Catira
2 february 2017

«Agar har kim 10 tuxum yeb, 40 tasini sotsa…»

Mirziyoevning “Har bir xonadon 100 tadan tovuq boqishga majbur” degan bayonoti turlicha talqin qilinmoqda.

Qoraqalpoqqa safari chog‘ida u tag‘in “100 ta tovuq eng kamida 50 ta tuxum beradi. 10 tasini o‘zi yeb, agar har kuni 40 tasini sotsayam kam ta'minlangan oila bo‘lmaydi”, dedi.

Quyida feysbukda paydo bo‘lgan ayrim izohlarning bir shodasini keltiramiz:

Ulug‘bek Ashur: «Hamma tuxum sotsa ularni kim harid qiladi?»

Nuriddin Nizomiddin: «Menam 3 kundan beri shuni o‘ylayapman. Uxlasam ham miyamni tovuq cho‘qiyapti!»

Bek Karimov: «Eplaganlar boqadi tovuqni, agar hamma boqsa yurt tuxumlar mamlakatiga aylanadi».

Bakhtier Shakhnazarov: «Qo‘shniga sotish degan gapni sal boshqacharoq tushuning. Aslida «tuxumni tovuq boqmaganlarga sotasiz» demoqchi…»

Jakhongir Baykhurazov: «Sizlar tuxum bosib turilar, Bizlar chetdan turib milliard-milliard dollarni o‘g‘irlab bosib o‘tiramiz…» 🙂.

Yodgor Obid: «Maddohlar tovuq va tuxumga madhiya yozsinlar!»

Javlon Abdullaev: «Prizdentimiz bu gaplari bilan uyqudagi ayrim insonlarga qanday yashashni oddiy yo‘lini tushuntirgan bo‘lsa kerak. Hamma o‘zini qo‘lidan keladigan ishni qilgani yaxshi menimcha»

Yusuf Rahmonov: «Tovuq boquvchi tuxumni davlatga topshiradi va davlatdan qarzdor bo‘lib qoladi, chunki ozuqani davlatdan qarzga olgan-da».

Xayrullo Fayz: «Ahmadboyga berasiz tuxumlarni, tamom!»

Biglio Biglion: «Borib-borib tuxum milliy valyutaga aylanadi. Masalan magazinda shuba, atiga 1500 tuxum turadi, marhamat».

Dilshod Ruzi: «Hech kim namyokni tushunmayapti!!! Bu degani kukuruza ekinglar degani. Tovuk bokish ortidan kukuruza maydonlariyam ko‘payadi. Tovuk shuni yeydi. :)))»

Rashid Xabibullo: «Bu ham bir xalq tupikka tiqish, menimcha…»

Saydullah Persay: «Yurtboshi askiyani boshlaganga o‘xshaydiku…»

Furqat Yuldashev: «Tovuq boqsak gaz berisharmikan?»

Valeriy Gavrichkov: «O‘zbekiston issiq, tuyaqush ko‘paytirish mumkin. Tuyaqush bitta tuxum qo‘ysa o‘nta odamga yetib ortadi”

Ilxom Abdullaev: «O‘zligini yo‘qotgan o‘zbegim, tovuqqa qoldi kunim»

Rassom Bek
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
14 december 2017
14 dekabr kuni taniqli fotorassom Umida Ahmedova o‘zining feysbuk sahifasida buzilayotgan Kinochilar uyi harobalarini suratga olishga borgani haqida yozdi: ...
26 december 2019
«Erk» demokratik partiyasi lideri Muhammad Solih “Begona” filmining 10-qismida 1991 yilning avgustida sodir bo‘lgan voqealar, GKChP va uning Karimov ...
3 december 2023
Davlat Xavfsizlik Xizmati xodimlari Toshkent shahar IIV uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi xodimlarini hibsga olganlar. Eltuz insayderiga ko‘ra, 1 ...
29 march 2019
Bizni yemirguvchi illatlar haqida gapirsam. Bu kalimani yuz yil oldin Mahmudxo‘ja Behbudiy aytgan edi. Mavzuga kirishdan oldin avvalgi safar ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...