Asosiy mavzular
8 december 2025

Mirziyoev 600dan ortiq mahkumni avf etdi

7 dekabr kuni O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan prezident Shavkat Mirziyoev «Jinoyat sodir etgani uchun jazo o‘tayotgan, qilmishiga chin dildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat'iy o‘tgan shaxslarni afv etish to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. 

Farmonga muvofiq, Konstitutsiyaning 109-moddasi 23-bandi asosida jami 615 nafar mahkum afv etildi. Ular orasida 220 nafar shaxs asosiy jazodan to‘liq ozod etildi, 123 nafar shaxs shartli ravishda muddatdan ilgari ozod qilindi. Shuningdek, 97 nafar mahkumga nisbatan belgilangan jazo yengilrog‘iga almashtirildi. 175 nafarga esa ozodlikdan mahrum qilish muddati qisqartirildi.

Afv etilganlar orasida 9 nafar xorijiy fuqaro, 29 nafar ayol, 60 yoshdan oshgan 23 nafar erkak, 30 yoshgacha bo‘lgan 264 nafar shaxs (ulardan ikkitasi nobolalar) va faoliyati taqiqlangan tashkilotlarda ishtirok etgan 9 nafar shaxs bor.

Afv etilganlarni oilasiga qaytarish, ularga ijtimoiy moslashuvda ko‘maklashish, mehnatga jalb etish, sog‘lom turmush tarziga o‘tkazish va jamiyatda munosib o‘rin egallashlariga yordam berish bo‘yicha mas'ul vazirlik va idoralarga topshiriq berildi.

Tag‘in o‘qing
25 january 2021
O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bog‘cha bolalariga har kuni maqom va milliy kuylar eshittirish taklifi bilan chiqdi. Endilikda maktabgacha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ertaga, ehtimol, o‘z turmush ...
3 june 2016
Toshkentda Korruptsiyaga qarshi seminar bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan O‘zA agentligining bildirishicha tadbirda, «Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda qonun ...
24 april 2023
Joriy yilning 13 parel kuni yuz bergan Eltuzda yoritilgan xolat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi. Eltuzning telegram kanalida Madina Ismoilova ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...