Catira
26 february 2025

Kirpi kundaligi: Blogerlar Rossiyaga ishchi yetkazib berayaptimi?

Instagram platformasida Rossiyada ishlash taklifini beradigan reklamalar kundan-kun ko‘paymoqda. Turli blogerlar va vaynerlar sahifasida ham bunday reklama-storislarga tez-tez ko‘zimiz tushyapti.

Rossiya ayni damda urush olib borayotgan, turli davlatlar tomonidan sanktsiyalar qo‘llangan agressor mamlakat. Urush propaganda mashinasi tinim bilmay ishlamoqda. Ishlash va yashash uchun eng noto‘g‘ri va xavfli qaror.

Pul uchun axlatniyam zo‘r deb beradigan subutsiz o‘zbek bloger-vaynerlari bunday reklamalarni targ‘ib qilishdan avval shu tomonlarini biroz hisobga olishi kerak.

O‘zi instagramchilar reklamasini tartibga soladigan payt keldi. Bir guruh hijobashka, ahmoq ayollarning moshenik go‘rso‘xtani duxtir deb chiqqan reklamasini deb qanchadan-qancha bola ziyon ko‘rdi, kasalxonalarga tushdi. O‘sha moshenik akkauntini o‘chirib, hammasidan qutulib qoldi, ish ham yopdi-yopdi bo‘ldi, o‘rtada shuncha bola kasal-majruh bo‘lgani qoldi.

Rus tili ham, Rossiya ham hozir aktual emas, qancha o‘zbek bolasi urushda yuribdi, qanchasining o‘ligi keldi, qancha o‘zbek ko‘chada kaltaklanyapti, xorlanyapti. Bunday chaqiriqlarga hushyor qarash kerak.

Tag‘in o‘qing
26 december 2017
Prezident Shavkat Mirziëev parlamentdagi 22 dekabr kungi chiqishida Moliya vazirligini keskin tanqid qilishi ortidan vazirlikda tekshirish, xodimlarni ommaviy ishdan ...
30 january 2026
Rasmiy xabarlarga ko‘ra Toshkent shahrining Olmazor tumanida Davlat xavfsizlik xizmati va  ichki ishlar xodimlari tomonidan  zo‘ravon banditlar qo‘lga olingan. ...
19 june 2024
Ramzan Qodirovning to‘rtta xotini va ko‘plab «cho‘rilari» va “kanizaklari” bor. Ularning ayrimlari hali voyaga yetmay turib Ramzandan farzand ham ...
22 february 2022
Xorazmlik fermerlarning klaster bilan shartnoma imzolashdan bosh tortib, o‘zlari kooperatsiya tashkil etib ishlash sa'y-harakatlari mahalliy hokimiyat vakillarining kuchli qarshiligiga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...