Catira
22 january 2018

41 o‘zbek to‘nglab qolgan avtobusdan qutqarildi

52 kishining haëtiga nuqta qo‘ygan avtobusdagi ëng‘indan 4 kun o‘tib o‘zbekistonlik muhojirlar yana qozoq dashtlarida muammoga duch keldi. 41 o‘zbekistonlik Qozog‘istonda muzlab qolgan avtobusdan qutqarildi. Tengrinyus xabar agentligiga ko‘ra¸ 22 yanvarga o‘tar kechasi Petropavlovsk – Sariog‘och yo‘nalishida ketayotgan va ichida O‘zbekistonning 41 vatandoshi bo‘lgan avtobus ënilg‘i tizimi muzlagani oqibatida yo‘lda to‘xtab qolgan.

Xabarda aytilishicha¸ kulfatda qolgan o‘zbek yo‘lovchilar politsiya va qutqaruv xizmati tarafidan qutqarilgan.

O‘zbekistondagi nochor haët va ishsizlik bois yo‘lga chiqib sovuqda qolgan 41 nafar o‘zbek Bo‘zayg‘ir qishlog‘idagi maktabga joylashtirilgan.

Qozoq dashtlarida o‘zbeklar tushgan avtobuslar bilan bog‘liq noxush voqealar uchrab turadi. Ulardan eng dahshatlisi 18 yanvar kuni Oqto‘ba viloyatida ro‘y bergan edi. Avtobus ichidagi ëng‘inda 52 o‘zbekistonlik kuyib kulga aylangandi.

Avtobusda ënib o‘lganlar voqeasidan hulosa chiqarmagan vatandoshlarning yana eski avtobuslar bilan Rossiyaga ketishini rassom KIRPI bizga yo‘llagan karikaturasida tasvirladi. Kirpi chizgan rasmdagi yigit ota-onasining qarshiligiga qaramay, “Baribir Rossiyaga ketaman, bu qashshoqlikda yashaganimdan ko‘ra avtobusda ënib ketganim afzal”, deb baqirmoqda.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 november 2022
Xorazmda masjid qurilishiga oid e'lonlardan kelib tushgan 40 million so‘mni “tuya qilgan” imom-xatibga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Andijonda esa Umraga ...
6 september 2018
Yosh ayol bilan intim videosi internetda tarqalgan 61 yashar xorazmlik mulla Abduhamid Otajonov urganchlik to‘rt nafar militsiya xodimi uyiga ...
19 december 2016
Taniqli xonanda Ozoda Nursaidova 17 dekabr kuni o‘zining instagramm sahifasida Shavkat Mirziyoevdan kechirim so‘rashi haqida yozdi va saylovda unga ...
22 june 2017
Talaba o‘limiga sabab bo‘lgan janjal ortidan Toshkentdagi Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji yopiladigan bo‘ldi. Ayni paytda O‘zbekistonda 11 sinflik maktab ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...