Catira
27 september 2016

Urilganlar sahnaga qaytishmoqdami?

«San'atimiz qiroli Sherali Jo‘raev, O‘zbekiston Xalq artisti Yulduzxonim Usmonova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, do‘stimiz Obidjon Asomovlar yana katta sahnalarimizga qaytishayotgan ekanlar» deya izohlaydi, keyingi paytlarda Shavkat Mirziyoevni madh qilishga bel bog‘lagan shoir Muhammad Ismoyil.

Biroq, bu «qirol va qirolichalar» katta sahnaga qaerdan qaytishayotgani, shu paytgacha qaerda bo‘lishgani, nima uchun katta sahnadan chetlashtirilganiga shoir izoh bermaydi.

Undan ilgari Yulduz Usmonova katta sahnaga chiqishdan umidvorligini aytib, Karimovning shogirdlari bo‘lgan, hokimiyat tepasiga kelayotgan amaldorlar tarafida bo‘lishini bildirgan edi.

Qiziqchi Obid Asomov esa hatto filmlardagi titrlar va u aks etgan tasvirlarning olib tashlanganini aytib, «O‘zim borman, basharam esa yo‘q!» deya nolingan edi.

Ayni Karimov davrida bir qancha artistlarning litsenziyadan mahrum qilingani, ayrim san'atkorlarning hatto mamlakatni tark etishga majbur bo‘lgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Sahnaga qaytish mujdasini olganlar qatorida ilgari norasmiy taqiqda bo‘lgan taniqli artistlar Ortiq Otajonov va Bobomurod Hamdamovlar ham borligi iddao qilinmoqda.

Farrux Zokirov, Sevara Nazarxon, Shahzoda Matchonova, Shohruh rep, Feruza Jumaniyozova, Otabek Madrahimov, Ozoda Nursaidova,Farrux Soipov kabi san'atkorlarga qo‘yilgan taqiq sabablari ham u ëki bu davlat mulozimlariga borib taqaladi.

O‘tgan yili mashhur o‘zbek xonandasi Abdulaziz Karim mamlakatni tark etib Turkiya vatandoshligini olgan edi.

Boshqa tomondan, 23 centyabr kuni moliviy piramida yaratganlarga qarshi qonunni imzolagan Shavkat Mirziyoevning nima sababdan ayni piramidaga pul tikkani shov-shuv bo‘lgan Obid Asomov yoki Sherali Jo‘raevga yashil chiroq ko‘rsatishi kerakligi ham bizga qorong‘u.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoevning o‘zbek san'atkorlarga ayniqsa qiziqchilarga toqati yo‘qligini aytishadi, agar «Bolalar»ni hisobga olmasa, u Rossiyaning «Laskovыy may» va Belarusdagi «Pesnyarы» guruhining «Vologda» qo‘shiqlarini ko‘proq sevarkan.

Rassom Adolat
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 july 2016
«Hurriyat» gazetasi Ramazon hayiti munosabati bilan e'lon qilgan «E'tiqod erkinligining toza havosi» sarlavhali maqola yurtimiz mo‘min-musulmonlari hayit namozini ado ...
4 january 2017
O‘zbek tili davlat maqomi olganidan 27 yil o‘tib ham, idora va shirkat nomlari rus tilida qolayotgani ajablanarli. Bundan ham ...
27 december 2020
Manbalar “Eltuz”ga O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev toshkentlik ishbilarmonlar orasida “Shayton” laqabi bilan tanilgan, muqaddam firibgarlikda ayblangan 45 yoshli ...
30 september 2015
Bugun, 30 oktyabr kuni, kamida 4 nafar bo‘lgan bir guruh odamlar ikkita mashinada Angrendan to Toshkentgacha huquq himoyachisi Dmitriy ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...