Catira
30 november 2025

«Diniy mutaassiblik – xalq oyog‘iga sanchilgan bolta!»

Birovning e'tiqodi – dunyodagi eng bemaza mavzu. Biz o‘zbeklar shunday bemaza narsalarni battar bemazasini chiqarib, titib, kavlab o‘tiradigan xalqmiz. 

Shu darajaga kelib qoldik-ki, hatto o‘zimizning xolis fikrimizni aytish ham «kofirlik» bo‘lib qoldi. 

Jadidlarning diniy radikalizm haqida yozganlarini kuyib o‘qiyman. Har bir yangilik, maorif yo‘lidagi islohot diniy mutaassiblar tomonidan «Qiyomat belgisi», «kofirlik alomati» sifatida qabul qilinib, xalqni ziyolilarga qarshi gijgijlashga sabab bo‘lar edi. 

Shaxsan men diniy mutaassiblikni – xalq oyog‘iga sanchilgan bolta sifatida bilaman. Na sug‘urib ololasan, na shundoq qoldira olasan. 

Boshimizga ne-ne kunlarni soldi, bu diniy mutaassiblik!

Ayollarimizni qancha xo‘rladi bu johil dindorlar! Eng achinarlisi, ba'zi ongsiz(!) kimsalar yana o‘sha o‘tgan davrlarni qaytargisi, xalqni tupizm botqog‘iga botirgisi kelganga o‘xshaydi. 

Endigina maktabga oyoq qo‘ygan qizalog‘ingni bir uyum lattaga o‘rashdan oldin miyangni tozalab o‘yla, yey johil kimsa! 

Sening beg‘ubor go‘daging kimning nafsini qitiqlaydi, qaysi iflosning jajji qizingga qarab xirsi qo‘zg‘ab ketadi??? O‘zing kabi johil, fikri-xayoli bu dunyoda 4 xotin, u dunyoda 72 xur bo‘lgan, avratidan boshqa g‘ami yo‘q kimsalargina yosh go‘dakka xirs nazari bilan qarashi mumkin, boshqalar emas! 

Bir bor dunyoga nafs ko‘zlaring bilan emas, sog‘lom aql ko‘zi bilan boq (o‘sha aqldan ozgina qolgan bo‘lsa agar).

Muzaffarning fikrlarini o‘qidim. Haq gapni yozgan. 

Qizlarimizni bolalikdan latta-puttaga o‘rab, arablarning qandaydir kitoblarini o‘qitaversak, ilmdan yiroq tutsak, oq-qorani qaydan bilsin?

Bunday qizlar ertaga kimgadir nechanchidir xotinga aylanishdan, kimningdir iflos xirsini qondirishdan boshqasiga yaramaydigan bir biomusorga aylanadi-qoladi.

Muzaffarga ta'na, haqorat toshlarini otgan, betarbiyaligi, farosatizligi bilan musulmonlar yuzi bo‘layotgan dindorlarni ko‘rib ochig‘i, yoqangni ushlaysan! 

Hozir boshimizga, keyin yuzimizga, oxiri jonimizga ham hukmronlik qilishadi bu ketishda. 

Xullas, xalqning bu ahvoliga achinib, kuyikib ketdim. 

Men-ku, birorta din botqog‘iga botmagan, sog‘lom aql va fikr hurmat qilinadigan yurtga ketib bu johillikdan, bu ahmoqgarchilikdan qutularman.

Lekin xalqning yana o‘tgan asrlar zavoliga yuz tutayotganini ko‘rish, jim kuzatish menga og‘ir. 

Ko‘zingizni oching, azizlar. 

Tili – haqorat so‘kinish, fikri xayoli – nafs, maqsadi – johiliyat bo‘lgan kimsalarga yurtimiz ravnaqi, millat kelajagini ishonib bo‘lmaydi. 

Yana o‘sha besoqolbozlik (!), zalolat, ilmsizlik, johiliyat davri kelmasin desangiz, sog‘lom fikrli yoshlar yurtni tark etmasin desangiz, bu bema'rifat kimsalarga qarshi birgalikda hamjihat bo‘ling. 

Yurtning ertasini qora chimmat ichidagi bola tug‘ishdan boshqasiga yaramaydigan ongsiz bir biomusorlar yemas, zakiy, hayotga nima uchun kelganini biladigan, qat'iy maqsadi bo‘lgan, erki, g‘ururi har narsadan ustun bo‘lgan ayollar quradi. 

Shuni unutmang!

Diëra Abdujabborova, Farg‘ona

Tag‘in o‘qing
20 november 2018
Prezident Shavkat Mirziyoevning eng katta islohotlaridan biri aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini tubdan yaxshilash bo‘ldi, desak yanglishmaymiz. Hozir Yagona ...
25 september 2015
– Dunyoda ikki yuzdan oshiq davlat bor, deyarli barchasida tinchlik, sanoqli davlatlardagina ma'lum sabablarga ko‘ra notinchlik xolos. Yurtimiz yuz ...
15 november 2023
Tarmoq, ya'ni sotsial media o‘zbek segmentida kuzatishlarimga ko‘ra xotin-qizlar orasida ashaddiy diniy fanatizmga moyillik kuchli. Moskva, Seul, Istanbul va ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...