Catira
24 july 2017

Konservatoriyada g‘avg‘o ko‘targan «dizayner aktrisa» izza qilindi

Shou-Biznesda chiqargan nomini pesh qilib O‘zbekiston Davlat Konsertvatoriyasiga o‘qishga kirmoqchi bo‘lib ayni dargoh professori, taniqli bastakor Dilorom Omonullaeva oldiga kirgan va ishi bitmagach, uni haqorat qilgan “aktrisa” Shahzoda Muhammedova mojarosi ikki hafta davomida dolzarb bo‘ldi.
 
Bu mojaro asnosida “Oldin shou-biznesda nom chiqarib, unvon sotib olib keyin shu unvonni tank qilib oliygohga kirish” praktikasi yuzaga chiqdi. Ma'lum bo‘lishicha, shu yo‘l bilan kamida ikki “yulduz”, maxsus bilimga ega bo‘lmasdan konservatoriyaga imtixonsiz kirgan.
 
«O‘zbekkontsert» tashkilotidagilarning gaplariga ko‘ra, bugun O‘zbekistonda rasmiy litsenziyaga ega bo‘lgan 3 ming nafardan ortiq qo‘shiqchi bor.
 
“Darahtni tepsang, qo‘shiqchi yog‘iladi” degan gap urf bo‘lganiyam rost. Qo‘shiqchilar armiyasi safiga qo‘shilishni istaganlarning son sanog‘i yo‘q. Ular sahnaga chiqish uchun har qanday ishga xozirlar.
 
“Iste'dod pulga sotilmaydi, to‘g‘ri. Lekin, “okaxonlarim” bor ekan, men albatta xalq artisti bo‘laman!” deydi ularning aksariyati.
 
Rassom Elsevar chizgan rasmni ko‘rib, «Mahallada duv-duv gap» filmidagi Oyposhsha xolaning bitta zo‘r gapi haëlimdan o‘tdi. «Agar konservatoriyada konserva qilinadigan bo‘lsa, qizingiz Sayyoraxon konservatoriyaga kirish uchun konserva zavodida tayyorgarlik ko‘rayapti!» deydi u.

Ulug‘bek Ashur
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 february 2024
Ismingiz shu'lasidan qamashar ko‘zim qarayman har bir harf irodasiga o‘zimga chap berib yura boshlayman eng go‘zal alfavit qorachig‘imda. MS: Og‘a ...
21 may 2018
«Eltuz»ning Andijon shahridan olgan ma'lumotlariga ko‘ra, viloyatda institutlar soni bittaga kamaydi. 4 ta oliy ta'lim dargohidan biri – Andijon ...
16 march 2017
So‘nggi vaqtlarda mamlakatda korruptsiya mavzusi faol muhokama etilayotganiga ishora qilgan Kun.uz sayti Kommersant.uz internet nashriga asoslangan holda iqtisodchi ekspert ...
27 march 2019
Ilk bor fazoni zabt etgan sovet kosmonavti Yuriy Gagarin va Seryoginning UTI MiG-15 uchog‘i, rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, 1968 yilning ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...