Catira
12 february 2019

Toshkentning qadimiy qismini buzishib, beton uy qurib sotishmoqchi

Toshkentning Mirobod tumanida joylashgan Lolazor mahallasidagi tarixiy binolarning yiqilishi va ular o‘rnida ko‘p qavatli uylar qurilishi haqida uy egalariga 3 fevral kuni ma'lum qilindi.

Bu haqda maqola chop qilgan «Farg‘ona» axborot agentligiga ko‘ra, qurilish loyihasi prezidentning 5511-farmoni asosida «toshkentlik va Moskvadan kelgan» loyihalash shirkatlari tomonidan tayyorlangan.

Yana ham aniqrog‘i, qurilish faoliyati bilan shug‘ullanishga shu yildan (2019) izn berilgan, ilgari isitish uskunalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan Muhandis-konsalting shirkati bu ishlar bilan shug‘ullanmoqda.

Toshkent markazidagi buzilishi kutilayotgan uylar, maqola muallifiga ko‘ra, Nikolay podsho davrida – 1891-1917 yillarda qurilgan va Toshkent zilzilasi ham ta'sir qilmagan tarixiy binolardir.

Bundan avval Open Democracy tashkiloti jurnalistlari o‘z surishtiruvida Tashkent City, Akfa Dream World, Akfa Group loyihalari Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaevga tegishli ekanini ochiqlagan edi.

31 yanvar kuni shahar hokimi jurnalistlarga bergan matbuot anjumanida bu ma'lumotlarni qisman tasdiqlab,
«Bu (Akfa shirkati) mening 20 yillik kompaniyam, o‘zim yaratganman. Men hokim bo‘lganim bilan uni tashlab ketmayman», degan edi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 january 2026
AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiya va Yevropa bo‘yicha sobiq maslahatchisi Fiona Xillning so‘zlariga ko‘ra, hali 2019 yildayoq Rossiya rasmiylari ...
11 october 2025
Lipetsk viloyatida qo‘nish paytida MiG-31 — qiruvchi samolyoti ishkal topib quladi. Ekipaj o‘zini katapulta qilishga ulgurdi, ikkala yarador uchuvchi ...
17 april 2019
Rassom Kirpi Eltuz.com
31 may 2017
Jizzax shahrida o‘tgan “Barkamol avlod” sport musobaqasi gala kontsertida qatnasha olmagan xonanda Shahnoza Otaboeva litsenziyasidan mahrum qilindi. Xonanda bu ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...