Catira
19 february 2021

Alisher Qodirov: Erkin so‘z xotirjam haëtimizga xalaqit beradi

O‘zbekistondagi qo‘g‘irchoq partiyalardan biri bo‘lgan “Milliy tiklanish” partiyasining o‘z ta'biricha “prezident tayinlagan” rahbari Alisher Qodirov so‘z erkinligiga fe'lan qarshi bo‘lgan baënot bilan chiqdi.

“Erkin so‘z qanchalar erkin bo‘lmasin, jamiyatning xotirjam rivojlanishiga xalaqit bermasligi kerak!” deyiladi baënot indallosida. Huquqiy savodi yo‘q¸ xavfsizlik idoralarida parvarishlangan Qodirov ismli indvidni qayta tarbiyalash mumkin emasligi va uning joyi tarix axlatxonasi ekanini bilamiz.

Lekin ayni paytda “millatning isën qilish” huquqi haqida tushuntirirish fursati keldi. Qo‘zg‘olon qilish huquqi BMT deklaratsiyasida qayd qilingan mashru huquqdir va nuqta.

Hokimiyatni noqonuniy qo‘lga kiritgan uzurpatorga bo‘ysunmaslik, eng avvalo, konstitutsiyaga hurmatdir. (Marhum Valeriya Novodvorskaya «o‘zbeklar inson huquqlari deklaratsiyasini har kuni o‘qisin», deganida naqadar haqli edi).

Janoblar, O‘zbekistonda konstitutsiya bekor qilinmadi, BMT deklaratsiyasi ham o‘z kuchida turibdi.

Mirziëevga yaltoqlansam bir narsalik bo‘laman, degan buqalamunlar eng kamida o‘z huquqiy savodsizligi uchun uyalmog‘i kerak. Demokratiya va sekulyarizm timsoli bo‘lgan Frantsiyada 14 iyul milliy bayramdir. Bu bayram fe'lan «millatning qo‘zg‘olon qilish huquqini» sharaflaydi.

Qo‘zg‘olon huquqi ( ezilganlarning oëqqa qalqishi, inqilob huquqi) siësiy falsafada vatandoshlarning qurol doxil barcha vositalar bilan o‘z huquq va erkini uzurpatorlardan himoya qilish huquqi deya malakalanadi.

Bu huquq insonga tug‘ilganidan ato qilingan tabiiy haqdir. Shu bois, uni inkor qilish uzurpatsiyani mashrulashtirish demakdir.

Insoniyat antik davrlardan o‘z boshiga kelgan tiranlarni o‘ldirib, bu huquqni asta-sekin qo‘lga kiritgan. Bu huquq ilk bora 1776 yilda ëzma tarzda AQSh konstitutsiyasi preambulasidan joy oldi. Hujjatda «absolyut despotizmni ag‘darish» huquqi kafolatlanadi.

1789 yilda qabul qilingan Frantsiya inson huquq va erkinliklari deklaratsiyasining ikkinchi moddasi «vatandoshning qarshilik qilish huquqi – uning tabiiy erki» ekanini ta'kidlaydi. Bu deklaratsiyadagi qo‘zg‘olon huquqi 1793 yilga kelib yana to‘ldiriladi.

27-modda: Kimki xalqqa tegishli bo‘lgan suverenitetni o‘zlashtirsa, erkin grajdanlar tarafidan zudlik bilan qatl qilinadi. 33-modda: Qarshilik ko‘rsatish ezilganlarning tamal haqidir va bu haq insoniy erkinlikka uyg‘undir.

Polsha qirolligida vatandoshlarning «qarshilik ko‘rsatish» huquqi (prawo oporu, ius resistendi) tamal huquqlar sirasidan edi.

Polyak vatandoshlari bu huquq asosida Kazimir 1, Boleslav 2 kabi qirollarni taxtdan ag‘darishdi. Eslatib qo‘yaman, bu huquq vatandoshlarga «qurolli qarshilik ko‘rsatish» haqqini kafolatlagan.

1948 yili BMT qabul qilgan Jahon inson huquqlari deklaratsiyasi preambulasida «Inson so‘nggi chora sifatida zulm va istibdodga qarshi isyon qilib bosh ko‘tarish» haqqi e'tirof qilinadi.

Bu haq Germaniya konstitutsiyasida ham kafolatlanadi. FRG asosiy qonunining 20-moddasida Germaniyaning demokratik¸ sotsial va federal davlatchiligini «Buzishga uringan har kimga qarshi butun nemislar qarshilik ko‘rsatish huquqiga egadir», deyiladi.

Frantsiya konstitutsiyasining 1958 yilgi matni 1789 yilgi deklaratsiyada ko‘rsatilgan «qo‘zg‘olon huquqini» o‘z ichiga oladi. Frantsiya konstitutsiyasining 1971 yilgi matnida «vatandoshlarning uzurpatorni ag‘darish» huquqi asosiy va uzil- kesil¸ tamal haq o‘laroq kafolatlanadi.

O‘zbekiston konstitutsiyasida ham» Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai» ekani aytiladi. Bu hujjatda «Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o‘zlashtirish, hokimiyat idoralari faoliyatini to‘xtatib qo‘yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi», deyilgan.

Rassom Elsevar

Tag‘in o‘qing
10 march 2023
Germaniyadagi YUZUK tashkiloti taniqli o‘zbek rassomi  Vyacheslav Oxunovni nemis jamoatchiligi va Germaniyadagi o‘zbek diplomatlariga taqdim qildi.  Vyacheslav Oxunov rassom, ...
14 may 2019
«Koridorga chiqqanimizda, navbatchi harbiy menga past ovozda: – O‘yin bo‘lganini bildingiz, anovi SPPni sizdan gap olish uchun qamadi, ehtiyot ...
5 august 2025
Sun'iy intellekt insonlar hayotiga borgan sari chuqur kirib kelmoqda. Sun'iy aqlning gumanitar fanlar, siyosatshunoslik, xususan adabiyotshunoslik sohasiga kirib kelishi ...
19 july 2016
Rossiya imperiyasi olib borgan ishg‘olchi urushlar natijasida Markaziy Osiëdagi xonliklarga oid ulkan tuproqlar, o‘sha yerlarda yashagan “tuzemets”lar bilan birga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...