Asosiy mavzular
11 november 2025

Zoyir Mirzaev amerikalik yirik kompaniya vakillari bilan uchrashdi

Toshkent viloyati hokimi AQShning “Becker & Poliakoff” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.

Toshkent viloyati hokimi AQShning nufuzli yuridik va lobbistik kompaniyalaridan biri — “Becker & Poliakoff” vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat davomida hokim viloyatning iqtisodiy va investitsion salohiyati haqida ma'lumot berdi.

Uchrashuvda ta'kidlanishicha, Toshkent viloyati mamlakatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etish bo‘yicha yetakchi hududlardan biri bo‘lib, 2024 yilda viloyat iqtisodiyotiga 5,5 milliard dollarga yaqin investitsiya kiritilgan.

Hokim viloyatdagi erkin iqtisodiy zonalar, soliq va bojxona imtiyozlari, zamonaviy infratuzilma hamda ma'muriy yengilliklar investorlar uchun keng imkoniyatlar yaratayotganini qayd etdi.

“Becker & Poliakoff» kompaniyasini strategik hamkor sifatida ko‘ramiz. Bu hamkorlik amerikalik investorlar uchun O‘zbekiston bozorida yangi imkoniyatlar ochadi”, — dedi hokim.

Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusidagi aniq investitsion loyihalar va hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilishga kelishib oldilar.

Tag‘in o‘qing
28 june 2016
Toshkentlik Muxiddinov Samad Murodovich va Namangan shahridan 22 yashar Abrorjon Ustaboev Ayubxon o‘g‘li Istanbuldagi Otaturk xalqaro aeroportida yuz bergan ...
10 april 2023
Salom qadrli muxlislar, bugun 10 aprel, e'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning  navbatdagi sonini taqdim etadi. +++ Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi ...
21 september 2018
“Integral Invest” shirkati rahbari, 18 oy hibsda qolgan yirik tadbirkor 51 yoshli Jahongir Umarov kassatsiya shikoyatidan so‘ng 15 sentyabrda ...
10 june 2020
Bundan roppa-rosa o‘n yil avval O‘sh va Jalolobodda o‘zbek va qirg‘izlar orasida qonli to‘qnashuvlar boshlangan edi. Men o‘sha kunni ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...