Catira
20 january 2020

Yangi aviakompaniya – Humo Airni qabul qilib oling!

Bosh vazir Abdulla Aripov 18 yanvar kuni 2020 yilda Humo Air davlat aviakompaniyasi tashkil etilishini e'lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, faqat mamlakat ichida uchadigan yangi aviakompaniya tariflari «hozirgisidan ancha arzon bo‘lishi kerak».

Humo Air uchoqlarni qaerdan olishi va nima sababdan yangi aviakompaniya tariflari boshqa davlat aviakompaniyasi –  «O‘zbekiston havo yo‘llari»nikidan arzon bo‘lishi haqida hozircha aniq aytilmagan.

Ertaklardagi humo qushi personajini 1992 yili ëzuvchi Pirimqul Qodirov taklif qilgan. Rassom Anvar Mamajonov bu afsonaviy qushni grafik stilizatsiya qilib, gerb markaziga joylashtirgan edi.

Eron mifologiyasi mahsuli bo‘lgan humo tasvirining siyqa ko‘rinishlari takrori o‘zbek blogerlari allergiyasi va sarkazmiga nishon bo‘ldi.

«​​Albatta, yangi ochiladigan aviakompaniyani nomi Humo Air bo‘lishi mantiqan ham, ramziy ma'noda ham normal. Chunki dunyoda «Pegasus» (uchar ot) kabi nomli aviakompaniyalar ham bor. Ammo «Humo» degan nom hozirda har uchta restoranning birida, har ikkita to‘yxonaning birida borligi, undan tashqari, yangi qurilgan muz saroyi va elektron to‘lov tizimlaridan keyin ham bunday nom berilishi g‘alati savollarni keltirib chiqaradi», deya yozdi bloger Nurbek Alimov.

Hammayoq «Humo» bo‘lib ketgani haqida boshqa bir taniqli bloger Eldor Asanov ham yozdi.

«Yaxshi-ku. Sharq folkloriga hurmat. Taklifim, faqat humo bilan cheklanmaylik – manbalarda boshqa afsonaviy qushlar ham tilga olinadi. “O‘zatom” – hudhud. Ko‘p gapirvoryapti oxirgi paytlarda. Sud – semurg‘, uning adolatiga yetguncha tasavvufning yetti vodiysidan o‘tish kerak. Shuhrat G‘aniev – qaqnus, yonib qayta tirilaveradi. O‘zbek milliy valyutasi – anqo, urug‘ini topish qiyin», deya kinoya qildi bloger Asanov o‘z sahifasida.

Rassom Kirpi

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 april 2024
Stokgolm shahrida Shvetsiyaning “Solidariska byggare” (Quruvchilar birdamligi) kasaba uyushmasi o‘zbek mehnat muhojirlari uchun doimiy uchrashuvlar tashkil qilmoqda. Bu uchrashuvlardan ...
25 august 2025
Shavkat Mirziyoev Vladimir Zelenskiyni Ukrainaning Mustaqillik kuni bilan tabriklab, maktub yo‘lladi.  Prezident o‘z xatida ukrain xalqiga tinchlik-omonlik va farovonlik ...
14 december 2015
Shu kunlarda, Ozodlik radiosi va boshqa bir qator saytlar tarqatgan xabarlarga ko‘ra O‘zbekiston bo‘ylab MXX, militsiya va mahalla faollari ...
22 may 2020
Ramazonning beshinchi jumasida siz bilan gurunglashish nasib etganidan ichimga sig‘may sevinib o‘tiribman. Bormisiz, og‘am, inim, singlim, opam, onam. Siz ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...