Catira
9 september 2019

Mugabe o‘ldi, lekin uning O‘zbekistondagi qarsakbozlari hali amalda

Zimbabvening 37 yillik diktatori o‘lgani fonida O‘zbekiston parlamentining qariyb shu yoshlardagi deputati Akmal Umirzoqov mavjud nomenklaturadan tashqaridagi shaxslarning deputat bo‘lish istaklarini masxara qilib, hatto ularning ustidan haqoratomuz kulishgacha bordi.

Mazkur deputatning feysbukdagi posti hukumatning bo‘lajak parlament saylovi arafasidagi kayfiyatini ifodalashi ham hech gap emas.

Chunki parlamentning mustaqil bir hokimiyat tuzilmasi sifatida shakllanishi shartligini aytib kelayotgan prezident rahbarligidagi hukumatning bo‘lajak saylov arafasidagi sa'y-harakatlari (to‘g‘rirog‘i, saylovning ochiq-oshkora, demokratik asosda o‘tishini ta'minlashga qaratilgan harakatsizligi) aynan shunday xulosaga kelishga undaydi.

Zero, hukumat jamiyatning barcha qatlamlarini qanoatlantiruvchi saylov o‘tkazishga hozircha rag‘bat ko‘rsatayotgani yo‘q.

Nega mavzu boshida Zimbabve prezidentini eslatdik? Robert Mugabe xuddi o‘zining boqiy dunyodagi hammakoni Islom Karimov kabi uzoq yillik hukmronligi davrida parlamentni o‘yinchoq bir tuzilmaga aylantirib olgan edi.

Ammo u hokimiyatdan ketganidan so‘ng mazkur mamlakat parlamentida erkinlikka engan bir kayfiyat kuzatilmoqda.

O‘zbekistondagi vaziyat bilan parallel shuki, Zimbabvedagi kabi diktatorlik tuzumi hukm surgan O‘zbekistonda ham prezident almashdi, yoqimli o‘zgarishlarga umid paydo bo‘ldi.

Mamlakatda parlament erkinligi kayfiyati g‘uncha ochmoqda. Ammo g‘unchaning to‘kis ochilishiga yo‘l beradigan nishonadan darak yo‘q…

Yuqorida nomi tilga olingan deputatning gaplaridan u blogerlar va ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lgan shaxslarning deputat bo‘lish istaklaridan yozg‘irgani anglashiladi.

Shu asnoda avvalgi parlament saylovida deputatlikka nomzod bo‘lib, saylovdan o‘ta olmagan (tushunishimizga, mavjud nomenklaturaga mos kelmagan) bugungi faol bloger va huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiev xayolga keladi.

U bugun o‘zi kabi blogerlar va ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lgan shaxslar qatorida xalqqa deputat Akmal Umirzoqovdan ko‘ra ko‘proq manfaat keltirmoqda nazarimizda.

Ammo o‘sha paytda unga raqib bo‘lganlar bugun u kabilarning yana parlament a'zoligiga nomzod bo‘lishiga ochiqdan ochiq qarshilik qilishi ko‘rinayotir.

Akmal Umirzoqovning gaplari blogerlarning “So‘nggi kunlar esa g‘alati signallar kelmoqda” kabi xavfsirashlariga asos borligini ko‘rsatadi

“Parlament tsirkka aylanishiga yo‘l qo‘ymaydi bu zakiy xalq”, deb yozadi deputat.

Bugungi parlamentni tsirkka aylantirgan deputatlarni saylagan bu “zakiy xalq” keyingi chaqiriq parlamentga ham o‘rgatilgan jonzotlar yetkazib bermasligiga kafolat bormi?!

“Eltuz”ning O‘zbekistondagi hamkori

Tag‘in o‘qing
30 march 2018
Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Rustam Jo‘raev ijtimoiy tarmoqda militsiya xodimlarini haqorat qilganlar jazolanishini bildirdi. ShIIBB ma'lumotlariga ...
20 january 2024
Salom qadrli muxlislar bugun 23 yanvar, Eltuz o‘zining kundalik ko‘rsatuvlarini davom ettiradi. Poytaxt viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida 35 yoshli va ...
31 january 2022
(Rassom Tuz hikoyalari. Davomi, boshi o‘tgan sonlarda) Xolli uyga kelib, divanga ënboshladi. Moyka egasi bo‘lib boyish orzusi uning haëlini ...
29 october 2016
Ismi va tumani sir tutilgan Farg‘ona viloyati tumanlaridan birining mutaxassisi Eltuz.com muxbiriga Bosh vazirning virtual qabulxonasiga tushayotgan arizalar bo‘yicha ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...