Catira
26 may 2016

ShHT sammiti. «Yo uy, yoki televizordan voz kechasan!»

Toshkent markazidagi Kosmonavtlar xiyobonida yashovchi SH Kuryazova kabel va yo‘ldosh antennalar simlari uzib tashlanganidan yozg‘irdi.

U Feysbukda o‘z hasratini shunday ifodaladi: «Bu kosmonavtlar prospektida yashovchilarning kasofatimi yo baxtsizligi!? Kabelщik va sputnik antennalari ustalarining ishi ko‘payganini aytmoqchiman, ishdan kelib, telekni yoqmoqchi bo‘ldim, signal yo‘q. Yaqindagina sel yomg‘irlaridan so‘ng usta chaqirtirgandim, endi esa, mana senga – ShHT o‘rtaga chiqdi! Antennayu likobchalar xalaqit berarkan, marazmga gap yo‘q, ogohlantirib o‘tirmay antennalarni kesib tashlashdi, simlarni ham olib uloqtirishdi (((.

Bu ayol unda ikki tanlov qolganini aytadi: yo kvartirani almashtirish yoki televizor ko‘rmaslik.
“Yaxshiyam Internet ishlayapti! Tag‘in xarajat ko‘paydi,» – ilova qiladi u.

ShHT sammiti arafasida simli va Yo‘ldosh TVdan bebahra qolgan ijtimoiy tarmoqning boshqa foydalanuvchilari ham o‘z e'tirozlarini bildira boshlashdi.

Potrebitel.Uz guruhidagi Olga Granova u yashagan Chilonzor dahasida ustalar kabel simlarini ikki soatda uzib ketganini ma'lum qilgan.

“Ikki soat ichida indamasdan simlarni uzishdi, biznikilar ularga hatto choy ham berishmadi,” deydi Olga Granova.

Boshqa bir net foydalanuvchisi – Irisha Grigorieva “birato‘la mamlakatni o‘zgartirgan ma'qul”, deya kinoya qiladi.

“Yaxshisi birato‘la mamlakatni o‘zgartirgan ma'qul (harholda men o‘zim uchun shunday xulosa qildim”.

“Irisha, mamlakat bilan birga do‘stlarni? qo‘shnilarni? quyoshni? vatanni hammi???” deb so‘raydi Ravshan degan yuzer undan.

Javoban Grigorieva boshqa mamlakatda ham do‘stlar topish mumkinligini aytadi:

«Hechqisi yo‘q, boshqa mamlakatda yangi do‘stlar topasan. Bizning esa ana barcha do‘stlarimiz ketib bo‘ldi. Quyoshni bo‘lsa, qaerdadir Panama yoki Malayziyadan ham topish mumkin. Qo‘shnilarmi… ularsiz ham yomon emas».

Potrebitel.Uz fikr qoldirgan Zahirxan Sharapov esa “tanlov huquqi agar bor bo‘lsa, bu – baxt,” deydi.

Hakimov Ravshan Grigorieva fikrlariga, ta'bir joiz, ritorik usulda javob qaytaradi. “Buning hammasini biz Vatan, deb ataymiz. Omadsiz kunda ham birga yig‘lash va ichish, kuladigan kunlarni kutib, hammasi shuning ichida… Agar muqaddas Jangga chaqirilsa. Sen Rusni tashla, – Jannatda yasha deyilsa. Menga Jannat kerak emas, Vatanimni bering deyman».

«Renegatlar («regeneratlar» demoqchi bo‘lsa kerak. Eltuz.) va kosmopitlarga aslo mening hurmatim yo‘q,» deya e'tiroz bildiradi Hakimov Ravshan:

Irisha Grigorieva Rusga qaytish niyatida emasligini ta'kidlaydi:

«Men «Rusga qaytmoqchi» emasman. Sovuqni ham pisand qilmayman, biroq ruhim rus madaniyatiga intiladi. Panama va Malayziyani shunchaki iliq mamlakatlarga misol keltirdim».

Feysbuk foydalanuvchilarining qizg‘in bahsi, ShHT mulozimlarining Toshkentga kelishi oldidan poytaxtning Nukus ko‘chasi Bobur ko‘chasidan boshlab Abdulla Qodiriy ko‘chasigacha bo‘lgan hududi, so‘ngra Mustaqillik ko‘chasigacha bo‘lgan hududdagi uylar fasadini penoplastdan yasalgan dekorativ bezaklar bilan qoplash harakatlari va hususan uy peshtoqlaridan Yo‘ldosh TV likobchlarini olib tashlanishi manzarasida kelib chiqdi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
27 september 2017
Aytaveradigan ham, qaytaveradigan ham xalqmiz. Hukumatimiz ham o‘zimizga mos. Do‘ppi tor kelsa yoki «vijdon»imiz uyg‘onib qolsa, darrov oqim bo‘ylab ...
25 january 2026
Turkiyaning Istanbul shahrida O‘zbekiston fuqarosining boshi kesilgan jasadi topildi. Bu haqda mahalliy Sabah nashri xabar berdi. Ma'lum qilinishicha, Istanbul ...
5 november 2018
Shu yil 2 noyabrga o‘tar kechasi Xorazm viloyatining Urganch shahridan Cholish posyolkasiga o‘tadigan ko‘prik quladi. Bu haqdagi xabar va ...
9 june 2023
RT: Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana hafta aylanib siz bilan birgaman. Sizlarning yuzingizga qarab tabassum qilish imkoniga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...