Catira
29 june 2017

Tog‘orasi teshik o‘zbek sudyasi

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Sudya och ekan, prokuror to‘q ekan. Sudyaning alvasti kabi xotini, yiqilay deb turgan kulbasi bor ekan. Tog‘orasi teshikligidan kir-chir kiyimda yurar ekan.

Ochlikdan sillasi qurigan o‘zbek sudyasi baliq tutib yeyishga qaror qilibdi. Ënidagi darëga qarmoq tashlasa baliq ilinibdi. Jo‘n baliqmas, Mirziëev degan baliq.

«Tila tilagingni!», debdi baliq shaklidagi Mirziëev. Sudyaning alvasti xotini “tog‘ora so‘rang” debdi. Baliq tarzidagi Mirziëev bo‘lsa “Senga kvartira bera qolay” debdi.

“Pora olish imkonini bersangiz bo‘ldi, o‘zim ro‘zg‘orimni butun qilib olaman” degan ekan sudya, baliq qiëfasidagi Mirziëevning jahli chiqib, «Ertaga videselektorda aytaman javobini» debdi.

PS: Prezident Mirziyoev cud va prokuratura xodimlarini imtiyozli uy-joylar bilan ta'minlashni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Vazirlar Mahkamasining 9 iyun qaroriga ko‘ra endilikda ipoteka kreditlari sud va prokuratura organlari xodimlariga 3 yillik imtiyozli davr bilan beriladi va mazkur davr mobaynida kreditlar bo‘yicha faqat foizlar to‘lanadi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 may 2016
O‘zbekistondagi ayni tendentsiyani bugun Eltuz.com nashri rassom Tuz qalamiga mansub navbatdagi kariakatura orqali aks ettiradi. Gazetada ismi oshkor etilmagan ...
7 february 2017
Shu kunlarda hokimlar, prezidentning viloyatga qachon kelishi xaqida fol ochishmoqda. Mirziyoevning istagan vaqt, istagan hududni borib ko‘rish xohishi, viloyat ...
23 october 2023
Rossiya. Petrburg. 17 oktyabrga o‘tar kechasi Dostoevskiy ko‘chasidagi “Kattaqo‘rg‘on” kafesi yaqinida 11 nafar o‘zbek bir birini tepkilab ëtibdi. Bittasi ...
22 september 2021
Ertalab bolani maktabga qoldirib, piyoda ishga kelaman. Quloqda Sher akaning “Avvalg‘ilarg‘a o‘xshamas” qo‘shig‘ini qo‘yib olib… Charx avzoyi bu dam ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...