Catira
5 april 2017

O‘z hamkasbini himoya qilgan o‘qituvchi mahkamaga tortildi

O‘quvchilarning jinsiy tegajog‘ligidan hamkasbini himoya qilgan Toshkent shahar Olmazor tuman 315-umumta'lim maktabining ingliz tili o‘qituvchisi 60 yashar Gulbo‘ston Nizomiddinova va uning jiyani 27 yashar Dildora Azimova mayda bezorilikda ayblanib mahkamaga berildi.

Olmazor tuman IIB 315 maktab o‘quvchisi Abdurahmon Mahmudovning ota onasi bergan shikoyat arizasini ko‘rib chiqib voqeani O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi bilan malakalab ishni sudga oshirgan.

Jinsiy tegajog‘likka chek qo‘ymoqchi edi

15 mart kuni Toshkentdagi 315-o‘rta maktabning ingliz tili o‘qituvchisi Sevara Chinalieva katta tanaffus paytida 9-sinf o‘quvchisi tarafidan jinsiy tegajoqlikka uchragan.

Sevara zinadan pastga tushib kelaëtgan paytda maktabining 9-sinf o‘quvchilari Abdurahmon Mahmudov va Ilhomxo‘ja Abrorovlar uni o‘rab olib sonini silashgan.

Abduraxmon Mahmudov qo‘l telefonidagi porno suratni o‘qituvchiga ko‘rsatib tirjaygan.

O‘spirinlardan biri muallimaning qo‘lini qayirib, badanini g‘ijimlagan.

Chinalieva esa yig‘lab, o‘z hamkasbi tajribali o‘qituvchi Gulbo‘ston Nizomiddinovani ërdamga chaqirgan.

Nizomitdinova kanadek ëpishgan bolalarni ajratib olgan.

Zo‘ravon o‘quvchilardan biri Gulbo‘ston Nizomiddinovani qo‘liga shikast yetkazgan.

Ana shundan keyin Nizomiddinova o‘z singlisi 54 yashar Gulbahor Azimovani ërdamga chaqirgan.

Voqea ustiga Gulbahor Azimovaning qizi Dildora Azimova yetib kelgan va jaxli chiqib o‘z xolasi va onasini bezorilardan himoya qilgan. Bolalarni quvib solgan.

Voqeaning ayni shu joyi videoga olinib, ijtimoiy tarmoqqa qo‘yildi.

Tegajoq bola militsiya ro‘yxatida turgan

Eltuz muxbiriga ma'lum bo‘lishicha, o‘z o‘qituvchisini sudga bergan 9 sinf o‘quvchisi Abdurahmon Mahmudov Olmazor tuman IIB voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘liminning tarbiyasi og‘ir bolalar ro‘yxatida turgan.

Mahmudov o‘z otasi badavlat ekanini ro‘kach qilib maktabda “o‘zi xon ko‘lankasi maydon” bo‘lib “nom chiqargan”

Abduraxmon Mahmudov Xitoy Xalq respublikasida tug‘ilgan ingliz tili bo‘yicha 60 yashar muallima Gulbo‘ston Nizomiddinovani va boshqa viloyatdan kelgan o‘qituvchilarni “kelgindi” ma'nosini beradigan so‘zlar bilan haqoratlab kelgan.

Voqea ertasiga Mahmudovning onasi kelib “Ingliz tili o‘qituvchisini bo‘shattirmasang erimni SNBdagi tanishlarini ishga solib hammangizni yo‘q qilaman” deb talab qo‘ygan.

Shundan keyin Nizomiddinova maktab ma'muriyati talabi bilan ishdan bo‘shash haqida ariza ëzdi.

Ta'lim boshqarmasidan Eltuzga ma'lum qilishlaricha, 1 apreldan e'tiboran Gulbo‘ston Nizomiddinova bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Tajribali o‘qituvchi Nizomiddinova va ësh o‘qituvchi Chinalievani himoya qilgan maktab direktori direktori Barno Shoqurbonova Toshkent shahar xalq ta'limi boshqarmasi mulozimlari tarafidan tazyiqqa olinib tushuntirish hati ëzdirilgan.

O‘qituvchiga jinsiy tegajog‘lik qilgan 9 sinf o‘quvchilari Abdurahmon Mahmudov va Ilhomxo‘ja Abrorovlar “Ingliz tili o‘qituvchisini o‘zi zinadan tushaëtib¸ bizga urilib ketdi” deya ko‘rsatma berishgan.

Eltuz muxbiriga yana ma'lum bo‘lishicha, Abdurahmon Mahmudov Olmazor tuman IIB siga guvoh sifatida chaqirilgan o‘quvchilarga “taraf olish uchun” 5 ming so‘mdan pul tarqatgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 june 2016
15 iyundan 25 iyungacha, Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston va Turkmanistondan O‘zbekistonga odamlar, yuklar va transport vositalarining o‘tishi to‘xtatiladi. O‘sh viloyatining ...
19 march 2019
Mayli, boshlab qo‘ydim endi, men ham xaypni davom ettiray. Qozoqlarda urug‘chilik tizimi bugungi kunga qadar yaxshi saqlanib qolgan. Urug‘ ...
8 february 2021
O‘zbekiston birinchi prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovani “O‘zbek malikasi” deb atashardi. U estrada xonandasi, moda va zargarlik buyumlari bo‘yicha ...
1 may 2015
Bugun olamdan o‘tgan Ro‘zi Nazar aka biz kabi temir parda ortida yashagan turkistonliklarga ta'sir o‘tkazgan yalovbardor edi. U kishi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...