Sas
15 october 2015

Ikki yuzli hokim

Xorazmga safari payti hokimlikning tungi majlisida jurnalist Malohat Eshonqulova yozib olgan audioyozuvlar Hazorasp hokimi O‘ktam Qurbonovning ikkiyuzlamachiligini fosh qilgan.

U telefoniga maxsus qo‘ng‘iroq bo‘lgunga qadar qo‘li ostidagilarning boshini “uzib tashlash”ga tayyor dajjol qiyofasida bo‘lsa, qo‘ng‘iroqdan keyin ularga tekin yog‘, issiq ovqat berishdan bo‘lak dardi bo‘lmagan g‘amho‘r bir amaldorga aylangan.

Eltuz nihoyat bu audioni olishga muvaffaq bo‘ldi. Quyida audio va uning matni bilan tanishing.

Audio matni

Tungi soat 21.00. Xazorasp tuman hokimligidagi majlis zali. Senator O‘ktam Qurbonov mikrofon qarshisiga cho‘karkan, qo‘lidagi “Kunlik paxta terimi rejasining uddalanishiga oid ma'lumotnoma ro‘yxati” asosida kunlik paxta terimi rejasini uddalay olmagan tashkilot nomlarini birma-bir atab, rahbarlarini bitin-ketin o‘rnidan turg‘azib, ularga o‘dag‘aylay boshladi.

  • Tak, Yangibozor? Turing o‘rningizdan Yangibozor!
  • Man shu yerda yoshulli… (tushunarsiz mingg‘irlaydi)
  • Pudratdan odamlar bormi?
  • Bor yoshulli, bo‘ladi hammasi chiqib turibdi…
  • Madaniyat. Sizda necha bo‘ldi.
  • 30 bo‘ldi, yoshulli
  • Xazorasp pochta, shu yerdami?
  • Xavvong (labbay, ha shu yerdaman degan ma'noda)
  • Tipografiya. Qani javob baring.
  • Yoshulli bizdan, to‘rt bo‘limdan odam chiqarilib turibdi, tipografiyadan…
  • Kimlar?
  • Moliya, g‘aznachilik…
  • Moliyadan nechta odam paxtaga chiqmadi?
  • Yoshulli, ina 3-4 odam bor ekan, kerakli odamlar ekan idorada…
  • Na kora ish etadi u 3-4 odam?
  • Yoshulli. Men shuni aytmoqchi edim sizga. 6-7 revizor bor shular yangi qurilgan maktablarning ochilishida o‘tiribdilar, ularning muovinlari…
  • Maktabga maktabdagilar o‘tirsin! Keragi yo‘q! Ne bo‘ladi, chiqib ishlaganda? Bir oy hech kim o‘tirmasin hokimiyatda! (Qichiradi)
  • Bo‘ldi yoshulli…
  • (tutaqib) Paxta! Paxtaga chiqib norma topshirishlari kerak! Tushundingmi! Kerak emas u odamlar, respublikadan keklgan bo‘lsa ham! Borib paxta eksin ular! Zo‘r vaqt topibsizlar! Siyosat hamma uchun! Birortang qolsang, chatoq qilaman!
  • Darvozalariga o‘zim qulf solib ketdim.
  • Birorta odam! Hokimiyatda ham, soliq, bank, boshqa idoralarda ham hamma joy qulf bo‘ladi, davay. Banka! Javob bering.
    (past ovozda) Yoshulli bizadan odamlar, hammasi paxtaga chiqib turibdi.
  • (kesatib) Hammasi zo‘r, hamma odamlar chiqqan, hammasi plyus…
  • Yoshulli, biza besh bo‘lib, to‘rt tashkilot har qaysimiz 50 kilodan tushmasdan terib turibmiz mana… Sezon boshidan 60 kilo 50 kilodan terib turibmiz, haqiqatdan borib tekshiribam ko‘ring. To‘rt tashkilot chiqib turibmiz otryadda. Bir avtobus bo‘lib 65-70 odam oralig‘ida chiqib turibmiz.
  • Plan bajarilmagan! Hozir o‘qib beraman… o‘tiring. Hamma paxtaga! Birrorta odam qolmasin! SES… Bu na bu 1286 bilan kelding a? Nima uchun, (o‘shqiradi) gapir!
  • Boshqa bo‘lmiydi…
  • Sababini ayt!
  • Bug‘doy bilan tushdi…
  • Nima uchun bug‘doy bilan tushadi? Kallangni uzib tashliyman seni!!! 1200 kilo… Ay, ne degan gap bu, kim beradi paxtani?! Sug‘urta.
  • Barchamiz shu yerdamiz.
  • Na ish etib yuribsizlar, qani a, Muzaffarni chaqir tez? Pochta – 224 ni bergan!
  • Nima uchun bunga yo‘l qo‘yilgan?
  • Kim aytdi senga!!!
  • Bir mard bo‘lib so‘zla! Sanoat qani?
  • Hozir uyidan kelyotir.
  • Cizlardan kim boradi?
  • O‘zim boraman…
  • O‘zing borasan, san! Hamma odamingni olib borasan, kechasi ishliysan! Soat 7 dan keyin ish bo‘ladi, ozongacha!
  • Vatanparvar!
  • Man…
  • Voobщe sharmanda etgansan, bilasanmi…
  • (o‘zini oqlamoqchi bo‘lib)…bir ikki tonna…
  • (Uning gapini bo‘ladi) Hammani aldab sharmanda etgansan, dori berdik, “go‘r” berdik, “zin” berdik deb!

Shu yerda hokimning telefoniga qo‘ng‘iroq bo‘ladi

Zalda shivir-shivir. O‘ktam Qurbonov afti angori o‘zgarib qaytib keladi.

  • Shu gap. Tushunarlimi? Hamma davlat tashkilotlari xizmatchilari, ommaviy safarbarlik paxta yig‘im terimiga!
    Davlat xizmatchilarXizmatchi, vakillar, terimchilarning yog‘i, puli, issiq ovqati berilsin.
    Tergan paxtasiga qarab yog‘i, ham issiq ovqati…
    Issiq ovqat, tushunarlimi?
    Issiq, issiq ovqatni tashkil qilasizlar!
    Qozon tayyor bo‘lsin!
    Samovari bo‘lsin hamma yerda.
    Tushundingizlarmi?
    O‘tiringlar.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 august 2020
«Men barmoqlarim ko‘karguniga qadar hokimiyatga osilib o‘tirmayman» degan edi jurnalistlarga Belarus prezidenti 2019 yilning noyabrida. Biroq bugun butun mamlakat bo‘ylab Lukashenko ...
3 november 2017
1 noyabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp grin-kart lotereyasini bekor qilishga chaqirdi. Nyu-Yorkda terrorchilik hujumini amalga oshirgan O‘zbekiston vatandoshi ...
29 march 2018
Rossiyaning Kemerovosidagi “Qish olchasi” (Zimnyaya Vishnya) savdo-istirohat markazida yuz bergan fojea Qozog‘istonning Oqto‘basida avtobusda 52 nafar o‘zbek tiklayin yonib ...
12 march 2019
Toshkentda 8 mart kuni o‘tgan tadbirda prezident Mirziyoev yigirma sakkiz nafar qizga Zulfiya nomidagi davlat mukofotlarini topshirdi. Hali maktabni ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...