Asosiy mavzular
9 december 2025

Qish kirmay muzlab qolgan tibbiyot majmuasi

Namangan viloyatining Chortoq tumani tibbiyot birlashmasi xodimlari Eltuz nashriga yo‘llagan maktubda muassasa xonalarining sovuqdan muzlab qolganligi, bemorlar va tibbiyot xodimlari bundan og‘ir ahvolda qolayotganini ma'lum qilishdi.

Tibbiyot xodimlarining aytishicha, hali qish to‘liq kirib ulgurmasidanoq kasalxona binolarida isitish tizimi ishlamayapti, bu esa bemorlarning davolanishiga va xodimlarning mehnatiga jiddiy xavf solmoqda.

Murojaat mualliflarining yozishicha, bo‘limda bemorlar soni ko‘p, ammo hamma «ustki kiyimlarda, qalin kurtka-paltolarda» yurishga majbur. Ahvol shu darajaga yetganki, tibbiyot xodimlari o‘z yonidan pul yig‘ib, kasallar yotadigan palatalarga elektr isitgichlar sotib olgan.

«Bu ham xavfli narsa, lekin ilojimiz yo‘q. Bemorlar bunday sovuqda tuzalolmaydi. Muolajalarda qiynalayapmiz,» — deyiladi maktubda.

Shikoyatda tuman tibbiyot birlashmasi bosh vrachi Mahmudov va sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbariyati mansabini suiiste'mol qilayotgani aytiladi. Xodimlarning fikricha, kasalxonaga ancha miqdorda ko‘mir ajratilgan bo‘lsa-da, «hamma bo‘limlar sovuq».

Murojaatda bosh vrachning har ikki gapining birida DXXdagi tanishlarini ro‘kach qilishi, rahbarlik bilan tilini bir qilib olgani ta'kidlanadi.

Shuningdek, shikoyat mualliflari tibbiyot birlashmasi «tajriba-sinovga tushdi» deya ajratilgan katta mablag‘lar bosh vrach va boshqarma boshlig‘i tomonidan o‘zlashtirilganini gumon qilmoqda. Ularning ta'kidlashicha, rahbariyat elektron tizimlardagi (DMYeD) ishni bajarishni talab qilguncha, avvalo tibbiyot muassasasida «issiqlikni joyiga qo‘yib qo‘yishi» lozim.

«Tuman hokimi kamerachi bilan keladi, nomiga issiqlik kotyoli yonida rasmga tushib ketadi – g‘irt maynavozchilik,» — deyiladi maktubda.

Chortoq tumani tibbiyot xodimlari Sog‘liqni saqlash vazirligidan ushbu murojaatga bee'tibor bo‘lmaslikni va tibbiyot majmuasidagi muzdek sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rishni iltimos qilmoqdalar.

Tag‘in o‘qing
2 february 2017
Shu kunlarda Andijon shahrida turli maktab o‘qituvchilari obodonlashtirish ishlariga jalb etilgan. Yo‘l yoqalarida ohak to‘la chelak, supurgi ko‘tarib ko‘cha ...
10 october 2016
Yodnomalarni shoir va yozuvchilar bitsin ekan. Chunki ularning tafakkur doirasi boshqalarnikidan ko‘ra kengroq bo‘ladi. Shu kunlarda marhum prezident Islom ...
29 january 2021
Mana, yana siz bilan betma-bet, yuzma-yuzman. Qarshingizda gapirib o‘tiribman. Rahmatli katta bobom Latif qori odamlar to‘g‘ri so‘zdan qo‘rqadigan zamonda ...
27 september 2017
Farg‘ona viloyatida huqumatning o‘qituvchi va shifokorlarni paxtadan qaytarish buyrug‘iga qaramay, ular hamon dalada qolib paxta terishmoqda. Ma'lum bo‘lishicha, shifokorlar ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...