Catira
29 january 2018

Korruptsiyada ayblangan mulozimlarning “oqlanishi”dan kimga foyda?

Toshkent shahri markazidagi modern me'morchilik namunasi bo‘lgan Kinochilar uyi va boshqa binolarning buzilishi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, Arxitektura-qurilish nazorati davlat inspektsiyasi boshlig‘i Kozim To‘laganov “tashabbusi” sifatida ko‘rilmoqda.

Karimov davrida korruptsiyada ayblangan bu shaxs Mirziëev iqtidori davrida “oqlanib”, yuqori lavozimga tayinlangan edi.

2006 yilda Kozim To‘laganov Toshkent shahri sudi tomonidan iqtisodiy jinoyatlarda ayblanib, 1 yillik sinov muddati bilan 20 yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilingandi.

Sud Kozim To‘laganovga davlatga 1 million 300 ming dollar miqdorida keltirilgan ziyonni to‘lash majburiyatini ham yuklagan.

Bosh vazir Abdulla Aripov ham Shvetsiyada boshlangan korruptsiya mojarosi figurantlaridan biridir

Mirziëevning boshqaruv tizimida ismi korruptsion janjallarda figurant bo‘lgan shaxslar ko‘pligi kuzatiladi.

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 2012 yilda telekommunikatsiya sohasidagi korruptsiya janjali ortidan ishdan quvilgan edi.

O‘zbekiston marhum prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaning chet el shirkatlaridan mamlakat telekommunikatsiya bozoriga kirish uchun pora olgani bilan bog‘liq janjal ham o‘sha paytda kommunikatsiya sohasini nazorat qilgan mulozim Aripov ismi bilan bog‘lanadi.

Shvetsiya prokuraturasi apellyatsiya sudiga taqdim qilgan TeliaSonera mas'ul xodimlarining o‘zaro yozishmalarida ular O‘zbekistonda biznes boshlashdan avval Gulnora Karimova bilan aloqa o‘rnatishga uringaniga ishora bor.

O‘zbekistonning bugungi boshqaruv elitasiga Mirziyoev amri bilan “qaytarilgan” mulozimlardan biri Tohirjon Jalilovdir.

Karimov davrida urilib, Mirziyoev hukumatga kelgach, rahbarlik lavozimiga qaytgan Tohir Jalilov “O‘zbekoziqovqatxolding” shirkatiga rahbar etib tayinlandi. Jalilov “GM – Uzbekistan”ni boshqargan payti korruptsiyada ayblanib hibsga olingandi.

Keyinchalik unga qo‘yilgan ayblovlar bekor qilinib, “O‘zavtosanoat” boshqaruv kengashi raisining o‘rinbosari qilib tayinlandi.

O‘zbek avtomobil sanoatidagi korruptsion sxemalarni bank orqali amalga oshirganlikda ayblangan “Asakabank” aktsiyadorlik tijorat banki sobiq raisi, 49 yashar Qahramon Oripov o‘tgan yilning aprelida jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining apellyatsiya sudlov hay'ati qarori bilan sud zalidan ozod qilingan edi.

Rassom Dumham bu holatni o‘z karikaturasida “Shayton sudga kirib Rahmon bo‘ldi” degan mazmunda aks ettirdi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
28 september 2023
Bugungi mavzuimiz ko‘pchilik kutayotgan, bog‘chalarga tarqatilgan dori bois bolalarning zaharlanishi bilan bog‘liq muammolarga oid. Biroq voqeaning asosiy qahramonlaridan biri ...
2 february 2019
O‘n sakkiz yildan ortiq O‘zbekistonning Jasliq qamoqxonasida qolayotgan 44 yoshli siyosiy mahkum Iskandar Xudoyberganovning ahvoli o‘ta og‘irlashgan. Bu haqda ...
26 january 2022
EltuzTG January 26, 2022 25 yanvar kuni Toshkentning qoq markazida joylashgan “Ogni Tashkenta” restoranida o‘zbek mafiyasining eng ko‘zga ko‘ringan ...
15 april 2019
O‘tgan asrning 80-yillari so‘nggida mamlakatda erk va demokratiya uchun boshlangan jabhada ko‘plar qatori javlon urarkan, men uchun ham Bertold ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...