Catira
1 august 2017

Gulnora Karimovaning eng sodiq amaldori ham undan voz kechdi

O‘tgan yili o‘lgan Islom Karimovning qizi Gulnora Karimova bilan yelkama-elka FondForum tashkiloti tadbirlarida faol ishtirok etgan amaldorlardan biri 54 yashar Firdavs Abduxoliqov Karimova honimni fosh qiluvchi maqolani e'lon qildi.

Gulnora Karimovaning eng sodiq amaldori sifatida bilingan 54 yashar Abduxoliqov O‘zbekiston prokuraturasining Gulnora Karimovaga qarshi ochilgan jinoiy ishlar haqidagi habarnomasidan keyin undan voz kechgani diqqatga sazovordir.

Gulnora Karimovaning asosiy “media-haybarakallachisi” iqrori ortida nima muddao borligini faqat taxmin qilish mumkin.

Har holda Gulnora Karimova ortidan panjara ortiga tushmaslik, “Darakchi”, “STV” va “So‘g‘diëna” kabi nashrlar, Yevropadagi restoranlar dohil sarmoyalarni qanday qilib bo‘lsa ham saqlab qolish kabi “biznes-instinkt” bilan uning bu “sadoqatini” tushunish mumkin.

Abduxoliqov kim?

O‘rtada Gulnora Karimova va Firdavs Abduxoliqov, Podrobno.uz

Abduxoliqov 1992 yilda Rossiyaning TV-6 kanalini Samarqand viloyatiga retranslyatsiya qilish bilan shug‘ullanib, o‘ziga o‘zi “TV korchalon” degan ism qo‘ydi.

U ochgan STVning mustaqil matbuotga aloqasi bo‘lmasa ham AQShning taraqqiët dasturi (USAID) doirasida “mustaqil jurnalist” maqomida AQSh telekanallarida tajriba almashishga yuborildi. Shuningdek, bu korchalon AQSh grantlari asosida ishlagan va 2005 yilda mamlakatdan haydalgan Internyus tashkiloti tarafidan muttasil parvarish qilindi.

Yana AQSh grantlari asosida tashkil qilingan O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasini mavjud repressiya rejimiga hizmat qiladigan tizimga aylantirgan ham Abduxoliqov bo‘ladi.

Xalqaro radiolar, mustaqil jurnalistlarga qarshi bo‘xton ko‘rsatuvlar 2004 yildan beri Abduxoliqov boshqaruvidagi, mamlakatning 60dan ortiq axborot vositasini birlashtirgan O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tarafidan tarqatib kelindi.

Keyingi paytda Firdavs Abduxoliqov YuNYeSKO tashkilotining O‘zbekistondagi idorasi rahbari Lola Karimova Tillaeva tadbirlarida ko‘rina boshladi.

Rassom tuz bu holatni «sen bo‘lmasang Sanamjon» qabilida hajv qildi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
22 may 2023
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich «o‘z atrofiga qarindosh urug‘ini yig‘ib, kamida bir ...
2 september 2021
Prezident Mirziyoev 2 sentyabr kuni Islom Karimovni xotirlab, uning haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Shu kuni mamlakat Oliy Majlisi Senati, ...
4 march 2019
Ha, yana yozamiz, yozaveramiz. Toki bu mukofot o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadni ado etmaguncha, ya'ni yosh qizlarning kelajakka motivatsiyasini oshirishga ...
23 february 2021
O‘tgan hafta oxirida Toshkentdagi jinoyat doiralarida “Qora” va “Graf” laqablari bilan tanilgan yirik tadbirkor G‘afur Rahimovning jiyani Ravshan Muhiddinovning ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...