Catira
16 may 2018

Navbahor Imomova AQSh OAV tarixida O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan ilk jurnalist bo‘ldimi?

«Navbahor Imomova AQSh OAV tarixida ilk bor O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan jurnalist bo‘ldi», deb ëzmoqda O‘zbekiston rasmiy matbuoti.

“Amerika ovozi” jurnalisti Navbahor Imomova O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazilganligini tabriklagan holda «Eltuz» nashri 1992 yildan 2005 yilgacha «Amerika Ovozi» va «Ozodlik» radiosining yigirmadan ortiq jurnalisti mamlakatda akreditatsiyadan o‘tib ishlaganini ta'kidlaydi.

AQSh Kongressi moliyalaydigan «Ozodlik» muxbiri, hozirda marhum Tohir Umarov 1991 yili Islom Karimovning prezident maqomidagi ilk chet el safari bo‘lgan Turkiyaga tashrifini joyidan turib ëritganida Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan o‘tgan edi.

«O‘zbekiston TIVdan AQShga qarashli matbuotning eng uzoq akkreditatsiya olib ishlagan jurnalisti men edim. Mendan boshqa «Ozodlik» jurnalisti bir yildan ortiq akkreditatsiya olmagan. Men salkam besh yil akkreditatsiya bilan ishlaganman. Akkreditatsiya bilan ishlagan yillarim nafaqaga chiqishimda hujjat bo‘ldi», dedi «Ozodlik» radiosi sobiq jurnalistlaridan biri Rahmatjon Qo‘ldoshev.

Furqat Yakvalxo‘jaev¸ Azizullo Orol, Gulchehra Nurillaeva singari qator jurnalistlar ham o‘z davrida AQSh OAV vakili sifatida akkreditatsiya olib ishlashgan edi. Bundan tashqari, matbuotga ko‘maklashuvchi «Internyus» tarmog‘i jurnalistlaridan bo‘lgan Kris Gering akkreditatsiyadan o‘tgan ilk jurnalistlardan edi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 december 2025
(hajviya) Boylar “Kambag‘allik qursin, qachongacha tomi yo‘q moshinu, dunyoni boshqaradigan telefon ishlataman” deb noliyotgan zamonda, peshtaxtaga “haydovchi, oq yo‘l” ...
31 january 2018
O‘zbek muxolifati lideri, “Erk” demokratik partiyasi raisi Muhammad Solih “Eltuz” muxbiri bilan suhbatda MXX raisining lavozimidan ketishini “O‘zbek xalqi ...
25 october 2017
23 oktyabr kuni «Eltuz» nashrining mobil muxbiri jo‘natgan fotosuratda supurgi ko‘targan maktab formasidagi bir guruh maktab o‘quvchilarini ko‘rish mumkin. ...
23 october 2023
Rossiya. Petrburg. 17 oktyabrga o‘tar kechasi Dostoevskiy ko‘chasidagi “Kattaqo‘rg‘on” kafesi yaqinida 11 nafar o‘zbek bir birini tepkilab ëtibdi. Bittasi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...