Soat to‘rtdan o‘tgandi. Gulnor balkon eshigini ochib chiqayotganida, eshik qo‘ng‘irog‘i chalindi. Bu mahalda eshik qo‘ngirog‘ining jiringlashi xayrli emasdi. Gulnor eshikni ochmaslikka qaror qildi. Balkon panjaralaridan oshib pastga tushdi. Va orqa ko‘chaga chiqdi.

Taksi topilishi amri mahol edi. Uydan tezroq uzoklashishga harakat qilib, yugura boshladi.

Qo‘ng‘iroqni jiringlatgan Qorlig‘ashevning odami yoki uning o‘zi edi. Eshikni sindirib kirib, Gulnorni topolmagach, u orqa ko‘chalarni ham nazorat qilishi mumkin edi. Buni o‘ylab, Gulnor chopa boshlagandi.

Qorlig‘ashevning shiddatli qo‘ng‘iroqlaridan Gulnorning ko‘shnilari uyg‘onishgandi. Qorlig‘ashev yelkasi bilan eshikni urib ko‘rdi, sindira olmadi. Keyin odamlariga ishora qildi, ulardan ikkalasi eshikni buzishdi, Gulnor uyda yo‘k edi. Qorlig‘ashev ayg‘oqchilarga baqira boshladi:

– Uyga kirib, qaytib chiqmaganiga aminmisan?, — derdi u tinmay.

– Ha, chiqmadi, — derdi ikkita ayg‘oqchi dag‘-dag‘ titrab.

– Balkondan qochgan!, — dedi Qorlig‘ashev, — sen bu binodagi butun kvartiralarni qarab chiq! Sen esa men bilan yur!

Qorlig‘ashev ayg‘oqchilardan birini olib, orqa ko‘chalarni tekshirib chiqdi. Ammo Gulnorni topolmadi.

Gulnor allaqachon hususiy bir mashinani to‘xtatib, haydovchidan Navoiy maydoniga olib borishni iltimos qilgandi. Navoiy maydonidan taksiga o‘tirib, kelishilgan parkka yetib kelganida soat hali besh bo‘lmagandi. Park qorovuli kallai-saxarda yolg‘iz yurgan qizni ko‘rib xayron bo‘ldi.

– Men Gulnor Kunboevaman, — dedi u, — olti yarimda ketishi kerak bo‘lgan bir kamyon meni Chimkentgacha olib ketishi kerak edi.

– Sizni buncha erta kutmagandim, — dedi odam, — siz bir oz kuting, dam oling shu yerda.

Bu kichik, muvaqqat uychada yagona kursi bor edi, Gulnor unga o‘tirdi.

– Yaxshisi, men ketadigan mashina kabinasida o‘tira qolay, — dedi Gulnor iymanib.

– Shofer uxlayotgan bo‘lsa kerak-da, — dedi odam, — uni uyg‘otish to‘g‘ri bo‘larmikin?

– Meni olib ketishidan xabari bormi?

– Ha, xabari bor.

– Mumkin bo‘lsa, men uni uyg‘otib, iltimos qilsam, dedi — Gulnor.

– Mayli, huv anovi mashina, — deya qo‘lini cho‘zdi odam.

Gulnor bahaybat yuk kayonining zinapoyasidan ko‘tarilib, derazasidan o‘rindiqni orqaga yotqizib, uxlayotgan haydovchini ko‘rdi. Oynani uch-to‘rt marta taqillatdi. Shofyor uyg‘ondi.

– Soat necha bo‘ldi?, — dedi ko‘zlarini uqalab u, — uxlab qolibmanmi?

– Yo‘q, beyafandim, soat hali besh. Men ertaroq kelishga majbur bo‘ldim. Ruxsat bersangiz mashinaga o‘tirsam, bu yer men uchun havfsizroq bo‘ladi, — dedi Gulnor.

– Albatta, Gulnorxonim marhamat, ismingizni to‘g‘ri aytayapmanmi?, — dedi shofyor.

– To‘g‘ri aytayapsiz, ismim Gulnor, familiyam Kunboeva.

– Mening otim Xasan Unaron. — dedi shofyor. Keyin tushib komyonning orqa eshigini ochdi. Komyonga mebel to‘ldirilgan edi.

– Mana shu kresloda o‘tirib, dam oling Gulnor xonim. Agar mashina to‘xtasa, siz anov shkafga kirib yashirining, — dedi shofer.

– Xo‘p Hasanbey, tashakkur, — dedi Gulnor.

– Arzimaydi, Gulnorxonim, madomiki o‘yg‘ondik, sizga zarari bo‘lmasa, yo‘lga tushaveraylik, — dedi shofer.

– Juda yaxshi bo‘lardi, tezroq bu iskanjadan qutulay, — dedi Gulnor.

Yo‘l bo‘yicha kamyon to‘xtamadi.

Chimkentga yetib kelishganida soat yetti yarim edi.

Kamyonning eshigi ochilganida Gulnor uxlab qolgan edi. Darrov uyg‘ondi va o‘rnidan turdi.

Xasan:

– Havotir olmang, Gulnorxonim, sog‘-salomat Chimkentga keldik, — dedi.

Gulnor ust-boshini tuzatdi, kichik sumkasini ko‘liga oldi, Hasanga tashakkurlar aytib, u bilan hayrlashdi. Chimkentning sokin ko‘chalaridan yurib, birinchi duch kelgan odamdan qo‘lidagi adresni ko‘rsatib, u yerga qanday borishni so‘radi.

***

Oydon, Ali Mohir va O‘g‘uz Anqarada Amerika sarguzashtlarini Salim beyga xikoya eta boshlagandi, Salim Beyjon:

– O‘g‘uz bey, bir daqiqa sabr qiling, Ahmad domlani ham chaqiraylik, — dedi.

Telefon qildi, Ahmat domla Salimning byurosiga tez yetib keldi.

Sarguzashtlar hikoyasi hayajonli edi. Tanaffusda Axmad O‘g‘uzni chekkaga tortib:

– Gulnor shu yerda. Ikki kundir poytaxt o‘qituvchilar uyining mehmonxonasida yashayapti, — dedi.

– Shundaymi? Tinchlikmi, nimaga kelibdi?, — dedi O‘g‘uz hayajonlanib.

– Bilmayman, ammo yaxshi narsalar bo‘lmaganini sezdim. Kelgan zahoti seni ko‘rishi kerakligini so‘zladi.

– Unday bo‘lsa, Calim beydan izn olib tez boray, — dedi O‘g‘uz.

“O‘qituvchilar uyi” foesida Gulnor Muhammad Solih bilan birga edi. O‘g‘uz har ikkalasi bilan hayajon ichida quchoqlashdi.

– Gulnor, tinchlikmi?, — dedi qizga qarab.

– Havotirlanma O‘g‘uz, bu yerga keldim, endi tinchlik, hammasi o‘tdi, — dedi Gulnor.

Qisqacha O‘zbekistondan qanday qochgani va KGBning tazyiqlarini aytib berdi. So‘nggida:

– Senga boshqa aytadiganlarim ham bor, — dedi Gulnor.

O‘g‘uz bu hayajonli qochish voqeasi oldida Amerika sayohatini Gulnorga aytib berishni keraksiz hisobladi.

Muhammad Solih bilan xayr-xushlashib o‘rnidan turdi.

Gulnor o‘shanda O‘g‘uzga hamma sirini to‘kdi. Teyirkan, Ota kom, “ko‘zcha” bilan bog‘liq g‘aroyib narsalarni ham. Agar bu hodisani Gulnordan boshqa odam aytib bersaydi O‘g‘uz ishonmagan bo‘lardi. Ammo buni aytayotgan uning sevgan qizi Gulnor edi.

O‘sha kecha O‘g‘uz uxlay olmadi. Uning fikricha, Gulnor o‘sha daraxt tagida bir xafta davomida xushidan ketgan bo‘lishi va hayolida o‘sha hodisani yashagan bo‘lishi mumkin edi. Balki Qorlig‘ashevga aytgan o‘sha bog‘li-bog‘chali uyda haqiqatan ham bir hafta kolib ketgandir, deb o‘ylardi u.

Ertasi kuni uchrashganida O‘g‘uz bu fikrlarini Gulnorga ehtiyotkorlik bilan aytdi.

– Yo‘q, O‘g‘uz, bu xayol emas edi. Buni xayoliy emas, jismoniy yashadim. Qo‘llarimni siqib ko‘rdim, sochlarimni tortdim. “Ko‘zcha” degan apparatga tegdim, — dedi Gulnor.

– Kuchli hayol onida shundoq xolatlar bo‘ladi, dedi O‘g‘uz.

– Tushunmayapsan O‘g‘uz, bu xayol-payol emas, — dedi Gulnor, — u bog‘chali uyni ham Qorlig‘ashevdan qutilish uchun to‘qidim.

O‘g‘uz baxslashishning foydasiz ekanligini tushundi.

– Mayli, buni vaqtga havola qilaylik. Ma'lum vaqt o‘tganidan keyin hamma narsa oydinlashadi, — dedi O‘g‘uz.

– Sening menga ishonishingni o‘ylagandim, O‘g‘uz. Yanglishibman. Mayli, sening aytganing bo‘lsin. Vaqt kelib, menga ishonasan… dedi Gulnor.

Tag‘in o‘qing
3 june 2023
Frants Kafka o‘limidan keyingina ko‘plab asarlari chop etilgan va dunyoga tanilgan 20-asrning buyuk yozuvchilaridan biridir. Tirikligida u bir nechta ...
5 october 2023
Eltuz portaliga kelgan navbatdagi beshta shikoyat maktubini o‘qiymiz. Ular O‘zbeistonning Jizzax, Andijon, Toshkent, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan kelgan. Dastlabki ...
31 december 2018
“Open Democracy” (Ochiq demokratiya) onlayn resursi ulkan qurilish loyihasi – “Toshkent siti” bo‘yicha surishtiruvini e'lon qildi. Surishtiruv davomida qurilish ...
23 august 2018
Turma boshlig‘i polkovnik Mavlonovning buyrug‘i bilan Muhammad Bekjonni nihoyat ancha yengilroq ishga, etikdo‘zlik sexiga o‘tkazishadi. U yerda jurnalist so‘zga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...