Catira
17 may 2019

Allamjonovning «sevimli bolalari»

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov 15 may kuni feysbuk sahifasida ayrim saytlardan to‘siqlar olingani iddaosi ortidan yana bir bayonot qoldirdi.

«O‘zbekiston — haqqoniy, xolis, xalqaro jurnalistik etika asosida ish olib boradigan har qanday xorijiy ommaviy axborot vositalariga ishlash uchun zarur sharoit yaratib, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi», deya yozdi, jumladan, Allamjonov o‘z bayonotida.

Bundan avval, 10 may kuni feysbuk sahifasida u shu paytgacha bloklangan ayrim mustaqil saytlaridan to‘siq olinganini e'lon qilgan edi.

Ammo «Eltuz» va «Ozodlik» sayti bu ro‘yxatda yo‘q.

Allamjonov o‘z bayonotida chet el matbuotini «tasdiqlanmagan va yolg‘on axborotlardan foydalanmaslik, shuningdek, asoslanmagan mish-mish va gumonlarni tarqatmaslikka» chaqirdi, saytlarning to‘silishini «texnik kamchilik»ka yo‘ydi.

Bu bilan hukumat mulozimi shu paytgacha mustaqil saytlar rasman to‘sib kelinganini e'tirof etdi. Ayni paytda aynan qaysi saytlardan to‘siq olib tashlanmagani ham ko‘zga chalinib qoldi.

“O‘zbekiston haqida eng muhim axborotlarni beruvchi «Ozodlik», «Eltuz.com» saytlari va O‘zbekiston-Germaniya inson huquqlari forumi saytlari bilan bog‘liq “texnik” muammolar hamon saqlanib qolmoqda», deya yozdi bu haqda tahlilchi Alisher Ilhomov.

«Shu yo‘sin jurnalistik jamoa ikkiga ajratildi. Agar omadlilar «omadi kelmaganlar» haqida yozmasa yoki «omadsizlar» ro‘yxatga kirishni istab tanqidni to‘xtatishsa, bu siyosat 100 foiz ish beradi”, deya yozdi Ilhomov.

Shu bilan birga, tahlilchi yuqoridagi farazni chetga surib, bu shartga ko‘nib ishlashdan naf yo‘qligi, shusiz ham o‘quvchilar kerakli nashrlarga VPN orqali bemalol kira olishlari mumkinligini pisanda qiladi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
30 july 2025
O‘ttiz yildan buyon muhojirotda yashab kelayotgan o‘zbekistonlik atoqli shoir va siyosatchi Muhammad Solih 20 dekabr kuni 75 yoshga to‘ldi. ...
27 march 2017
Farg‘ona viloyatida shoqollar to‘dasi uch kun ichida 22 ta qo‘yni bo‘g‘izlagani ortidan mahalliy hukumat 20 martdan boshlab ularni yo‘q ...
12 november 2025
Andijonda terimchi ayollar bir oydan buyon paxta pulini ololmayapti. Klasterning fermerlardan milliardlab qarzi borligi aytilmoqda. «Daryo» nashrining ma'lum qilishicha, ...
2 november 2023
Hukumatdagi Eltuz manbalarga ko‘ra, sobiq AKT vaziri Shuhrat Sodiqov Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri etib tayinlanishi kutilmoqda. Shuhrat ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...