«Gulnor» 24 (oxirgi qism) Tushlar o‘lkasi…
O‘rxon Nodiy Oqtoshning ko‘zlari chaqnardi:
– Menga qara, — dedi u Axmadga, — bu fikr mendan chiqdi deb maqtanma.
– Albatta, O‘rxon, — dedi Axmad, — sen boshlamasayding, biz na Toshkentga ketardik, na-da O‘g‘uz bilan tanishardik. Demak, men ham O‘g‘uzning maqolasini qirqib, Salimga yubormasdim…
Axmad bu bilan “Tushlar o‘lkasi” deb atalgan istiroxat markazining dunyoga kelishida O‘rxon Nodiyning ham, O‘g‘uzning va o‘zining ham ma'lum hissasi borligiga imo qildi.
2000 yilining 21 marti edi. Ular olti yil avval qurilishi boshlanib, bugun xalqqa topshirilayotgan “Tushlar o‘lkasi”ning ochilish marosimida, hashamatli lojada o‘tirishardi. Sivirxisor etaklarida, Afyo‘n-Eskishaxar-Ko‘nyo yo‘li kesishgan joyda katta istirohat shaharchasi bino qilingandi. Sal narida esa hovuzlar, golf va tennis maydonlari bilan o‘n beshta otel tiklangandi.
O‘rxon Nodiyning rafiqasi Jonon xonimning yonida o‘tirgan O‘g‘uz ro‘paradagi lojada o‘tirgan davlat raxbarlariga karadi. Turkiya, Ozarboyjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Shimoliy Qibris (Kipr) turk jumxuriyatlarining Prezidentlari yonma-yon o‘tirishardi. Faqat O‘zbekiston Prezidenti yo‘q edi, tez kelib qolishi mumkin deyishardi. Aslida, bir haftadan beri O‘zbekistondan har xil xabarlar kelib turgandi. O‘zbekiston Prezidenti o‘lkani tark etdi, deganlar ham bor edi.
Bu notinchlik Gulnorni juda qiynardi. U olti yildir vatanini ko‘rmagandi. Ammo yuzi, yashil ko‘zlari kulardi. Bugun uning ikkinchi orzusi ushalayotgandi. Yonida 5 yoshga kirayotgan Gunxon ismli o‘g‘li o‘tirardi. Undan narida Muhammad Solih va rafiqasi o‘tirishardi. O‘zbekistondagi notinchlik tufayli Muhammad Solihning Turkiyaga kelishiga hech kim qarshilik qilmagandi. Rauf Parfi va Sharif Jamol ham shu yerda edilar. Sharif og‘zini kattaytirib Parfiga bir narsalarni tushuntirardi.
Rauf domlaning sochlari ancha oqarib qolgandi. Sigaret chekmagani uchun asabiylanardi. Kichik Gunxonni ko‘liga olib, gaplasha boshladi. Dursun Yildirim ham sigaretsizlikdan qiynalardi.
– Bunaqasi ketmaydi, Rauf obiy, — dedi Turgut, — hamma narsa yaxshi o‘ylangan, ammo sigaret chekadiganlarni o‘ylashmabdi. Sigaret chekilmagan yerda qanday “Tushlar o‘lkasi” bo‘ladi?
– Bo‘ladi, Yildirim, bo‘ladi, biz sen bilan tushlarimizni sigaret tutunidan ijod qilamiz, O‘g‘uz kabi yoshlar tushlarini haqiqatga aylantirishadi, — dedi Rauf.
O‘g‘uz bu so‘zlardan g‘ururlandi, ammo yuzida hech narsa aks etmadi.
Oydon Ori marosimga ol rangli ko‘ylak kiyib kelgandi. Oq va oval yuzi, oq qo‘llari huddi bayroq ichida edi. Eri polkovnik Ilkar Dumon rasmiy forma kiygandi. Tunj ko‘krakli askar edi huddi. Ali Mohir va uning odamlari marosimni turli nuqtalardan kinoga olardi.
Oysha Qilich xonim, Dugon Go‘kman va rafiqasi yonma-yon o‘tirishardi.
– Xo‘jam, O‘rkun bilan Idilni ham olib kelmabsiz, — dedi Nixol Go‘kman xonim.
– Ular hali yosh, kelib ko‘rishga ulguradi, — dedi Oysha xonim.
Gunash Eryigit Suodga:
– 1967 yilda “Disneyland”ni ko‘rgandan beri shunday istiroxat markazini xayol qilgandim. To‘g‘risi, Turkiyada uning ko‘rilishini tasavvur qilolmasdim, — dedi.
Suod Sarvaro‘g‘li:
– To‘g‘ri aytasiz xonim afandim, bu orzuimizdan ham ortiq bo‘ldi, — dedi.
Suodning rafiqasi Gulsaran gapga aralashdi:
– Bilasan, Gunash, Suod “Disneyland”ni ko‘rdi, ammo men yonida emasdim, — dedi.
– Disney o‘lkasi bizga nimaga kerak. — dedi Suod, — senga, mana, “Tushlar o‘lkasi”ni ko‘rsatayapman!
So‘nar oydamir:
– Suod, Gulsaranni Amerikaga olib bormadim, deb qo‘ya qolmaysanmi?, — dedi.
– Sen ham meni olib bormading-ku, — dedi Oydamarning xotini Xayriya.
Somiy Oshqin, ikki Ibroxim, Zivar Do‘nmas va ularning xotinlari ham lojada edi. Baxtiyor Vahobzoda, Boymirza Xayit, Ismoil Yelmonli, Haydar Saidzoda, Shomil Aliev va Murod Maxdiev xam shu yerda edilar. Bu lojada o‘tirganlar Salim Boyjonning faxriy mehmonlari edilar. Ular bir haftadan beri “Tushlar o‘lkasi”da edilar, markaz faqat ular uchun ishlab turardi.
“Tushlar o‘lkasi”ning ko‘chalarida bir nechta Nasriddin Xo‘ja aylanib yurishardi. Bektoshiy bobolar ham o‘tgan-ketgan bilan xazillashib, odamlarni kuldirardi.
Daraxtlar ostida Qo‘rqut ota libosini kiygan baxshilar ko‘bizlari bilan “Qo‘rqut” kuyini chalishardi. Suvlar ustidan o‘tarkan, kutilmaganda ikki tarafga ayrilib ketadigan ko‘priklar ham bor edi. Yo‘lovchilar pastga yiqilib ketmaslik uchun orqaga chekinishardi, lekin birdan Hizir paydo bo‘lib, ularning qo‘lidan tutar va narigi qirg‘oqqa o‘tkazib qo‘yardi. Aslida, ko‘zga ko‘rinmagan mexanizmlar ko‘prikni birlashtirib qo‘yardi. Ba'zan uchar gilamlar paydo bo‘lib, uning uchuvchisi go‘zal qiz bolalarni gilamga o‘tkazar va yana havolanardi. Bular “Tushlar o‘lkasi”ning pulsiz, tekin bo‘limlari edi xolos.
Keng maydonga yoyilgan, pul to‘lab kirish mumkin bo‘lgan bo‘limlarda aql bovar qilmas mo‘'jizalar namoyish qilinardi. Masalan, ko‘kdan gurillab kelgan sas:
– Men, Bilgi hoqon!, — derdi yuraklarga qo‘rquv solib.
Keyin moviy nur Qultegin mangu toshini oydinlatardi. Ichki devorlarida bo‘zqir janglari tomashabinlar oldida paydo bo‘lardi. Keyin, ikkinchi bo‘limda 360 darajalik kino ekranida saf tortgan universitet talabalari paydo bo‘lardi. Boshlari tik, ko‘kraklari kerilgan yosh yigit-qizlar. Mustafo Kamolning nutqi eshitilardi: Turk millati ishchandir, Turk millati zakiydir!
U Chanoqqal'a mudofaasidagi askarlarga amr berar va dahshatli sahnalar fonida Maxmat Oqifning she'ri yangrardi.
Eng hayajonli sahnalardan biri bo‘zqirga sel kelgani edi. 40-50 tacha tomoshabin to‘rtta ot qo‘shilgan arava shaklidagi bir vositaga mindirilib, bo‘zqirga chiqarilardi. Birdan havo buzilib, momaqaldiroq gulduray boshlar, yashin chaqnardi. Bir necha daqiqa ichida sel tomoshabinlar mingan “arava”ga bostirib kelardi. Shu paytda bir-birining qo‘lini tutgan o‘n yigit, o‘n ko‘kturk seldan omon qolmoq uchun qoyaga qopishib turgani ko‘rinadi. Va bir ovoz gurullardi ko‘klarda:
– Bo‘z qoya, qo‘lingni cho‘z!
Ammo safdagi beshinchi ko‘kturk qo‘lini qo‘yib yuboradi va safning yarmi sel to‘lqinlari ichida g‘oyib bo‘ladi.
Meteor toshlari aro suzgan fazo kemasiga faqat yoshlar mina oladilar. Kemalar ko‘nadigan yulduzlarning tortish kuchi juda oz edi. Kemadan tushib yurgan yo‘lovchilarning odimlari uzun va yengil bo‘lardi.
Axmad va uning do‘stlarini hayratga solgan bo‘lim “Erganakon” bo‘limi edi. Tomoshabinlar qor ustidan yumalab, muz jarlikka uchishardi. U yerdan qayiqlar bilan suv oqishiga qarshi yurib, Erganakonga chiqardilar. Erganakon temir va mis rangli tog‘lar bilan o‘ralgan yashil maydon edi.
Fahriy qo‘noqlar butun bo‘limlarni bir hafta ichida kezib ulgurgandilar. Olti o‘lkaning milliy marshi chalindi. Minglarcha mehmonlar oyoqda turib tinglashdi. Keyin to‘qqiz marta to‘p otildi. Olti davlatning olti Prezidenti o‘rnidan turib, temirchining bosqoniga yaqinlashdilar. Katta bolg‘alarni olib, navbatma-navbat cho‘g bo‘lib yonayotgan temirga urdilar. Keyin ularning qarshisida turgan bahaybat temir darvoza ochildi. U ochilarkan, bo‘zqir musiqasi chalindi, maydon jarangladi. Olomon “Tushlar o‘lkasi”ning ochilgan darvozasi tomon oqdi.
Minglarcha odam “Tushlar o‘lkasi”ga kira boshladi.
Salim Beyjon bu manzarani sayr etarkan, ko‘zlaridan ikki tomchi yosh oqdi. Turkiya Jumxuriyatining prezidenti Salim Beyjonning yoniga keldi. Qo‘lini siqdi, nimalardir dedi. Keyin birgalikda faxriy qo‘noqlar lojasi tomon yurishdi.
Prezident Boymirza Xayit yonida to‘xtadi:
– Qalaysiz, Xayit bey, — dedi unga.
– Tashakkur, muhtaram Prezident, — dedi Boymirza bey ovozi titrab.
Prezident Muhammad Solihning qo‘lini siqib:
– Ertaga soat o‘nda siz bilan bir ko‘rishaylik, — dedi.
– Xo‘p bo‘ladi, — dedi Muhammad Solih.
Prezident xammaga ko‘l silkib, salomladi.
Ahmad Erjilasun qoqilib ketdi, yiqilmaslik uchun Gunashxonimning qo‘llaridan tutdi. Sharif Jamol og‘zi kattayib, kuldi. Rauf Parfi Mandoki qo‘ng‘irni esladi. O‘g‘uz o‘g‘li Gunxonni ko‘tarib, o‘ynatdi. Gulnor yashil ko‘zlari bilan kulimsirardi. Bu kulimsiragan ko‘zlar Ali Moxirning kamerasida muxrlandi.
1998, yil 9 avgust soat 23.00
Tamom. Siz turk yozuvchisi Axmad Beyjon Erjilasun qalamiga mansub Gulnor romani audiokitobining so‘nggi 24 qismini tingladingiz. Uni Qudrat Bobojon saslantirdi. Audiokitobning oldingi qismlarini video pastidagi havola orqali Eltuz kanalidan izlang.
