Catira
15 october 2018

Majburiy mehnatni qoralagan rektor paxta terishga chiqdi

Ijtimoiy tarmoqda Jurnalistika universiteti rektori, Xalqaro press-klub raisi Sherzod Qudratxo‘jaevning paxta terayotgani aks etgan fotosuratlar paydo bo‘ldi.

Birinchi rasmda ikki talaba etagi to‘la paxta, Qudratxo‘jaevniki esa bo‘m-bo‘sh. Ikkinchi rasmda esa Qudratxo‘jaev etagidagi paxtani to‘kmoqda.

Ijtimoiy tarmoq blogerlari e'tiborini orqa plandagi chodir yonidagi hashamatli restoran stol-stullari tortdi.

Bundan roppa rosa bir yil burun, 2017 yilning oktyabrida Sherzod Qudratxo‘jaev paxta dalalarida o‘qituvchilar va talabalarni paxta terimiga chiqargan hokimlarni keskin tanqid qilgan:

“Bugungi kun O‘zbekistonning har qanday ko‘rinishdagi majburiy mehnat va bolalar mehnatiga qat'iy ravishda “Yo‘q!” degani hal qiluvchi o‘rin tutadi. O‘zbekiston inson huquqlariga rioya etadigan va uni hurmat qiladigan mamlakatlar qatoriga kirdi”, – degan edi.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 november 2017
1 noyabrdan boshlab poytaxt bozorlarida aholining birlamchi ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan ayrim turdagi mahsulotlarning eng yuqori narxlari o‘rnatildi. Toshkent ...
14 march 2020
Rassom Kirpi
18 may 2016
«Milliy tiklanish» gazetasi shu nomdagi partiya «yoshlarni yot g‘oyalar, buzg‘unchi kuchlar, mafkuraviy tahdidlardan avaylab-asrash»ga qaratilgan sa'y-harakatlarini tobora avj oldirayotgani ...
17 november 2016
«Hurriyat» gazetasida (16.11) «Talaba-jurnalistga maktublar» ruknida chop etilgan maqolada muallif bo‘lajak hamkasblariga «Jurnalistning tayanch nuqtasi»ni topib berishga urinadi. U ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...