Catira
6 november 2025

Didsizlik davridagi damdo‘zlik

Joy nomlarini o‘zgartirib, o‘zini ishlayotgan qilib ko‘rsatish – bu didsizlik davrining eng katta belgisidir. Negaki, Didsizlik davrida noqobillar, savodsizlar eng muhim postlarni egallagan bo‘ladi. 

Mana Rahimjon Rahmat aka “Qirqlar” qishlog‘i nomi uchun bejizga kurashmadi. Nomidan bilinib turgan “Qirqlar” urug‘ini ham bilmaydigan darajada savodsiz bu galvarslar.  

Chunki didsizlar bugungi kuni bilan yashaydi, tarixiy ong yo‘q. “Zarafshon”, “Zarobshon”, “Nurafshon”, “Istiqlol”, “Yangi O‘zbekiston”  degan g‘alcha nomlarni tepasida tezakka qo‘ngan pashshaday to‘planaveradi. 

Mana “To‘ytepa” nomini “Nurafshon” deb o‘zgartirgani bilan singmayapti-ku odamlarga. Vaholanki “To‘ytepa” nomi juda katta tarixga ega. Aslida “To‘ytepa” avval “Tug‘tepa” ya'ni bayroq tikilgan tepalik edi. Shayboniyxon tug‘ini, ya'ni bayrog‘ini tikkan strategik  joy bo‘lgan. “Bog‘ladi” degan so‘zni “boyladi” deb “g‘”ni “y” sifatida tiliga moslab olganiday odamlar “tug‘tepa”ni “tuytepa”, “to‘ytepa” deb tiliga moslab ifodalashni boshlagan. 

To‘ytepadan pastroqda Ohangaronga tutash yerda “Evalak” degan qishloq borki, bu galvarslarni ko‘zi tushib qolmasin-da deb qo‘rqaman. Bo‘lmasa “Evalak”ning nomini ham pachag‘ini chiqarishadi. “Evalak” so‘zi ajdodlarimiz yashagan juda qadimiy  Iloq davlatining o‘rnidir. “Evalak” so‘zi turkiycha “Evi Iloq”, ya'ni “Iloq uyi”, “Iloq poytaxti” ma'nosini beradi. Yana o‘sha tarafda “Kuchluk” degan joy bor. Jaloliddin bilan sulh tuzib Chingizxon (Temuchin) bilan urushgan Kuchlukxon ham alohida davlat tuzgan. Mana ko‘rdingizmi? Hozirda kichik qishloqlar nomida qolgan joylar asli DAVLATLAR bo‘lgan ilgari. Har bir nom TARIXIMIZ BO‘LAGI!

Ho‘y sanlar! Farazan, bir joyda “Shaytonko‘prik” degan nomni ko‘rsang ham tegma! Xuddi o‘sha joylar katta tarixiy ma'noga ega! Sani bor-yo‘g‘i 60-70 yillik bemazmun, iflos umringdan va hatto ota-bolaringni umridan ham ulug‘ davr va katta tarixi bor! Shuncha boshqaruvda turib o‘ris tegmagan edi hatto o‘sha joy nomlariga! Ilgari O‘zbekiston hududida uchta “Xotinko‘prik” va “Kampirko‘prik” deb nomlangan joylar bor edi. G‘alcha nomlar qo‘yib, endilikda  ulardan nishon qolmadi. Ilgari mahrami yo‘q ayollar charx yigirib, dugchilik qilib, hajga pul-mablag‘ yig‘ib, mahrami yo‘qligi jihatdan hajga borolmay qolgan. Ana o‘sha zahmatkash momolarimiz halol mablag‘iga ko‘prik solishgan yoki musofirxona qurdirgan. Shuning uchun “Xotinko‘prik”, “Kampirko‘prik” degan joylar bor, ey savodsiz galvarslar!

O‘zi ayb bizda. Hozirgi savodxon ziyolilar boshqaruvdagi muhim postlarni egallashi kerak edi. Bularning aybi shuki –  birlashmaydi, didsizlar va savodsizlar birlashganidek birlashmaydi va boshqaruvga qiziqmaydi. 

Nazarimda, bu didsizlik davri hali holva. Juda ko‘p sharmanda bo‘lgan jirkanch nusxalar diniy va'z qiladigan,  ishkofdan ko‘la ko‘tarib chiqqan va bu sharmandalikdan o‘zini o‘ldirishi yo bosh olib ketib g‘oyib bo‘lishi kerak bo‘lgan kishilar reklamalarga chaqiriladigan, bu reklamalar butun ijtimoiy tarmoqni to‘ldiradigan  Sharmandalik davriga ham kirib keldik…

Shukur Jabbor

Tag‘in o‘qing
14 april 2017
14 aprel kuni toshkentlik jurnalist Aleksey Volosevich, Buxoroning Romitan tumanida, Gazli shahar militsiyasi xodimlari tomonidan ushlandi. Alekseyning so‘zlariga ko‘ra, ...
15 december 2015
Bugun Ostersund tuman sudi Obid Nazarovga suiqasdda ayblangan toshkentlik yollanma qotil Yuriy Jukovskiyni 18 yilga ozodlikdan mahrum qilish haqida ...
19 june 2024
Eltuz Portaliga kelgan navbatdagi beshta maktub O‘zbekistonning Marg‘ilon, Buxoro, Kashqadaryo, Andijon, Xorazm viloyatlaridan kelgan. Dastlabki maktubni poezd chiptasi narxi ...
8 august 2023
Ekologiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari qanday qilib «chiqindi qiroli»ga aylandi? Sanitar tozalash korxonalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga turli imtiyoz va ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...