Catira
9 april 2019

Toshkent hokimining rus millatchilari tadbiriga izn bergani tarmoq tanqidiga uchradi

Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev poytaxt bo‘ylab 9 may kuni Rossiyaning «O‘lmas polki» yurishi o‘tkazilishiga 4 aprelda rasman ruxsat berdi.

Rus armiyasiga oshiq o‘zbek poytaxti hokimi toshkentliklarga urushda o‘lgan askarlar rasmini ko‘tarib, «Mangu olov» yonigacha yurib borishni taklif qildi.

O‘zbekistonda 9 mayni rus armiyasi an'analariga xos nishonlashga har yilgidan oshiqcha g‘ayrat ko‘rsatilmoqda. Shahar hokimining bayonotiga ko‘ra, bu yil 9 mayga atab sovet davridagi «Birodarlik qabristoni» yodgorlik majmuasi ham qayta ta'mirlanadi.

Ayni tadbir ijtimoiy tarmoqda «Bu bizdan emas» fleshmobi faollari tomonidan qoralanmoqda.

«Agar «G‘alaba kuni» Rossiyaning rasmiy kuni bo‘lsa, bu sanani istaganlar borib Rossiya elchixonasida yoki «Rossotrudichestvo» ofisida nishonlashsin», deya taklif qildi tarixchi Anvar Nazir. 

O‘zbekistonda bu tadbir prezident Mirziyoev iqtidorga kelganidan keyin, 2017 yildan buyon, ijtimoiy tarmoqdagi milliy mustaqillik tarafdorlari qarshiliklariga qaramay, o‘tkazib kelinmoqda.

2018 yili Rossiyaning 2-jahon urushiga bag‘ishlangan «O‘lmas polk» tadbiri ijtimoiy tarmoqdagi faollar qarshiligiga duch kelgan va ular «Bu bizdan emas!» fleshmobini boshlashgan edi.

Shundan so‘ng Toshkent shahri hokimligi «O‘lmas polk» yurishi o‘tkazilmaydi, degan xabar tarqatgan, lekin bu O‘zbekistonda rus militaristlari shiorlarining ko‘tarilishiga aslo monelik qilgani yo‘q.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 october 2015
Karimovning muxolifi bo‘lgan Muhammad Solihning mashhur satrlari bor, – “Ozodlik – hayollarning eng go‘zalidir, orzularning eng yuksagidir” degan. Men ...
18 january 2026
Inson huquqlari faoli Abdurahmon Tashanovning xabar berishicha, Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha uch nafar sudyasiga nisbatan protsessual tartibda ...
14 december 2025
12 dekabr kuni Rossiy harbiy kuchlari Qora dengiz akvatoriyasida Turkiyaning oziq ovqat mahsulotlari ortilgan kemasiga raketa bilan zarba berdi. ...
27 november 2017
Bosh prokuratura huzuridagi departament «Sharshara» savdo belgisi ostidagi kolbasalar eshak go‘shti qo‘shilgan holda savdoga chiqarilishining oldini olganini ma'lum qildi. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...