Catira
15 november 2017

Mirziëev O‘zbekistoni saviyasiz haykallar poligoniga aylanmoqda

«Karimov davrida deyarli ishsiz qolgan o‘zbek haykaltaroshlarining qo‘li-qo‘liga tegmayapti», deydi Urganchdan kelib Toshkentda ishlayotgan haykaltarosh «Eltuz» muxbiriga. Uning aytishicha, shu kunlarda “ikki kommunist” – Karimov va Rashidovning haykal va byustlariga talab katta.

«To‘g‘risini aytsam, Karimov va Rashidovning Toshkent va Jizzaxda o‘rnatilgan haykallarini rassomlik institutining 3-kurs talabasi namoyishga qo‘ysa, o‘qituvchi urishib-urishib zo‘rg‘a 3 baho qo‘yib bergan bo‘lardi. Proportsiya, vizual estetika, monumental liniya kabi elementar qoidalarga rioya qilinmagan bu haykallarda», deydi haykaltarosh.

Londondagi Sharqshunoslik va Afrika tadqiqotlari markazining O‘zbekiston bo‘yicha tahlilchisi Alisher Ilhomov o‘zbek haykaltaroshlarining saviyasiz haykal yasash tezligidan hayratini izhor qiladi.

«O‘zbekiston o‘tmishdagi korruptsiyalashgan amaldorlar haykalini tiklash bo‘yicha rekord o‘rnatdi, bu mamlakat kelajagi ustiga chiziq tortish demakdir. Bu sobiq o‘g‘rilarning hozirgi o‘g‘ri hukumat tarafidan tashkil qilinaëtgan yubileylari xalq uchun tsunamidan ham battar baxtsiz hodisa bo‘lmoqda. Ijtimoiy infratuzilma butkul izdan chiqqan bu davrda o‘zbek aëllari tug‘may turgani ma'qulmi? Ko‘richak va infarkt kabi kasalliklarga chalinganlar narigi dunëda davo topsinmi? Xullas, oddiy odam, ya'ni sizning haëtingiz mavjud hukumat uchun bir tiyin», deb ëzadi o‘z sahifasida A.Ilhomov.

Rassom TUZ
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 may 2023
«Kel, haët ajdarxosiga yem bo‘lishdan oldin bir selfi qilaylik!» – Yarim million bola o‘qishni bitirdi. Ularni nima kutmoqda? Bu ...
10 april 2023
Salom qadrli muxlislar, bugun 10 aprel, e'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning  navbatdagi sonini taqdim etadi. +++ Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi ...
25 june 2018
O‘zbek fermerlari qog‘ozda mustaqil sub'ektlar hisoblanishsa-da, amalda butunlay hokimiyatga qaramdirlar. “Eltuz” Xorazm viloyatida bog‘dorchilik qilayotgan fermer bilan gaplashdi. Suhbatdan ...
27 june 2023
Turkistonda birinchi jadid matbuot organi – “Taraqqiy” gazetasi Toshkent shahrida Ismoil Obidov muharrirligida 1906 yil 27 iyundan e'tiboran chop ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...