Catira
25 november 2017

Andijon hokimi: «Qarzi bor o‘qituvchilarga oylik yo‘q!»

Andijon shahri hokimi Dilmurod Rahmatullaev 20 noyabr kuni ta'lim tizimi xodimlari bilan o‘tkazgan majlisida o‘qituvchilarga «oylik berishning yangi sharti»ni aytdi.

Hokim gaz, elektr suv, yer solig‘i va boshqa kommunal qarzlar to‘langani haqida ma'lumotnoma keltirmaganlarga oylik berilmasligini bildirdi, dedi majlis qatnashchilaridan biri «Eltuz» muxbiriga.

Majlisda, jumladan, shaharning Bog‘ishamol dahasida joylashgan 28 maktab o‘qituvchilari ishtirok etgan.

Andijon shahri hokimi Rahmatullaev 16 oktyabr kuni o‘qituvchilardan paxta terimida qatnashishni talab qilib, ularni «hayvon», «shoqol», «eshshak», «gadoy», «padaringga la'nat» deya haqoratlagan edi.

Rassom Elsevar
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 june 2017
Andijonga safari payti «Oltinko‘l» tumanidagi fermer xo‘jaligidagi zotdor echkilarni ko‘rgan prezident Shavkat Mirziyoev har bir xonadonga ikkitadan echki tarqatishni ...
22 december 2025
Qo‘shko‘pir xoni vaziri a'zamlariga buyruq beryapti. Rasm Qo‘shko‘pir tuman hokimligining telegram kanalidan olindi.
19 july 2024
Mana it quvgan gadoydek xaftayam zuvv etdi, o‘tdi ketdi. Yana sizlarning qoshingizdaman. Suhbati du anda mazzaku, deydi Xayëm. Yuz ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...