Catira
9 september 2020

«Men Lolaman, Lolaman…»

O‘zbekistonning mahrum prezidenti Islom Karimovning kenja qizi Lola Tillaeva instagram sahifasida yangi kitobi chop etilgani haqida yozdi.

«Ushbu kitob mening ko‘p yillik ilmiy va ma'naviy izlanishlarimga asoslangan bo‘lib, inson salomatligi va uyg‘unligiga erishish uchun qanday amaliyotlarni qo‘llash mumkinligi haqidagi ma'lumotni o‘z ichiga oladi. Ko‘p insonlar uchun murakkab bo‘lgan ushbu davrda, umid qilamanki, nashrda keltirilgan ma'lumotlar siz uchun foydali bo‘ladi”, deya ta'kidladi Tillaeva.

O‘zbekistonning mahrum prezidenti Islom Karimovning kichik qizi Lola mamlakatda import tovarlarni noqonuniy yo‘llar bilan sotish orqali boyigani ma'lum.

2017 yilning oktyabrida TheBlacksea.eu mustaqil jurnalistik surishtiruvlar tashkiloti o‘z portalida Lola Karimova yaratgan korruptsion tizimga oid yirik surishtiruvini e'lon qilgan edi.

Birgina 2013-2014 yillarda Lola o‘z turmush o‘rtog‘i Timur Tillaev bilan birga 127 million dollar jamg‘argan hamda bu pullarni Birlashgan Arab Amirliklari va Shveytsariyadagi offshor banklardagi hisob raqamlariga yashirgan.

Rassom Kirpi
eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 november 2020
Xorazmda kelinga bokira emas, degan ayb qo‘yib, uni videoga olgan, sha'nini toptab sazoyi qilgan kuyovning qarindosh-urug‘lari ustidan Xorazm viloyati ...
25 july 2016
Shu tariqa yigirmanchi asrda boshlanib yigirma birinchi asrda ham 15 yil yashagan video-vasvasaga nuqta qo‘yiladigan bo‘ldi. Yaponiyaning Sony shirkati ...
28 october 2016
Shu yilning 11 dekabrida reportaj fotografi sifatida dunyoga tanilgan fotojurnalist Yuriy Abramochkin 80 yoshga to‘ladi. Uning axborotlarga bo‘lgan rasmiy ...
28 june 2025
Franklin Templeton kompaniyasi O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasiga tegishli $1.7 milliardlik davlat aktivlarini xususiylashtirishni boshqaradi, deya xabar berdi Financial Times. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...