Catira
1 june 2020

Kosmosda Ilon Mask kemasi uchaëtgan bir paytda…

Ilon Mask xususiy raketasi ko‘kka uchdi. Ilmning cho‘pchakni yengishi bu!!!

O‘zbekiston prezidenti «daftarim suvga oqdi», deya aljiragan kallavaram xotinga falsafa doktori diplomi «padarka» qiladigan banan davlatidan turib qaralsa, bu parvoz yana yuksak ko‘rinadi.

Bir paytlar ilk insonning ko‘kka uchishi tayërlangan shaharning maxfiy kodi T-1 edi. Rasshifrovkasi Toshkent-1.

Hozir bu shahar kinnachi, o‘g‘ri, firibgar va nog‘orachilar bilan to‘la.

Prezident esa kinodagi jinni podshoh kabi har bir odam nog‘ora (birorta musiqa asbobi) chalishi zarur, deb tayinlabdi.

Mamlakatning yarmi chalib, yarmi o‘yinga tushsa kerak.

O‘g‘rilarning qaynotasi boshqargan «iston»lar «uchmaslikka» mahkum. Xuddi qanoti bo‘la turib, ucholmaydigan tovuq misoli.

Dunë ilm markazi, 2 million o‘zbek grin kard o‘ynab, surmoqchi bo‘lgan haqiqiy jozibador mamlakat Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi parvozga alër aytaylik.

Daglas Xerli va Robert Benken tog‘alar oy borib omon kelsin.

Darvoqe, Daglas Xerli 53 ëshda ekan.

53 yashar odam O‘zbekistonda ëshini yashab, oshini oshab, bir oëg‘i go‘rda hisoblanadi. To‘ytepaga ham borib kelishi mushkul ish.

1961 yil Yuriy Gagarin ko‘kka uchganida qozoq shoiri, ulug‘ bovurim O‘ljas Sulaymonov 12 aprel kuni bir kechada “Insonga sajda qil zamin” degan poemani ëzgan va bu poema darhol chop qilinib, uchoqdan yerga sochilgan edi.

O‘zbek shoirasi Zulfiya Gagarin bilan muloqotlaridan keyin «Yo‘lchi yurak» dostonini ëzgandi.

Toshkent markazida 1970 yilda haykaltarosh Postnikov yaratgan Gagarin monumenti o‘rnatildi. O‘tgan asrning 70-yillarida Samarqandda ham Gagaringa haykal tikildi.

O‘zbekiston mustaqil bo‘lgan ilk kunlarda Toshkentdagi markazqo‘m binosi oldida qad ko‘targan Gagarin haykali Chilonzor savdo markaziga olib borib o‘rnatildi.

Haykal ortidagi 28 metrlik stellaning yarmini qirqib tashlashdi. Samarqanddagi Gagarin haykali esa 2008 yil buzib tashlandi.

Endi bu mamlakat parvoz haqida o‘ylamas va chuqur tanazzulga mahkum edi.

Odamlar miyasi ilm bilan emas, cho‘pchak bilan to‘ldirila boshladi.

Ular temirdan katta qozon yasab, ichida guruch pishirib, talamon qilib yeb «zo‘rmiz», deb ko‘kragiga uradigan biomassaga aylantirildi.

Lekin yer yumaloq. Bu tarafida qorong‘u bo‘lsa, u tarafi ërug‘.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
14 december 2016
O‘zbekiston Oliy Majlisi senati va Qonunchilik palatasining qo‘shma majlisida Abdulla Oripov nomzodi Bosh vazirlikka tasdiqlandi. Telekommunikatsiya sohasidagi korruptsiyalar bois ...
2 december 2025
Andijon tumani 35-maktab atrofida 30 noyabr kuni Eltuzda e'lon qilingan shikoyatdan so‘ng vaziyat yanada og‘irlashdi. O‘qituvchilar Eltuzga ikkinchi murojaat ...
10 may 2024
Mana xafta aylanib qarshingizdaman. Siz bilan gurung qilish, siz balki botinib aytolmagan, ammo ichingizni kemiraëtgan gaplarni aytishdan sevinaman azizlar. ...
20 january 2022
Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahri sudi internetda O‘zbekiston rahbariyati va Xitoyning uyg‘urlarga qarshi siyosatini keskin tanqid qilishi bilan tanilgan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...