Catira
1 march 2017

Zanjirband Akbar – Toshkentdan qo‘rqar

O‘tgan hafta Kiev sudi Islom Karimovning bevasi Tat'yana Karimovaning jiyani Akbarali Abdullaevni O‘zbekiston Bosh prokuraturasining ekstraditsiya talabi bilan bir yilgacha qamoqda saqlash haqida qaror chiqardi.

33 yashar Akbarali Abdullaev O‘zbekistonda jami 400 million dollarga yaqin mablag‘ni noqonuniy o‘zlashtirishda ayblanmoqda.

Akbarali Abdullaevning o‘zi, ayni ayblovlar bilan O‘zbekistonda allaqachon jazolanib, ikki yarim yil qamoqda o‘tirib chiqqanini aytdi.

U O‘zbekistonga ekstraditsiya qilsalar, xavfsizlik kuchlari uni qiynoqqa solib, o‘ldirishlari muqarrarligini aytdi.

Akbarali Abdullaev, 2014 yil qamoqqa olingunga qadar, O‘zbekistonda ko‘plab yirik shirkatlarga egalik qilardi.

2014 yili u yuzlab million dollar pulni o‘zlashtirishda ayblanib, 15 yilga qamalgan edi.

Oradan ikki yil o‘tar-o‘tmas uch marta amnistiyaga tushgan Abdullaev ozodlikka chiqarildi.

Biroq, 2 sentyabrda, Islom Karimov vafot etishidan ko‘p o‘tmay, O‘zbekistonni tark etdi.

15 noyabrda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi ayni ayblovlar bilan Akbar Abdullaevga qarshi yangi jinoiy ish ochdi va Interpol orqali qidiruvga berdi.

14 yanvarda Kiev aeroportiga xususiy samolyotda qo‘ngan Abdullaev hisbga olindi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 march 2018
O‘zbekistonda MXX (Milliy xavfsizlik xizmati) DXX (Davlat xavfsizlik xizmati)ga aylandi. Ayni paytda idoraning asosiy vazifalari printsipal tarzda o‘zgargani yo‘q. ...
23 june 2017
Shu oyda Turk davlat banki Ziraat bankasi Toshkentda o‘z filialini ochishi kutilmoqda. Bu haqda 20 iyun kuni O‘zbekiston Bosh ...
27 july 2018
2003 yilning iyuli. Zona boshliqlariga dunyoning hamma joyidan Muhammad Bekjon nomiga xatlar kelayotgani yoqmaydi. Ular vaziyatga qarab ish ko‘rishga ...
24 february 2021
Islomda ko‘p cheklovlar mavjud bo‘lsa-da, jinsiy mavzu doim e'tiborda. Xotin-qizlarga seksual ob'ekt sifatida qaralishi islom dinining ustunlaridan biri, desak ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...