Catira
31 may 2017

Usmonov «Qadimiy Buxoro»ga bahaybat fil kabi kirib keladimi?

19 may kuni prezident Mirziyoev Buxoroda erkin sayyohlik zonasini yaratish qarorini tasdiqladi.

2980-sonli qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Milliy banki mas'ul bo‘lgan ushbu loyihaga ketadigan sarmoyaning bir qismini Alisher Usmonov kiritadi.

«Qadimiy Buxoro» erkin sayyohlik zonasi kamida 10 gektar maydonda tashkil etiladi.

Buxoro markazida yashaydigan rassomning Eltuzga aytishicha, «Qadimiy Buxoro» erkin sayyohlik zonasi 96 xonadonning buzilishi evaziga bunëd bo‘ladi.

«Uyi buziladiganlar hokimiyatdan bildirgi olishgan. Ularga shahar chekkasidagi Islom Karimov ko‘chasidan uy beriladi, degan gaplar bor. Lekin odamlar norozi, ota-bobosidan qolgan imoratlar buziladigan bo‘ldi», deydi rassom.

YuNYeSKO ro‘yhatiga kirgan, yil sayin nurab borayotgan qadimiy Buxoroning bir qismini Rossiyalik o‘zbek milliarderiga topshirishni ko‘zlagan hukumat qarorida qadimiy obidalar restavratsiyasi haqida ham bir og‘iz gap aytilmagan.

Eltuz nashri oldin yozganidek, oxirgi marta 2000 yili xo‘jako‘rsinga ta'mir qilingan Buxoro obidalari bugungi kunda tag‘in qarovsiz va nochor ahvolda qolmoqda.

Jumladan 16 asr «Chor Bakr» obidasi tag‘in vayrona holiga kelgan.

«Qadimiy binolarning ënida zamonaviy turizm-majmuasi qurilishi shaharning qadimiyligiga putur yetkazadi degan havotirdamiz», deydi buxorolik rassom.

Soliqlardan ozod etilgan erkin sayyohlik zonasiga milliarder Usmonovning kelib ish boshlashi, Rassom Tuz nazdida, «O‘z nafsini ko‘zlagan bahaybat fil tashrifi»ni eslatadi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 august 2018
Tushishim bilan «Nimaga imillaysan hayvon, kurortga keldingmi!?» deb yelkamga, belimga besh-olti marta rezina to‘qmoq bilan ayamasdan urishadi, «delo» bo‘yicha ...
18 march 2021
Bahor keldi. Sirdarëdagi o‘riklar oppoq bo‘lib gulladi. Giëhlar tabiatning so‘z erkinligi kabi ko‘kka o‘rladi. Bahordagi qayta tirilish tabiatga xos ...
18 january 2019
O‘zbek matbuoti Buxoro viloyatining Olot tumani hokimi Sherali Salomov yig‘ilishda fermer Orif Durmatovni kaltaklagani va shu yilning 9 yanvarida ...
15 november 2017
«Karimov davrida deyarli ishsiz qolgan o‘zbek haykaltaroshlarining qo‘li-qo‘liga tegmayapti», deydi Urganchdan kelib Toshkentda ishlayotgan haykaltarosh «Eltuz» muxbiriga. Uning aytishicha, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...