Catira
3 december 2025

Adabiyot nadur? 

Bu eski savolga rassom Tuz javobi:

Adabiyot – bu oramizdagi eng hissiy yetishkin odamning jamiyat haqidagi mustaqil tahlilidir.

Chexov, Zoщenko, Aziz Nesin va Dovlatov hikoyalari, Emil Zolya¸ Tolstoy, Bunin va O‘rxon Pomuq romanlari…

Bu romanlarni ëzgan ëzarlarning avomdan farqli aytar so‘zi (messedji) bor.

Ular haqiqatda aql zakosi bilan avomdan farqlanadi. Shu ma'noda o‘zbek ëzg‘uchi shoirlarining aytadigan original gapi yo‘q. 

Umuman olganda, ko‘pi ilmsiz johil odamlar.

Jahon tamadduni, tasviriy san'at, balet, teatr, musiqa va moda dunësidagi trendlardan bexabar. (Bir ë ikki istisno bor xolos.) 

Aytadigan gapi avom aljirashidan ham tuban. 

Masalan, Mahamat Yusup degan shig‘irchi «So‘kavermanglar Stalinni siz, Uni ham ona tuqqan» deb ëzishgacha boradi. 

O‘zbek she'riy estetikasini tubanlashtirgan bu yig‘loqi kolxoz shoiri minglab o‘zbek oydinlarini o‘ldirish mashinasini Stalin ijod qilganini bilishga aqli yetmaydi. 

Avom qatori bu qatl mashinasi murvatlarini ayblamoqchi bo‘ladi. 

Ichi bo‘sh nog‘oradan yaxshi sas chiqadi, ammo ichi bo‘sh ëzuvchining ëzgani sariq chaqa.

Rassom Tuz sahifasidan

Tag‘in o‘qing
10 november 2016
O‘zbekistondagi partiyalar o‘z nomzodlariga tarafdorlar uchun kurash boshlarkan, xatto ayrimlarda Mirziyoevga muqobil nomzodlarning xam yutishi mumkinligiga zaif bir umid ...
24 march 2021
I – bu ikkiyuzlamachilik. X – bu Xorazm. MM – bu mansabdorlar/mentlar. P – bu pedofiliya. UR – Uchinchi ...
17 january 2021
Nasafiy taxallusi bilan ijod qilayotgan 23 yoshli qo‘shiqchi Aziziddin Akmalov o‘zining ma'muriy javobgarlikka tortilganini internetda tarqalgan xabarlar orqali bilganini ...
9 january 2018
Mirziyoevning masjidlarda kino ko‘rsatish tashabbusi imomlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganini «Eltuz» manbalari tasdiqladi. «Masjidlarda ham buni qo‘ysa bo‘ladi. Rahmat, shu yerga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...