Asosiy mavzular
18 january 2026

“Vorovskoy mir” haqida ikki qarash va bir haqiqat

Videoda sudyaning savollariga rus tilida javob berayotgan gumonlanuvchi Ramez. U Murod Xonto‘raev o‘limi ortidan Toshkent shahri smotryaщiysi bo‘lgan.

Endi sudyaning Ramez va so‘ngra O‘zbekistondagi yagona o‘g‘ri – «Baxti Tashkentskiy»ga berayotgan savollariga e'ibor bering. Sudya emas, besh minut kam “vor v zakone” gapirayotganga o‘xshaydi. Aftidan vorlar bilan yaqindan tanish bo‘lgan yoki vorlar haqidagi kinolarni ko‘p ko‘rgan sudya janoblari.

Umuman “vorovskoy mir” yoki “jinoyat olami” degan tushunchalarga nisbatan o‘zbek jamiyatida munosabatlar turlicha. Ba'zilar bu soya olamini qonun ishlamagan davrlarda vujudga kelgan norasmiy tartib deb hisoblaydi. Boshqa qutb esa uni zo‘ravonlik va qonunbuzarlik o‘chog‘i deb biladi.

“Ko‘cha” tarafdorlari fikricha, “vorovskoy mir” o‘ziga xos qoidalarga ega. U yerda “Kodeks chesti” bor.  O‘g‘rilar orasida va'da,  mas'uliyat va ichki ierarxik tartib muhim sanaladi. Ayrimlar buni davlat tizimi zaif bo‘lgan sharoitda yuzaga kelgan majburiy muvozanat, deb izohlaydi. Ya'ni qog‘ozdagi qonun ishlamagan joyda «ko‘cha qonunlari» yuzaga keladi degandek qarash.

“Vorovskoy mir”ga qarshi bo‘lganlar esa boshqa fikrda. Ularga ko‘ra, bu tizim qonun o‘rnini hech qachon bosa olmaydi, chunki u ochiq tizim emas, faqat qo‘rquv va kuchga tayanadi. Bu qalang‘i-qasang‘ilarning qoidalari ham barcha uchun teng emas, manfaatlar ustuvor. Eng muhimi, vorovskoy tuzilma jamiyatni orqaga tortadi.

Lekin gapning rosti ham shu – “vorovskoy mir” o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Kriminal dunyo qonun zaif, adolat ishlamaydigan joyda ildiz otadi va bora-bora rasmiy hokimiyatdan ustunlikka erishadi. Qonun ishlagan, javobgarlik va ishonch mavjud jamiyatda bunday norasmiy tuzilmalarga ehtiyoj qolmaydi.

Shu ma'noda, muddaomiz «Vorovskoy mir» tushunchasini yoqlash yoki qoralash emas. Asosiy savolimiz boshqa: o‘zi nega bunday tushunchalar hali ham muhokama mavzusi bo‘lib qolayotir?

Tag‘in o‘qing
25 january 2018
O‘zbekiston Milliy Xavfsizlik Xizmati raisi Rustam Inoyatov Dubayda 12 million dollar sarflab, turar joy inshooti qurgan. Bu ma'lumotni «Ochiq ...
10 august 2020
Koronavirus kundaligi Qizimning qo‘g‘irchog‘i bilan uyda yolg‘izmiz. Ikkimiz ham bir odamchani sog‘inayapmiz. Faqat qo‘g‘irchoq yig‘lay olmaydi. Yolg‘izlik huvillagan uyda ...
21 september 2020
O‘zbekistonda paxta yig‘im-terimi mavsumi boshlandi. Shu sababli har yili bo‘lganidek, joriy yilda ham aholi orasida ushbu mavzu dolzarb bo‘lishi tabiiy. ...
24 september 2025
DNA Motors MChJ va uning rahbariyati haqida ijtimoiy tarmoqlarda turli xil xabarlar paydo bo‘ldi. Biz bunga o‘z munosabatimizni bermoqchimiz. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...