Catira
11 april 2018

DXX baënotidan so‘ng uch nafar diniy mulozim ishdan olindi

DXX raisi Ixtiyor Abdullaevning islomiy tahdid haqidagi bayonotidan so‘ng, mustaqil manbalarning «Eltuz»ga xabar berishicha, Musulmonlar idorasi kotibiyati bo‘limi mudiri Ulug‘bek Sultonov, bo‘lim xodimi Mubashshir Ahmad va Toshkent shahridagi Do‘mbirobod masjidi imom-xatibi Shermurod Tog‘ay bir kunda ishdan olingan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasiga yaqin shaxsning «Eltuz»ga bildirishicha, har uchala diniy ulamo «o‘z jamoalarida fitna chiqargani» uchun ishdan haydalishgan.

Shuningdek, «Eltuz» yuqoridagi shaxslar qalamiga mansub ayrim maqolalar ular ishdan haydalishi bilan diniy saytlar sahifasidan g‘oyib bo‘lganini aniqladi.

Masalan, Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) raisi Ixtiyor Abdullaevning O‘zbekistonga xavf solayotgan islomiy tahdid haqidagi nutqidan so‘ng Mubashshir Ahmadning «Men Ixtiyor Abdullaevga ishonaman!» sarlavhali maqolasi saytlardan sirli g‘oyib bo‘ldi.

Feysbuk tarmog‘ida faolligi bilan ajralib turgan, prezidentni ulug‘lagan, o‘zbek xonandalarini hayosizlikda ayblab qoralagan imom Shermurod Tog‘ayning ham so‘nggi voqealar yuzasidan izohlari kuzatilmayapti.

Imom Shermurod Tog‘ay hatto uning chiqishlarini tanqid qilib kelgan «Ozodlik» radiosi jurnalistlarini jasoratli deya maqtagan, shuningdek, 2 mart kuni ulamolarning fikr erkinligini cheklagan diniy idora rahbariyati iste'fosini talab qilgandi.

Shermurod Tog‘ay diniy ekctremistlarga og‘ir jazo berilishini oshkora talab qilgan imomlardan biridir.

«Biz fikr beramiz, fatvoni muftiy chiqaradi», degan edi Shermurod Tog‘ay o‘zining tarmoqdagi shaxsiy fikrlari haqida.

Uning feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi mashhur sahifasi 11 aprel kuni yuzerlar uchun yopiqligicha qoldi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 may 2021
Rassom Kirpi
6 january 2021
Londondagi Sharq va Afrika tadqiqotlari instituti tahlilchisi Alisher Ilhomov tashqi qarzlarning doimiy o‘sib borayotgani bois O‘zbekiston iqtisodiyoti ahvoli juda xavotirli ...
3 november 2016
Keyingi yillarda O‘zbekistonda paxta yig‘im-terimi davrida majburiy mehnat monitoringini amalga oshirib kelaeyotgan Xalqaro Mehnat tashkiloti (ILO) kuzatuvchilari muammolar ancha ...
8 november 2018
Bu yilgi paxta mavsumida Farg‘ona vodiysida ZAGSdan o‘tmoqchi bo‘lgan yosh kelin-kuyovlardan paxta terib berish talab qilinmoqda. Dang‘aralik yosh kelin-kuyovlardan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...