Catira
12 december 2025

Qoraqalpog‘istondagi avtobus sirlari

Qoraqalpog‘istonda prezident xalq uchun ajratib bergan 100 ta “Isuzu” avtobusining taqdiri katta muammoga ishora qilyapti.

2018 va 2019 yillarda Prezident tashrifi chog‘ida xalqqa xizmat qilish uchun ajratilgan avtobuslar Ipoteka bank krediti asosida olingan, to‘lovning asosiy qismi “Shimbay Avtotrans” zimmasiga yuklangan.

2021 yilda xususiylashtirish to‘g‘risidagi farmon chiqdi va shu asosda avtobuslar auktsionga qo‘yildi, dastlabki bahosi 2,7 mlrd bo‘lsa-da, narx 8,5 mlrd so‘mga chiqdi.

Eltuzga kelgan ma'lumotga ko‘ra, agentlik rahbari M. Radjapov avtobuslar uchun 5 kun ichida mablag‘ning 30 foizini to‘lashni talab qilgan, bu bajarilmaganidan keyin avtobuslar “Sharh Nukus”ga uch yillik to‘lov bilan sotilgan.

Ammo “Sharh Nukus” bitta to‘lovni ham o‘z vaqtida amalga oshirmagan, hatto 2024 yilgacha davlat g‘aznasiga bir tiyin ham tushmagan.

Shundan keyin Radjapov sudga murojaat qilib, 8,5 milliard so‘mlik to‘lov majburiyatini bekor qildirgani aytiladi.

Bugunga kelib, Ipoteka bank qarzi 14 milliardga, Transport vazirligiga qarz 6 milliardgacha yetgan, auktsion pullari ham yo‘q.

Avtobuslar esa abgor holda yotibdi, xizmat ko‘rsatish o‘rniga temir-tersakka aylanyapti.

2025 yilda “Avtotrans Shimbay”ning o‘zi 1,9 milliardga sotilgani, lekin bu pul ham byudjetga tushmagani aytiladi.

Bu jarayonlarni nazorat qilishi kerak bo‘lgan mas'ul rahbar mansab vakolatini suiiste'mol qilgani haqida da'volar bor, yuborilgan rasmiy murojaatlar esa javobsiz qolgan.

Natijada xalq uchun mo‘ljallangan 100 ta avtobus ham, ular ortidan yurgan milliardlar ham yo‘llari yo‘qolgan bir piramidaga aylandi.

Tag‘in o‘qing
13 april 2025
..AQShning Immigratsiya va bojxona politsiyasi (ICE) ma'lumotlariga ko‘ra, 975 nafar O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilish to‘g‘risidagi yakuniy qarorni olgan, lekin ...
23 september 2020
Iqtisod fanlari doktori, professor Xidirnazar Allaqulov uch oy oldin yangi partiya tuzish payiga tushgandan buyon unga ko‘rinmas kuchlar tomonidan ...
17 january 2024
O‘zbekiston va Qozog‘iston Rossiyaga porox va portlovchi moddalar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan paxta va undan olinadigan maxsulotlarni sotish hajmini oshirdi. ...
29 april 2015
Bezor bo‘lmadingizmi, a?? Tinch qo‘yinglar endi, sizga o‘xshaganlardan qochib chiqqanimga allaqachon 20 yildan ko‘proq bo‘ldi, aynan O‘zbekiston nomli jahannamdan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...