Catira
11 may 2018

«O‘zbekiston havo yo‘llari»ning egasi almashadi

O‘zbekistonning davlat monopolisti bo‘lgan «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasi xususiylashtiriladi. Bu haqda Xalqaro valyuta jamg‘armasi maslahatchisi Sardor Sa'dullaev 9 may kuni «Reyter» agentligiga intervyusida bildirdi.

«Bizda bitta monopol «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviashirkati bor, biroq biz sohani isloh qilish, davlat aviashirkatini daxlsiz shirkatlar ro‘yxatidan chiqarish borasida Jahon banki bilan hamkorlik qilyapmiz», dedi Sa'dullaev.

Aviashirkatning davlatga zarar keltirayotgani uchun ham xususiylashtirilayotgani iddao qilinmoqda.

«Misol uchun, bir yil oldin ochilgan Dushanbe-Toshkent reysidan O‘zbekiston faqat zarar ko‘rmoqda. Bu haqda kompaniyaning o‘zi xabar qildi. Har bir parvozdan kompaniya 5-8 million ziyon ko‘rmoqda ekan», dedi Bi-Bi-Si jurnalisti Ibrat Cafo 11 may kungi chiqishida «O‘zbekiston havo yo‘llari» xabaridan iqtibos keltirib.

Shuningdek, u «O‘zbekiston havo yo‘llari» moliyaviy hisobotlarini chop qilmasligi bois, uning iqtisodiy ma'lumotlarini bilish qiyinligini ham aytdi.

Kuzatuvchilar fikricha, yirik shirkatlarning xususiylashtirilishi, korruptsiyaga botgan O‘zbekistonda hukmron shaxslar daromadining jamiyatdan yopiqligi bois, yangi oligarxlarning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Rassom Tuz «O‘zbekiston havo yo‘llari»ni o‘zlashtirayotgan yangi o‘zbek boyi rasmini chizdi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
5 december 2019
Tojikiston prezidentining o‘g‘li Rustam Imomalining Dushanbe shahri hokimi sifatidagi ilk rasmiy tashrifi O‘zbekistonga to‘g‘ri keldi. Bu tashrif prezident Imomali ...
7 april 2016
Mart oyida shundoq ham o‘yin-kulgidan bo‘shamaydigan O‘zbekiston telekanallarining kuni tug‘di. Bu yog‘i 8 mart, bu yog‘i Navro‘z bilan bo‘lib, ...
20 august 2024
Rassom Tuz
17 march 2023
1991 yilning 17 martida Islom Karimov boshchiligidagi O‘zkompartiya SSSRni saqlash uchun 93,7 foiz ovoz tashkil qilib bergan edi. Referendumga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...