UzPoster
8 january 2026

Rossiya Ukrainani Venesuelaga «almashishni» taklif qilgan

AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiya va Yevropa bo‘yicha sobiq maslahatchisi Fiona Xillning so‘zlariga ko‘ra, hali 2019 yildayoq Rossiya rasmiylari Vashingtonga norasmiy ravishda kelishuv taklif qilishgan: AQSh Venesuelada istagan ishini qiladi, Moskva esa Ukrainada «nima xohlasa shuni» amalga oshiradi. Bu haqda The Kyiv Independent nashri yozmoqda.

Xillning aytishicha, takliflar norasmiy xarakterda bo‘lgan: «Go‘yoki, sizda o‘z Monro doktrinangiz bor. Sizning «orqa hovlingizdan» chiqib ketishimizni xohlaysiz. Xo‘sh, bizda ham buning o‘z varianti bor. Siz Ukrainada, ya'ni bizning «orqa hovlimizda» turibsiz».

Xill xonim ushbu g‘oyani qat'iy rad etish va Ukraina savdolashish predmeti emasligini tushuntirish uchun Moskvaga maxsus yuborilganini ma'lum qildi.

Tag‘in o‘qing
3 september 2016
«Islom Abdug‘anievich 2016 yil 2 sentyabrda Toshkent shahrida bosh miyada qayta tiklanmaydigan o‘zgarishlarga va poliorgan yetishmovchiligiga olib kelgan miya ...
1 july 2020
Yomg‘irdan qutulib, do‘lga tutilishmi? O‘zbekiston paxta sektorini xususiylashtirish jarayonidagi xatarlar Power Briefs turkumining O‘zbekistondagi paxta sektorini xususiylashtirish jarayonida asosiy ...
8 june 2020
Runetda, uning ketidan esa o‘znetda AQShdagi voqealarning muhokamasi davom etmoqda. “Irqchi emasman, lekin do‘konlarni yoqishning qora tanlilar huquqlariga qanday ...
26 november 2025
Toshkent viloyatida huquq-tartibot idoralari xodimlari 30 dona sa'vani kiyim ostidan noqonuniy olib o‘tishga uringan odamni qo‘lga oldi. Ma'lumotlarga ko‘ra, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...