Catira
22 september 2025

Nega Finlyandiya «Rosatom» bilan AES qurishdan voz kechdi?

Finlyandiyadagi Hanhikivi-1 AES loyihasi xavfsizligiga oid shubhalar tufayli «Rosatom»ga ishonch, siyosiy inqirozdan oldinoq yo‘qolib bo‘lgan edi. Shuning uchun bu faqat Ukrainadagi urush va sanktsiyalar sababli deb o‘ylamaslik kerak, garchi bu ham ahamiyatga ega bo‘lgan.

Gap shundaki, O‘zbekistondan farqli o‘laroq, Finlyandiyada STUK degan maxsus tashkilot mavjud bo‘lib, u taklif qilinayotgan AES xavfsizlik darajasini chuqur ekspertiza qilib, loyixani tasdiqlamadi. Loyiha hujjatlari tayyorlanish bosqichidayoq ko‘plab e'tirozlar bildirildi va hujjatlar bir necha marta qayta ishlash uchun qaytarib yuborilgandi.

Xususan, reaktor xavfsizlik tizimlari, sovitish va favqulodda himoya tizimlari loyihalari yetarlicha ishlab chiqilmagani haqida gap borgan.

Fin qonunchiligi (bizda bunday qonunlar ham yo‘q) talabiga muvofiq loyiha eng og‘ir tashqi ta'sirlarga ham chidamli bo‘lishi kerak: samolyot qulashi, kuchli zilzila, ekstremal tabiiy hodisalar va h.k. «Rosatom» hujjatlarida esa stantsiya bu ta'sirlarga bardosh berishi mumkinligi asoslab berilmagandi.

Shuningdek, og‘ir avariyalar ehtimolini hisoblash sifatlari va avariyaviy elektr ta'minoti tizimlari ishonchliligi bo‘yicha ham tanqidlar bo‘lgan. Subpodryadchilar masalasi ham shubhalar tug‘dirgan: uskunani kim ishlab chiqaradi, ular sifat va Yevropa standartlariga moslikka kafolat bera oladimi?..

Finlyandiyada yana bir xavotir: hatto «Rosatom» AES qurib bersa ham, mamlakat rossiyalik yoqilg‘i, servis xizmati va ehtiyot qismlari yetkazib beruvchisiga bog‘lanib qoladi. AES xavfsizligi kerakli resurslarni uzluksiz yetkazib berish va sifat nazoratiga bog‘liqligi hisobga olinib, bu strategik xavf sifatida baholangan.

Shu sababli, agar urush bo‘lmaganida ham, STUK tomonidan loyixa tasdiqlanib, litsenziya berilishi shubha ostida edi. Sanktsiyalar kuchaygan sharoitda esa ehtiyot qismlar sifatidan ham shubha ortib, AES xavfsizligiga oid xavotirlar kuchaya bordi.

Natijada, «Rosatom» bilan 2013 yilda imzolangan shartnoma bekor qilindi va endilikda avans to‘lovlari uchun kompensatsiya masalasi Xalqaro arbitraj sudida ko‘rib chiqilmoqda: «Rosatom» 3 mlrd yevro talab qilmoqda, Finlyandiya esa 2 mlrd yevro…

Tag‘in o‘qing
2 may 2023
Namangan viloyati  Pop tumani Chodak qishlog‘ida yashovchi Doniyor To‘raxo‘jaev bosqinchilikda gumonlangan 40 yashar ukasi Dilshodjonning 12-15 aprel kunlari Toshkent shahar ...
14 april 2016
Maqola muallifining yozg‘irishicha, global tarmoqdagi turli ma'lumotlar yoshlar ongiga salbiy ta'sir o‘tkazishi, ularning axloqiy jihatdan tubanlashuviga, zararli g‘oyalar ta'siriga ...
27 august 2021
Bir kunda mustaqil bo‘lgan mamlakat bir sekundda oldingi holatiga qaytishi mumkin. Buni pushtun millatchilaridan iborat terrorchi to‘da – «Tolibon» ...
27 september 2025
Gulnora Karimovaning O‘zbekistonga qaytarilgan mablag‘lari qishloq maktablarini ta'mirlashga sarflanadi. «Ishonch» jamg‘armasi ushbu tashabbus uchun 20 million dollar ajratadi, u ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...