Asosiy mavzular
17 january 2026

Ramzanning o‘g‘li Adam Qodirov avtohalokatga uchradi

«Kavkaz.Realii» nashri o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, Ramzan Qodirovning o‘g‘li yirik yo‘l-transport hodisasidan so‘ng shifoxonaga yotqizilgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, Adam Qodirov Grozniydagi Respublika klinik shifoxonasiga YTHdan keyin olib kelingan va u og‘ir ahvolda bo‘lishi mumkin.

Chechen muxolifat harakatiga tegishli NIYSO Telegram-kanali yozishicha, avariya Grozniy shahrida sodir bo‘lgan. Qodirov korteji, «odatdagidek, yuqori tezlikda — mashina ortidan mashina harakatlanayotgan paytda, to‘satdan to‘siqqa duch kelgan. Natijada avtomobillar bir-biriga urila boshlagan».

Ko‘plab jabrlanganlar orasida yana bir yuqori lavozimli chechen rahbarining o‘g‘li ham bo‘lishi mumkin, ammo uning ismi oshkor qilinmagan.

Xabarlarda ta'kidlanishicha, shifoxona yaqinidagi prospekt yopib qo‘yilgan, Grozniy shahriga kirish joylarida esa avtomobil tirbandliklari kuzatilmoqda.

Tag‘in o‘qing
2 november 2016
O‘zbekiston Huquq himoyachilari alyansi (O‘HA) tarqatgan matbuot xabariga ko‘ra 2016 yilning 1 noyabri kuni Bo‘ka shahar Xalq ta'limi bo‘limi ...
27 may 2020
Prezident Shavkat Mirziyoev 25 may kuni o‘tkazgan transport masalalariga oid yig‘ilishda “Uzbekistan Airways”ni nufuzli xorijiy kompaniya boshqaruviga berish masalasi ...
25 january 2018
Hali O‘zbekiston ahli qalbida Oqto‘bada halok bo‘lgan 52 nafar yurtdoshimizning motami og‘rig‘i susaymay turib, marhumlar sha'nini haqorat qilgan Farg‘ona ...
29 january 2026
Insoniyat tarixidagi eng muhim ixtirolardan biri aynan shu kuni rasmiylashtirilgan. Nemis muhandisi Karl Bents dunyodagi ilk ichki yonuv dvigatelli avtomobil uchun ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...