Catira
16 february 2021

DXX josus tutish o‘rniga ëshlarni ishga joylash bilan shug‘ullanadi

Prezident Shavkat Mirziyoev yoshlarni ish bilan ta'minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish vazifasi Davlat xavfsizlik xizmatiga topshirilganini joriy yil 28 yanvardagi videoselektor yig‘ilishida ma'lum qilgan edi.

Buning ortidan DXX Samarqand viloyati boshqarmasi zobitlari xo‘roz urishtiraëtganlarni ushlashga safarbar qilingani tarmoqda hajv qilindi.

Shunday hajviyalardan biri rassom Tuzga oid:

Ofitserning yuragi

Suratda: DXX ushlagan "havfli" jinoyatchilar. Rasm ijtimoiy tarmoqdan olindi

Samarqandlik DXX zobiti erta bilan o‘rnidan turib, harbiy kiyimlarini kiydi. Qurolni koburaga solib, uxlab ëtgan o‘g‘lining peshanasidan o‘pdi.

Ko‘zida yosh aylandi, yig‘lab yubormaslik uchun yutundi. Xotini non olib chiqib tishlatdi. Onasi bo‘lsa, yig‘isini zo‘rg‘a ushlab: “Oy borib omon kel, bolam. Shahid bo‘lsang, shu vatan uchun roziman,” dedi.

DXX zobiti 21-asrdagi eng dahshatli jinoyatni fosh qilish uchun safarbar qilingan o‘nlab DXX xodimlaridan biri, balki eng jasoratlisi edi.

Ularga qo‘shilib, Samarqand shahri IIB xodimlari, Samarqand viloyati IIB tezkor otryadi va Kattaqo‘rg‘on shahri IIB xodimlari ham o‘limga tik boqib, kiprik qoqmay, vatanimizga tahdid solaëtgan jinoyatchilarni zararsizlantirish va imkoni bo‘lsa, ushlash operatsiyasiga shahdam qadamlar bilan ketishdi. Onalar duo qildi. Kelinlar ro‘molchasiga labini print qilib berishdi.

O‘lsang vatan uchun shahid, o‘ldirsang g‘oziy bo‘ladigan mujodala. Dushman esa makkor. Lekin o‘zbek zobitlari qalbida prezidentga sodoqat va odalatga ishonch bor.

Tadbirni osmondan turib dronlar ham kuzatdi. Og‘ir kechgan tadbir so‘nggida dushman qo‘lga olindi. Xavfli jinoyatchilar endi Kattaqo‘rg‘onga tahdid sola olmaydi. Tinch uxla, Vatan. Sodiq o‘g‘lonlaring sening osoyishtaligingni qo‘riydi.

Endi jinoyatchilar haqida aytsam: uch samarqandlik xo‘roz urishtirish kabi mudhish jinoyatga qo‘l urgan edi. Ammo o‘zaro til biriktirgan jinoyatchilar o‘zlarining g‘arazli va manfur maqsadlarini amalga oshira olmadilar.

Jinoyatchilar qamag‘da. Xo‘rozlar esa katakda. DXX xodimi pistoletini koburaga solib, chuqur, ammo xotirjam nafas oldi.

Boshliqqa chest berib, uyiga yo‘l oldi. Uyida o‘g‘ilchasi uxlab ëtardi. Uni kutib o‘tirgan xotini bag‘riga otildi. Lablar lablarga tutashdi. “Qahramonimsiz”, dedi ayoli. “Vatan uchun jonim fido,” dedi zobit. Ovozi xirillab chiqdi. Ko‘ziga yosh keldi.

Radiodan “Serquësh, hur o‘lkam” degan qo‘shiq yangrardi chunki. Qo‘lini ko‘ksiga qo‘ydi. Xotini ham. Uzoqlarda itlarning vovullashi eshitilib turardi. Xonasi to‘rida marhum prezidentning portreti osig‘liq turardi. Zobit portretni ro‘molchasi bilan artdi. “Qalbimdasiz, Yurtboshim”, dedi. Chalqancha oy derazadan uyalib qarab turardi. Yigitni yana bir og‘ir kun kutayotgandi.

Rasmni rassom Elsevar chizgan

Tag‘in o‘qing
9 july 2024
Rossiyaning urushdagi talofati, Afg‘onistondan keltirilayotgan havfli ichimlik, Xalq puli degan tushuncha yo‘qligini aytgan o‘zbek mulozimiga ko‘rilgan chora va bu 600 ...
23 january 2023
2022 yil 28 dekabr kuni Sirdaryo viloyatidagi “Indorama Agro” kompaniyasining 392 nafar ishchisiga ularning kompaniya xodimi sifatidagi mehnat shartnomalari ...
15 december 2015
Ulug‘bek Ashur Eltuz.com 14 dekabr kuni Jizzax shahrining Bobur maxallasida bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida o‘qib berilgan MXX maktubi mazmunidan ...
29 july 2016
Bir haftadan buyon Yakkabog‘ tumanining Samoq, Beshkapa, Munjir, Novqishloq, Shirinbuloq, Serob qishloqlarida yashaydigan aholining lalmi yerda yetishtirgan bug‘doyi mahalliy ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...