Catira
17 march 2017

Cho‘kayotgan so‘mni qanday qutqaramiz?

Mart oyi boshidan qora bozordagi dollar narxining 7500-7700 so‘mgacha ko‘tarilishini o‘zbekistonliklar vahima bilan kuzatishdi.

So‘mning cho‘kish sababini ayrimlar, 10 minglik banknotlarning muomalaga kiritilgani, ayrimlar esa Markaziy bank tomonidan belgilanadigan rasmiy kursning keskin oshirilgani bilan bog‘lashmoqda.

Boshqalar esa valyutani chetga olib chiqib ketayotgan tujjorlarni ayblamoqda.

Aksariyat iste'mol mollari O‘zbekistondan tashqarida ishlab chiqarilishidan kelib chiqib, dollar qimmatlashi ortidan mollar narxi ham ko‘tarildi.

Ko‘plab iqtisodchilarning fikricha, hukumatning erkin konvertatsiya va erkin bozor tizimiga yo‘l bermayotgani kundan kunga oshayotgan inflyatsiyaning asosiy sababidir.

O‘zbekiston valyutaning uch xil kursi mavjud postsovet hududidagi yagona davlat bo‘lib qolmoqda.

Qachon milliy valyuta kursini bozor realligidan kelib chiqib hisoblash yuzasidan hukumatning aniq rejasi hanuz ma'lum emas.

Ayni o‘zbek so‘mining cho‘kishini kuzatayotganlar rassom Tuzning bugungi rasmi personajlariga aylanishdi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 december 2025
O‘rxon Nodiy Oqtoshning ko‘zlari chaqnardi: – Menga qara, — dedi u Axmadga, — bu fikr mendan chiqdi deb maqtanma. ...
11 may 2017
Notarial idoralarning yulg‘ichliklari  haqida maqola chop etgan “Jamiyat” gazetasiga Adliya vazirligi dag‘dag‘a ohangi yuqori bo‘lgan javobni yo‘lladi. 2017 yilning ...
8 april 2019
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri sudining yopiq majlisida o‘tgan asrning 90-yillarda Shuhrat Dombrabadskiy nomi bilan tanilgan 62 yashar avtoritet ...
31 july 2019
1 avgust kuni O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun test imtihonlari boshlanadi. Bu hashaki shpargalkalar davri tugab, ular o‘rniga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...