Asosiy mavzular
5 july 2019

«Temur eli qul, Yorab…»

Yusuf Juma 1958 yilda Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida tavallud topgan. Buxoro pedagogika institutini tamomlagan. Birinchi she'riy to‘plami «Haqiqatning oltin olmasi» 1984 yilda chop etilgan. «Birlik» xalq harakati faollaridan bo‘lgan. 2001 yilda «aksilhukumat mazmunidagi» deb ko‘rilgan she'rlari uchun davlat tuzumiga tajovuz qilishda ayblanib, uch yil shartli jazoga mahkum etilgan.

Eltuz – «Ozodlik ohanglari» audio to‘plamiga kirgan she'rlarni taqdim etishda davom etadi. 2007 yili Soros jamg‘armasi tomonidan Londonda chop etilgan bu kitobga o‘z yurtida aksar taqiqlangan turfa shoirlarning ijtimoiy she'rlari o‘rin olgan.

Elning asl erlari Andijonda otildi,
Dukchi eshon pirlari Andijonda otildi.
Namanganda otildi, otildi Farg‘onada,
Eng oxirgi sherlari Andijonda otildi.

Omondir so‘qirlari, omondir qashqirlari,
Sharifjon Shokirlari Andijonda otildi.
O‘ldirildi bo‘lajak Boborahim Mashrablar,
Yo‘lbarsdek Boburlari Andijonda otildi.

Dilda zolim tirlari, haq yo‘lin sobirlari,
Nurga to‘lsin go‘rlari, Andijonda otildi.
Iymonga sodiq ketdi, ko‘zlari ochik, ketdi,
Ersiz qoldi yerlari, Andijonda otildi.

Yusufning yuragida erlarga otilgan o‘q,
Elning asl erlari Andijonda otildi.

Yusuf Juma
«Ozodlik ohanglari» Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
31 august 2020
Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoni bosib olishida Buxoro amirligining roli katta bo‘lganini hech kim inkor qila olmasa kerak. Uchta xonlikdan ...
27 september 2018
Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tergovchilaridan birining “Eltuz”ga ma'lum qilishicha, Pskentda jazoni o‘tayotgan 55 yashar Jur'at Meliqulovga hujum qilishga ...
28 september 2020
Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida 7 yigit 15 sentyabr kuni 20 yashar qizni guruh bo‘lib zo‘rlaganlikda ayblanib qamoqqa olindi. Bu ...
10 july 2025
Toshkent shahar Bandlik boshqarmasi va unga qarashli tuman bo‘limlarida ishlayotgan ba'zi rahbarlar o‘z ish joyida himoyasiz qolganini, poraxo‘rlik va ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...