Catira
12 march 2018

O‘zbek-tojik chegarasining ochilishi Hojiboyning orzusi edi

Prezident Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga tashrifi ortidan ikki davlat o‘rtasidagi yopiq chegaralar ochildi va ikki mamlakat vatandoshlari uchun 30 kunlik vizasiz kirish-chiqish tartibini joriy etish haqidagi bitimga erishildi.

Rasmiy xabarlarga ko‘ra, shuningdek, ikki hukumat o‘rtasida 2019 yil oxirigacha chegaralarni minalardan tozalashga kelishilgan.

O‘tgan asrning 90-yillari oxiridan buyon o‘zbek hukumati Tojikistondagi vatandoshlar urushi bahona mamlakatlar o‘rtasidagi chegaralarni minalashtirib keladi.

Tojikiston matbuotiga ko‘ra, 1999 yildan buyon minalardan 76 nafar odam halok bo‘lgan. Minalardan O‘zbekiston vatandoshlari ham halok bo‘lgani aytiladi, biroq bu haqda rasmiy statistika hozirgacha ochiqlanmagan.

Ikki qo‘shni mamlakat o‘rtasidagi chegaralarning ochilishini rassom Kirpi mashhur o‘zbek qiziqchisi, Tojikistonning Leninobod viloyatida tug‘ilgan marhum Hojiboy Tojiboev orzusi tarzida aks ettiradi.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 february 2018
O‘zbekiston hukumati tashqi mehnat migratsiyasini tizimli bir shaklga solish yo‘lidagi navbatdagi qadamini tashladi. Xabarlarga ko‘ra, Rossiyaning bir necha federal ...
11 january 2016
Bugun 11 yanvar kuni prezident rezidentsiyasi oldida norozilik namoyishi o‘tkazishga chog‘langan Inson huquqlari alyansi lideri Yelena Urlaeva boshchiligidagi bir ...
8 august 2024
Sovet davrida KGB xodimlari bir muncha savodli bo‘lardi. Miltiqdan otish, turnikka osilish, o‘ngacha sanash va kamida bitta chet tilni ...
15 january 2026
Hayot siz uchun odatiy qulayliklar doirasi, komfort zonasini tark etganingizdan keyin boshlanadi.
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...