Catira
20 october 2017

Shavkat Mirziyoev do‘xtirlarga yana «qizil karta» ko‘rsatdi

18 oktyabr kungi sog‘liqni saqlash tizimiga bag‘ishlangan selektor yig‘ilishida prezident Mirziyoev tibbiyot xodimlarini tag‘in jiddiy tanqid qildi.

President.uz saytiga ko‘ra, davlat maslahatchilari, Bosh vazir va tegishli vazirlik rahbarlari ishtirokidagi yig‘ilishda Mirziyoev shifokorlarni malakasizlik va mas'uliyatsizlikda ayblagan.

“Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatining hududlarda yetarli darajada emasligi oldimizda turgan dolzarb muammolardan biri”, dedi prezident selektor yig‘ilishida.

Bu keyingi 10 oy ichida prezident tomonidan uchinchi bor yig‘ilish o‘tkazilib, tibbiyot xodimlarining tanqid qilinishidir.

«Eltuz» nashri ilgari yoritganidek, Shavkat Mirziyoev sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan shu yilning 5 yanvarida uchrashgan edi.

O‘shanda u virtual qabulxonaga tibbiyot sohasiga oid 7 mingta shikoyat kelib tushganini aytgandi.

7 fevral kuni esa u tug‘ruqxona xodimlarini eng katta poraxo‘rlar deya atagandi.

Tibbiyot muassasalaridagi muammolarga bag‘ishlangan bu yig‘ilishda prezident sog‘liqni saqlash vazirini ham, uning o‘rinbosarlarini ham rosa «po‘stagini qoqqan» edi.

Prezidentning tibbiët xodimlarini tanqid qilganidan ruhlangan FB yuzerlari poraxo‘r doktorlarni otib tashlash kerak degan gaplarni ëzishgacha borishdi.

Rassom Tuz, bu safar prezident tomonidan har safar dakki berilayotgan shifokorlar yonini oladi.

«Nimaga prezident hamma illatlarning eng kattasini qilayotgan, siyosiy mahkumlarga solayotgan qiynoqlari, xususiy biznes kapitalini tortib olishi bilan dunyoga tanilgan MXX idorasidagilarni tanqid qilmaydi?» deydi u.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 december 2025
«Ukrainadagi saylovlar qachon va qaysi shaklda o‘tkazilishi masalasini Putin hal qilmaydi»
11 january 2021
Surxondaryoda hayvonot bog‘i xodimlari kiyik go‘shtini Yangi yil dasturxoniga tortmoqchi bo‘lishgani borasidagi ayblovlarni Termiz shahri prokuraturasi o‘rganmoqda.  Prokuratura “Eltuz” ...
27 september 2018
Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tergovchilaridan birining “Eltuz”ga ma'lum qilishicha, Pskentda jazoni o‘tayotgan 55 yashar Jur'at Meliqulovga hujum qilishga ...
20 september 2025
2025 yilning 20 sentyabrida taniqli shoir va siyosatchi, O‘zbekiston «Erk» Demokratik partiyasi lideri Muhammad Solihning ukasi Jumanazar Bekjon vafot ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...