Catira
6 july 2016

Prezident Karimov Putin oldida raqsga tushganini termizliklarga aytib berdi

30 iyunda Surxandaryo viloyati Termiz tumanida mahalliy dehqon-fermerlar bilan uchrashuvi chog‘ida O‘zbekiston prezidenti Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitida Xorazm lazgisi yangraganda o‘z o‘zidan oëqlari qimirlab raqsga tushganini aytib berdi:

“Hammasi yonimda o‘tirib… Chap tomonimda, o‘ng tomonimda eng katta davlatlarning rahbarlari… Xitoyning rahbari bo‘ladimi… Hammasining qoyil qolganini men guvohiman. Va tasodifan, o‘zim kutmagandim, o‘yinga chiqib ketibman,” dedi Islom Karimov u bilan uchrashuvga kelgan fermerlar qiyqirig‘i va olqishlari ostida.

Islom Karimov Shanxay Hamkorlik Tashkiloti tarixida raqsga tushgan yagona rahbar hisoblanadi.

Karimov voris bo‘lgan kompartiya tarixida Xrushchevning Stalin oldida ukraincha raqsga tushgan voqeasi mavjud.

Rassom KIRPI
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 august 2024
RT: Mana xafta zuvv etib aylanib yana siz bilan yuzma yuzman. MS: Ovong og‘o, bugun beshlanjiy gun. Gurungni sizdan ...
9 october 2023
Jurnalist Ibrat Safo yozadi: O‘zbekistonda 8 oy ichida 25 ming nafarga yaqin bola ota yoki onasiz yashashga majbur bo‘libdi. ...
19 july 2018
Hech bir sababsiz «Sangorod»da qoldirishganini gapirarkan, Muhammad Bekjon kitobining navbatdagi bobida 2003 yilning iyulidagi voqealarni tilga oladi. O‘shanda u ...
13 october 2021
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 35-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) Ibrohim G‘afurovning shaxsiyati ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...